Ziyodova Lobar Baxodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kosmetika mahsulotlarini tashqi iqtisodiy faoliyatda sinflash va sertifikatlash», 02.00.09 - Tovarlar kimyosi (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T1710.
Ilmiy rahbar: Hamroqulov Maxmud G‘ofurjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K.60.05.
Rasmiy opponentlar: Axmadaliyev Maxamadjon Axmadaliyevich, texnika fanlari doktori; Yulchiyev Aslbek Baxtiyorbekovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayrim kosmetika mahsulotlarini muvofiqligini baholash tizimini takomillashtirish hamda ularga kimyoviy tarkibi va tarkibidagi qo`shimcha moddalar asosida tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasiga hos yangi tovar kod raqamlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba ayrim turdagi shampunlarning qo‘llanilish maqsadi va tarkibidagi kimyoviy qo‘shimchalar asosida amaldagi tovar kodlariga qo‘shimcha ravishda yangi tovar kodlari ishlab chiqilgan;
kosmetika mahsulotlari, jumladan shampunlarning bojxona ekspertizasini amalga oshirishda sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini aniqlashning tezkor usullari ishlab chiqilgan;
kosmetika mahsulotlari tarkibidagi inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi sintetik konservantlar, hususan, paraben(para-gidroksibenzoy kislotasining efirlari)lar hamda ulardagi og‘ir metal tuzlari miqdori zamonaviy fizik kimyoviy usullar yordamida aniqlangan;
ilk bor GOST 31696 – 2012 talablariga muvofiq shampun ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqilgan, shuningdek, shampunlarni sertifikatlashtirishning mezonlari yaratilgan;
shampunlarni sertifikatlashtirish jarayonini takomillashtirish va yengillashtirish maqsadida sertifikatlashtirish idoralari uchun sinov dasturi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kosmetika mahsulotlarini identifikatsiyalash va TIF TNda tasniflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kosmetika mahsulotlarini hususan, shampunni tasniflashda kimyoviy tarkibidagi davolovchi hamda bo‘yovchi moddalar asosiy mezon ko‘rsatkich sifatida tanlab olinib, amaldagi 3305 10 000 0 TIF TN kodi o‘rniga 4 ta yangi TIF TN kod raqamlari ( 3305 10 000 1, 3305 10 000 2, 3305 10 000 3, 3305 10 000 9), tirnoq zamburug‘ini davolovchi laklar uchun 3304 30 000 1 - tarkibida davolovchi moddalar saqlagan laklar, 3304 30 000 9-boshqa manikyur va pedikyur vositalari yangi kod raqamlari bojxona amaliyotiga joriy etilgan (DBQning 2022 yil 10 avgustdagi 16/05-22-0457-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kosmetik mahsulotlarning kod raqamlarini to‘g‘ri belgilash orqali mamlakat iqtisodiy xavfsizligini himoya qilish va bojxona statistikasini to‘g‘ri yuritish imkonini bergan;
shampun mahsulotining haqiqiyligini tasdiqlash maqsadida organoleptik va fizik-kimyoviy parametrlarini tahlil qilishga asoslangan tezkor va samarali usullari bojxona amaliyotiga joriy etilgan (DBQning 2022 yil 10 avgustdagi 16/05-22-0457-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kosmetika mahsulotlarini identifikatsiyalash samaradorligini oshirish, ularni aslligini tezkor va samarali aniqlash imkoniyati yaratilgan;
shampunni amaldagi me’yoriy hujjat talablariga muvofiqligini baholash va tasdiqlash tizimini takomillashtirish maqsadida, shampun uchun ishlab chiqilgan kompleks sinov dasturi "O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" Davlat muassasasi va uning hududiy filiallari amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” DMning 2022 yil 28 noyabrdagi 12-1162-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xalqaro hamda milliy qonunchilik talablari o‘rganilib, ushbu talablar asosida shampunlarni sertifikatlashtirish jarayonini takomillashtirish imkonini bergan.