Komilov Ro‘zi Rabiyevichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek xalqi nikoh munosabatlarining axloqiy-estetik mohiyati va transformatsiyasi”, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Etika) (falsafa fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Fal63.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy maslahatchi: G‘aybullayev Otabek Muhammadiyevich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Samadov Aktamkul Rafikovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Nurmatova Mukarram Ahmedovna, falsafa fanlari doktori, professor; Sharipov Abduxakimjon Ziyoitdinovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek xalqi nikoh munosabatlari axloqiy-estetik mohiyatini va transformatsiyasida mental xususiyatlarga zid bo‘lgan sifatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek xalqi nikoh marosimlari etnoestetik mohiyatining tadrijiy rivojlanishida informativ mezonning insonlar munosabatlariga kognitiv, integrativ, regulyativ va funksional ta’siri ochib berilgan.
o‘zbek nikoh marosimlarining turli davrlarda transformatsiyaga uchraganligi, ayrim an’analarni modernizatsiyalashgani, ba’zilari esa o‘zining ijtimoiy ahamiyatini to‘la yo‘qotgani hamda bu jarayonlarning zamonaviy mental oilaviy munosabatlarga ta’siri isbotlangan;
o‘zbek nikoh marosimlarining emotsional tomoshaviylik sifatlari jamiyat a’zolari o‘rtasida affilyativ motivlarni shakllantirishi hamda etnomadaniy va evdomanistik singari axloqiy-estetik mohiyati insonning ma’naviy-ruhiy forig‘lanishida pozitiv omil ekanligi asoslangan;
nikohni adaptatsiya potensiali tuzilishini namoyon qiluvchi autoregulyasion, kommunikatsion, motivatsion, kompromiss qaror kabi substansional komponentlari oilani barqarorlashtiruvchi indikatorlar sifatida yoshlar aksiologik dunyoqarashi rivojlanishiga ta’siri mantiqiy asoslangan;
jamiyatda qonunga zid nikohdan tashqari, bir jinsli, LGBT, sadizm, mazoxizm, gipermaskulitlik, nimfomaniya, voyaga etmaganlar nikohi kabi destruktiv jarayonlarning g‘ayriaxloqiy sabablari va zararli oqibatlari natijasida sodir bo‘layotgan degradatsion holatlarni oldini olishning jamoatchilik nazorati, qonun ustuvorligi, sog‘lom etosferani rivojlantirish kabi mexanizmlari ko‘rsatib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek xalqi nikoh munosabatlarining axloqiy-estetik mohiyati, jamiyat ma’naviy hayotida tutgan o‘rni, qadriyatlar transformatsiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy takliflar asosida:
o‘zbek xalqi nikoh marosimlari etnoestetik mohiyatining tadrijiy rivojlanishida informativ mezonning insonlar munosabatlariga kognitiv, integrativ, regulyativ va funksional ta’siriga doir xulosa va amaliy takliflardan OT-A1-98 raqamli O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi “Jamiyatni isloh etish va modernizatsiyalash jarayonida estetik tarbiyani rivojlantirishning milliy asoslari” fundamental ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 4 iyuldagi 04/11-3960-son ma’lumotnomasi). Natijada, grand loyihasini yanada takomillashtirishga va fanlararo yondashuvning murakkab tizimlarini tadqiq etishda yosh mutaxassislar va olimlarning kasbiy malakasini egallashidagi nazariy-metodologik (uslubiy) ahamiyati, uning ilmiy proyektiv (loyihalashtirish va prognozlashtirishda) va amaliy (texnologik jarayonlardagi) o‘rnini belgilashga xizmat qilgan;
o‘zbek nikoh marosimlarining turli davrlarda transformatsiyaga uchraganligi, ayrim an’analarni modernizatsiyalashgani, ba’zilari esa o‘zining ijtimoiy ahamiyatini to‘la yo‘qotgani hamda bu jarayonlarning zamonaviy mental oilaviy munosabatlarga ta’siri bilan bog‘liq taklif-tavsiyalardan 2021 yilda bajarilgan PZ-202005236 raqamli “Oila psixologiyasi fanidan multimedia mahsulotini yaratish” innovatsion loyiha doirasida belgilangan asosiy vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022 yil 15 iyuldagi 01-04/01-1326(1)-son ma’lumotnomasi). Natijada, grand loyihasini yanada takomillashtirishga va fanlararo yondashuvning murakkab tizimlarini tadqiq etishda yosh mutaxassislar va olimlarning kasbiy malakasini egallashidagi nazariy-metodologik (uslubiy) ahamiyati, uning ilmiy proyektiv (loyihalashtirish va prognozlashtirishda) va amaliy (texnologik jarayonlardagi) o‘rnini belgilashga xizmat qilgan;
o‘zbek nikoh marosimlarining emotsional tomoshaviylik sifatlari jamiyat a’zolari o‘rtasida affilyativ motivlarni shakllantirishi hamda etnomadaniy va evdomanistik singari axloqiy-estetik mohiyati insonning ma’naviy-ruhiy forig‘lanishida pozitiv omil ekanligi hamda nikohni adaptatsiya potensiali tuzilishini namoyon qiluvchi autoregulyasion, kommunikatsion, motivatsion, kompromiss qaror kabi substansional komponentlari oilani barqarorlashtiruvchi indikatorlar sifatida yoshlar aksiologik dunyoqarashi rivojlanishiga ta’siri bilan bog‘liq taklif-tavsiyalardan “Oila va xotin-qizlar” ilmiy tadqiqot institutining “2022-2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur”ni ijrosini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasining “Oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish” bandini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 31 oktyabrdagi 01-09/1122-son ma’lumotnomasi). Natijada oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va farovonlik darajasini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy asosi oshgan;
jamiyatda qonunga zid nikohdan tashqari, bir jinsli, LGBT, sadizm, mazoxizm, gipermaskulitlik, nimfomaniya, voyaga yetmaganlar nikohi kabi destruktiv jarayonlarning g‘ayriaxloqiy sabablari va zararli oqibatlari natijasida sodir bo‘layotgan degradatsion holatlarni oldini olishning jamoatchilik nazorati, qonun ustuvorligi, sog‘lom etosferani rivojlantirish kabi mexanizmlariga doir ilmiy, amaliy hamda metodologik g‘oyalar, taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Samarqand” telekanalida 2022 yilda efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuvini navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 2 iyuldagi 01-12/252-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek xalqi nikoh munosabatlarining mohiyati, g‘ayriaxloqiy ta’sirlar va ularning oldini olish mexanizmlarini keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish