Jabborov Jamshid Azimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ma’naviy ehtiyojlar yuksalishi jamiyat rivojlanishining muhim omili sifatida”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fal625.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Erkayev Abduraxim Panjiyevich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor; Qo‘ldoshev Asliddin Tursunovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ma’naviy ehtiyojlarning mazmun-mohiyati va jamiyat rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatish omillarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yangi O‘zbekistonda inson va jamiyat ma’naviy ehtiyojlarini zamonaviy taraqqiyot talablariga mos yuksaltirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash mexanizmlarini vujudga keltirish, aqliy-intellektual, hissiy-emotsional muhit va vositalarni yaratish Uchinchi Renessans poydevorini yaratishning birlamchi omili ekanligi falsafiy asoslangan;
globallashuv tendensiyalari, IT-, nano-, bio-, kognitiv texnologiyalar rivoji, sun’iy intellekt, global axborot bozorining bosimi tufayli milliy qadriyatlar tizimi assimilyasiyaga uchrab zaiflashayotganligi, texnokratik qarashlar kuchayganligi, sog‘lom ma’naviy ehtiyojlarning bir qismi tashqi ta’sirlar va ichki rivojlanish tendensiyalariga ko‘ra deformatsiyaga uchrayotganligi isbotlangan;
zamonaviy texnologiyalar rivojlanishi oqibatida insonlarning milliy-madaniy qadriyatlar tizimidagi bilimlarini yuksaltirish, tafakkur erkinligini ta’minlash, dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish xususiyatlari, mehnat taqsimoti, jamiyat barqarorligi, ijtimoiy adolat, huquq va erkinlik kabi omillarning ma’naviy ehtiyojlar o‘sishiga ziddiyatli ta’siri mantiqiy dalillangan;
yangilanayotgan O‘zbekistonda zamonaviy, raqobatbardosh ta’lim makonini jahon talablari va andozalariga mos yaratish, ilm-fan sohalarini rivojlantirish, ta’lim-tarbiya tizimini obyektiv zaruratga moslashtirish va ma’naviy ehtiyojlar o‘rtasidagi o‘zaro dialektik bog‘liqlik ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ma’naviy ehtiyojlar yuksalishi jamiyat rivojlanishining muhim omili ekanligini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Yangi O‘zbekistonda inson va jamiyat ma’naviy ehtiyojlarini zamonaviy taraqqiyot talablariga mos yuksaltirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash mexanizmlarini vujudga keltirish, aqliy-intellektual, hissiy-emotsional muhit va vositalarni yaratish Uchinchi Renessans poydevorini yaratishning birlamchi omili ekanligiga doir ilmiy taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” mavzusida aholi orasida sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 29 martdagi 02/474-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot-tashviqot ishlarining samaradorligini mustahkamlashga, Dasturda belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
globallashuv tendensiyalari, IT-, nano-, bio-, kognitiv texnologiyalar rivoji, sun’iy intellekt, global axborot bozorining bosimi tufayli milliy qadriyatlar tizimi assimilyasiyaga uchrab zaiflashayotganligi, texnokratik qarashlar kuchayganligi, sog‘lom ma’naviy ehtiyojlarning bir qismi tashqi ta’sirlar va ichki rivojlanish tendensiyalariga ko‘ra deformatsiyaga uchrayotganligiga oid ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalardan 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-173 raqamli “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2022 yil 9 sentyabrdagi 04/3402-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy grant loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga va jamiyatda ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda, shuningdek, postmodern jamiyatning ziddiyatli tendensiyalariga qarshi ma’naviy immunitetni shakllantirishda nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
zamonaviy texnologiyalar rivojlanishi oqibatida insonlarning milliy-madaniy qadriyatlar tizimidagi bilimlarini yuksaltirish, tafakkur erkinligini ta’minlash, dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish xususiyatlari, mehnat taqsimoti, jamiyat barqarorligi, ijtimoiy adolat, huquq va erkinlik kabi omillarning ma’naviy ehtiyojlar o‘sishiga ziddiyatli ta’siriga oid taklif va tavsiyalardan Yoshlar ishlari agentligining “Yosh kitobxon”, “Munzara” va “Ibrat – tillar oromgohi” loyihalari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarining Qashqadaryo viloyati bosqichini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 8 iyuldagi 4-13-23-2051-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarga jamiyat rivojida ma’naviy ehtiyojlarning o‘rni, ularning o‘zaro aloqadorligi, ma’naviy ehtiyojlar rivojlanishiga ijtimoiy-madaniy omillarning ijobiy ta’siri haqida ma’lumot berishga xizmat qilgan;
yangilanayotgan O‘zbekistonda zamonaviy, raqobatbardosh ta’lim makonini jahon talablari va andozalariga mos yaratish, ilm-fan sohalarini rivojlantirish, ta’lim-tarbiya tizimini obyektiv zaruratga moslashtirish va ma’naviy ehtiyojlar o‘rtasidagi o‘zaro dialektik bog‘liqlikka oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalardan “Qashqadaryo teleradiokanali” tomonidan 2022 yilda efirga uzatilgan “Intellekt” ko‘rsatuvininig ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 23 iyundagi 17-05/200-son ma’lumotnomasi). Natijada, keng jamotchilik ongiga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya, ilm-fan sohalaridagi islohotlar va ma’naviy ehtiyojlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ilmiy g‘oyalarni singdirishga xizmat qilgan.