Eshbekov Bahodir Nurullayevichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyatda ijtimoiy - falsafiy tafakkurni rivojlantirishda ommaviy axborot vositalarining roli”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fal503.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: G‘aybullayev Otabek Muhammadiyevich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor; Haydarov Komil Donaboyevich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyatda ijtimoiy-falsafiy tafakkurni shakllantirishda matbuot, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarning rolini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda fuqarolarning voqea-hodisalarga nisbatan munosabati, mulohozalari va dunyoqarashining shakllanishida jurnalist va blogerlarni bilim saviyasi, madaniyati va kasbiy axloq normalariga amal qilishining ratsional va irratsional qarashlariga uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
jamiyatda ijtimoiy-falsafiy tafakkurning shakllanishida pozitiv va kreativlikka asoslangan matbuot, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar birlamchi omil ekanligi mantiqiy asoslangan;
ijtimoiy-falsafiy tafakkur shakllanishida ommaviy axborot vositalarining tarixiy (matbuot, jurnal, radio) va zamonaviy (televidenie, internet) ko‘rinishlarini funksional va regulyativ mezonlari davr xarakteriga adekvat ekanligi mantiqiy asoslangan;
jamiyatda ijtimoiy-falsafiy tafakkurni shakllantirishning eng asosiy va birlamchi vositasi bo‘lgan matbuot, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga, hayotga, jamiyatga hamda o‘zaro munosabatlarning mutanosibligini ta’minlashga, voqea-hodisalarga nisbatan munosabati va dunyoqarashini shakllantirishda uzluksiz jarayonga ega ekanligi falsafiy dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyatda ijtimoiy-falsafiy tafakkur shakllanishida ommaviy axborot vositalari bilan bog‘liq muammolarni tadqiq qilish borasida olingan natijalar asosida:
jamiyatda fuqarolarning voqea-hodisalarga nisbatan munosabati, mulohozalari va dunyoqarashining shakllanishida jurnalist va blogerlarni bilim saviyasi, madaniyati va kasbiy axloq normalariga amal qilishining ratsional va irratsional qarashlariga uzviy bog‘liqligiga doir xulosalar, tavsiyalar va takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170928696 raqamli “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” mavzudagi amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 01dekabrdagi 04/11-7753-son ma’lumotnomasi). Natijada, grant loyihasini ijrosini ta’minlashga va yanada takomillashtirishga va Yangi O‘zbekistonda islohotlarning tub mohiyatini keng ommaga erkin, ochiq va xolis yoritish, jamiyatdagi o‘zgarishlarni xolis baholash, mulohoza qilish va xulosa chiqarishga xizmat qilgan;
jamiyatda ijtimoiy-falsafiy tafakkurning shakllanishida pozitiv va kreativlikka asoslangan matbuot, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar birlamchi omil ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan “Aholining Internetdagi jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy axborot va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga oid chora-tadbirlar” dasturining “Markazning rasmiy manaviyat.uz veb saytida ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat, san’at, kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini oshirish, ularda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini oshirish hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar oid sohalar bo‘yicha onlayn viktorinalar tashkil etish” mavzusidagi 26-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat Markazining 2022 yil 01 dekabrdagi 02-22/509-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan;
ijtimoiy-falsafiy tafakkur shakllanishida ommaviy axborot vositalarining tarixiy (matbuot, jurnal, radio) va zamonaviy (televidenie, internet) ko‘rinishlarini funksional va regulyativ mezonlari davr xarakteriga adekvat ekanligiga oid ilmiy yangiliklar, taklif va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar instituti bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi Erasmus + dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS “Computational Lingguistics at Central Asian universitites” mavzusidagi grand loyihasida keng foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 01 dekabrdagi 3363/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasidagi ommaviy axborot vositalarilariga doir faoliyatni rivojlantirish va tabiiy tilga ishlov beruvchi dastur (NLP tool)ni ishlab chiqishga metodologik asos sifatida xizmat qilgan;
jamiyatda ijtimoiy-falsafiy tafakkurni shakllantirishning eng asosiy va birlamchi vositasi bo‘lgan matbuot, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga, hayotga, jamiyatga hamda o‘zaro munosabatlarning mutanosibligini ta’minlashga, voqea-hodisalarga nisbatan munosabati va dunyoqarashini shakllantirishda uzluksiz jarayonga ega ekanligiga oid ilmiy yangilik va nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali orqali 2022-yil davomida efirga uzatilgan “Munosobat” tok-shousi, “Assalom O‘zbekiston” tonggi musiqiy dam olish dasturlari ssenariylarini hamda bevosita davra-suhbatini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2022 yil 29 noyabrdagi 1/242-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlarni mazmunan takomillashtirishga va teletomoshabinlarda ijtimoiy-falsafiy tafakkurning teranlashishiga xizmat qilgan.