Rajabov O‘tkir Do‘snaevich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tibbiy xizmatlar bozorini takomillashtirish yo‘nalishlari», 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Iqt271
Ilmiy rahbar: Vaxabov Abdurahim Vosiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Rahmatillo Xidirovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Nabiev Elshod Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tibbiy xizmatlar bozorini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birlamchi va ixtisoslashgan tibbiy yordamga aholining ehtiyoji yuqori bo‘lgan, olis va chekka qishloq joylariga xususiy tibbiyotni maqsadli rivojlantirishning 10 yil muddatga yagona soliq to‘lovidan ozod etish taklifi asoslangan;
tadbirkorlarni xorijdan olib kelayotgan tibbiyot asbob-uskunalari va buyumlariga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish va tejalgan mablag‘lar hisobidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul xizmat ko‘rsatish mas’uliyatini belgilash jihatidan takomillashtirilgan;
tibbiy xizmatlar bozoridagi iste’molchilar talabini qondirishga tabaqalangan holdagi yondashuvni makro va mikro darajada segmentlarga ajratish asosida marketing strategiyasi ishlab chiqilgan;
maxsus tibbiy tur paketlar yaratish va davolanish uchun O‘zbekistonga keluvchi xorijiy fuqarolarga «Medical visa»ni joriy etish asosida milliy tibbiy turizm industriyasini barpo etish taklif etilgan;
tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda xususiy sherikning investision xarajatlarini qoplash uchun kerak bo‘lgan investisiya lagi 3 yildan kam bo‘lmasligining tashkiliy - iqtisodiy mexanizmi asoslangan;
davlat tibbiyot muassasalarining qo‘shimcha va yordamchi funksiyalarini autsoring asosida xususiy sektorga o‘tkazish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tibbiy xizmatlar bozori amal qilish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
birlamchi va ixtisoslashgan tibbiy yordamga aholining ehtiyoji yuqori bo‘lgan, olis va chekka qishloq joylariga xususiy tibbiyotni maqsadli rivojlantirishning 10 yil muddatga yagona soliq to‘lovidan ozod etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 apreldagi «Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2863-son qarorining 8-9 bandlarini tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 29 noyabrdagi № 15-157236-son dalolatnomasi). Berilgan taklif natijasida qishloq joylarda xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar soni oldingi yillarga qaraganda 12 foizga ko‘paygan;
tadbirkorlarni xorijdan olib kelayotgan tibbiyot asbob-uskunalari va buyumlariga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish va tejalgan mablag‘lar hisobidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul xizmat ko‘rsatish mas’uliyatini belgilash jihatidan takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish bo‘yicha imtiyozlarni nazarda tutuvchi taklifi amaliyotga joriy etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 apreldagi PF-102-son Farmonining 3-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 29 noyabrdagi № 15-157236-son dalolatnomasi). Berilgan taklif natijasida tibbiyot asbob-uskunalari va buyumlarini, ehtiyot qismlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish oldingi yillarga qaraganda 8 foizga oshgan;
tibbiy xizmatlar bozoridagi iste’molchilar talabini qondirishga tabaqalangan holdagi yondashuvni makro va mikro darajada segmentlarga ajratish asosida marketing strategiyasini yaratish taklifidan «2022 yil inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 35 chi maqsadining 173 bandini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 dekabrdagi № 08-39997-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi xususiy tibbiyot muassasalarida narx belgilash mexanizmining maqbul variantini tanlash imkonini berdi va aholining xususiy tibbiyot muassasalariga murojaati 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 17 foizga o‘sdi;
maxsus tibbiy tur paketlar ishlab chiqish va davolanish uchun O‘zbekistonga keluvchi xorijiy fuqarolarga «Medical visa»ni joriy etish asosida milliy tibbiy turizm industriyasini yaratish taklifidan «2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari» Davlat dasturining 6 chi ustuvor yo‘nalishining 43 bandini tayyorlashda va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5611-sonli Farmonining 5 ilovasini tayyorlashda, hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 7 fevraldagi 45-sonli buyrug‘iga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 dekabrdagi № 08-39997-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotda qo‘llash tibbiy turizm yo‘nalishidan kelayotgan valyuta tushumlarini 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 27 foizga oshishini ta’minlagan;
tibbiy xizmatlarda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda xususiy sherikning investision xarajatlarini qoplash uchun kerak bo‘lgan investisiya lagi 3 yildan kam bo‘lmasligining tashkiliy - iqtisodiy mexanizmi asoslangan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 apreldagi PQ-4290-sonli «Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 2 bandini tayyorlashda, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2019 yil 21 oktyabrda tasdiqlangan «Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi bo‘yicha» ishlab chiqilgan Uslubiy qo‘llanmaning 2 bandini tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 dekabrdagi № 08-39997-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi asosida sog‘liqni saqlashda davlat xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirgan korxonalar soni 12 taga etdi;
davlat tibbiyot muassasalarining qo‘shimcha va yordamchi funksiyalarini autsoring asosida xususiy sektorga o‘tkazish va autsoring xizmati bo‘yicha kamida uch oylik shartnoma summasiga teng aylanma mablag‘larga ega bo‘lishi taklifi «2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi»ning 6 chi ustuvor yo‘nalishining 2 bandini tayyorlashda hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsoring xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 16-sonli qarori asosida ishlab chiqilgan Nizomning 10 bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 dekabrdagi № 08-39997-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi asosida qo‘shimcha va yordamchi funksiyalarning xususiy sektorga o‘tkazilish hajmi 9 foizni tashkil qilgan.