Abduraimov Zuxritdin Xolboevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ferrotsenkarbon kislota asosida yangi tovarlar olish va ularni sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/K610.
Ilmiy rahbar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSs.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Axmadaliev Maxammadjon, texnika fanlari doktori, dotsent; Hamraqulov Mahmudjon G‘ofurovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ferrotsenkarbon kislotaning mochevinali hosilalari asosida yangi tovarlar olish, ularni biostimulyatorlik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash hamda ularga TIF TN asosida yangi tovar kod raqamlari ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ferrotsenkarbon kislotani mochevina hosilalarini diazotirlash reaksiyasi asosida 1`-karboksi(ferrotsenil-1)-N-metilolkarboksamid,  N`-metilol-N (1`-karboksi)-ferrotsenilkarboksamid, 1`-karboksiferrotseniltiokarboksamid moddalari sintez qilingan; 
sintez qilingan birikmalarni suvda eruvchan hosilalarini  olishning optimal sharoitlari aniqlangan;
tarkibida ferrotsenkarbon kislota va mochevina hosilalari saqlovchi biologik faol moddalarni kimyoviy tarkibi, tuzilishi va ayrim fizikaviy, kimyoviy  xossalari aniqlangan;
sintez qilingan birikmalarning suvda eruvchan hosilalari asosida yangi biologik faol moddalar olingan;
suvda eruvchan tarkibida ferrotsen va mochevina hosilalari saqlovchi yangi biologik faol moddalarning faolligini g‘o‘zani o‘sishi va rivojlanishi hamda hosildorligiga ijobiy ta’siri isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ferrotsenkarbon kislota asosida yangi tovarlar olish va ularni sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ferrotsenkarbon kislota asosida sintez qilingan “AsTA” biostimulyatorini qo‘llash texnologiyasi Andijon viloyatida jami 215 gektar g‘o‘za maydonlariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 23 noyabrdagi 07/35-04/8725-son ma’lumotnomasi). Natijada, biostimulyator bilan ishlov berilgan g‘o‘za maydonlarida gektaridan qo‘shimcha o‘rtacha 4,85 s hosil olish imkonini bergan;
AsTA, biostimulyatori kimyoviy tarkibi asosida sinflanib, “Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi” ga ferrotsenkarbon kislotasi va tiomochevina hosilalari asosida olingan biostimulyatorlar uchun 3808939007 tovar kodi bojxona amaliyotiga joriy etilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 30 iyuldagi 16/05-22-0432-son ma’lumotnomasi). Natijada, ferrotsenkarbon kislota va mochevina hosilalari asosida sintez qilingan birikmalarni suvda eruvchan hosilalarini kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish