Xakimov Zafar Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aholi tomorqalaridan foydalanishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2022.3.PhD/ Iqt 2457
Ilmiy rahbar: Shomirov Azizbek Abdurashidovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xudoyqulov Sadriddin Karimovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahri filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Aholi tomorqalaridan foydalanishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi xonadonlari bilan kooperatsiya asosida faoliyat yurituvchi baliqchilik klasterlarida er va mol-mulk solig‘ini 50 foizga kamaytirish taklif etilgan;
tomorqa xo‘jaligi joylashgan erlarning tabaqalangan ball-bonitet darajasiga mos er solig‘i stavkalarini belgilash va intizomli soliq to‘lovchilarga soliqdan imtiyozlar berish taklif etilgan;
suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan er maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash xarajatlarining bir qismini qoplashga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar berish taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligida benefisiarning loyiha doirasidagi importini xorijiy bankning subsidiyalangan resursi asosida moliyalashtirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aholi tomorqalaridan foydalanishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
aholi xonadonlari bilan kooperatsiya asosida faoliyat yurituvchi, baliqchilik klasterlarida er va mol-mulk solig‘ini 50 foizga kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 yanvardagi PQ-83-son «Baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 13 iyundagi 07/05-32/1893-son ma’lumotnomasi). Natijada, 9 ta baliqchilik klasteri soliqlardan 6,5 mlrd. so‘m imtiyozga ega bo‘lib, tejab qolingan mablag‘ evaziga baliqchilikni intensivlashtirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va texnologiyalar (aerator, basseyn, avtokormushka) xarid qilindi;
tomorqa xo‘jaligi joylashgan erlarning tabaqalangan ball-bonitet darajasiga mos er solig‘i stavkalarini belgilash va intizomli soliq to‘lovchilarga soliqdan imtiyozlar berish bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 iyundagi PQ-5087-son «Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 13 iyundagi 07/05-32/1893-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligida 3 yil mobaynida faoliyat yuritgan va hisoblangan soliqlarni muddatida to‘lab kelgan, ammo soliq qarzini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik sub’ektlariga soliqlarni bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratilgan;
suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan er maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash xarajatlarining bir qismini qoplashga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar berish mexanizmini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 iyuldagi 459-son «Suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan er maydonlariga suv chiqarish ishlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 13 iyundagi 07/05-32/1893-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda 1522 dona quduq qazildi va aholi tomorqalaridagi ekinlarni suv bilan ta’minlash imkoniyati paydo bo‘lgan hamda amalga oshirilgan tizimli tadbirlar natijasida joriy yilda 364,5 trln. so‘mga teng qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yaratildi va 1 gektar maydondan olingan o‘rtacha daromad 86,7 mln. so‘mni (o‘tgan yilga nisbatan 2 barobar ko‘p) tashkil etgan;
qishloq xo‘jaligida benefisiarning loyiha doirasidagi importini xorijiy bankning subsidiyalangan resursi asosida moliyalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 yanvardagi PQ-84–son «Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 13 iyundagi 07/05-32/1893-son ma’lumotnomasi). Natijada, chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 147,07 mln. evro ekvivalentidagi loyihani moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.