Raxmatov Temur Sotiboldiyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moliyaviy globalizatsiya sharoitida O‘zbekiston tijorat banklarining an’anaviy operatsiyalarini rivojlantirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt420.
Ilmiy rahbar: Tojiyev Rahmatilla Rahmonovich, Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilhom Muzrobshohovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisod fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi moliyaviy globalizatsiya sharoitida O‘zbekiston tijorat banklarining an’anaviy operatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra ustuvor ravishda huquqiy va texnik tavsiflar bilan belgilanuvchi “bank operatsiyasi” tushunchasi bank tomonidan amalga oshiriluvchi pul mablag‘larini jalb qilish hamda uni joylashishini nazarda tutuvchi, aniq iqtisodiy masalani yechishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bank va bank-mijozning harakatlari majmui sifatida takomillashtirilgan;
tijorat banklarida aholi va tadbirkorlar uchun nisbatan yuqori talab namoyon etuvchi xizmatlarning davriy monitoring asosida saralab turiluvchi to‘plami (paketi)ni ishlab chiqish hamda ularni qulaylashtirilgan tariflarda taqdim qilgan holda bank yalpi daromadi tarkibida foizsiz daromadlar hajmini oshirish taklifi asoslangan;
tijorat banklarining depozit va kredit bo‘yicha foiz stavkalarini shakllantirishda ularning shartlarida an’anaviy xizmatlarni qulay shaklda taqdim etish orqali barqaror resurs manbai hisoblangan muddatli va jamg‘arma depozitlar mablag‘larni keng jalb qilish yo‘li bilan chakana kreditlash hajmini oshirish taklifi asoslangan;
tijorat banklarida an’anaviy operatsiyalar rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari va muhim omillari ta’sirining ekonometrik modeliga asoslangan holda 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Moliyaviy globalizatsiya sharoitida O‘zbekiston tijorat banklarining an’anaviy operatsiyalarini rivojlantirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra ustuvor ravishda huquqiy va texnik tavsiflar bilan belgilanuvchi “bank operatsiyasi” tushunchasining bank tomonidan amalga oshiriluvchi pul mablag‘larini jalb qilish hamda uni joylashishini nazarda tutuvchi, aniq iqtisodiy masalani yechishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bank va bank-mijozning harakatlari majmui sifatida takomillashtirilgan ta’rifi “Pul va banklar” nomli darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i). Mazkur tushuncha ta’rifining o‘quv manbalarga kiritilishi talabalar va bo‘lg‘usi mutaxassislarning tijorat banklari operatsiyalari to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarining kengayishi hamda ulardan amaliyotda samarali foydalanish imkonini yaratgan;
tijorat banklarida aholi va tadbirkorlar uchun nisbatan yuqori talab namoyon etuvchi xizmatlarning davriy monitoring asosida saralab turiluvchi to‘plami (paketi)ni ishlab chiqish hamda ularni qulaylashtirilgan tariflarda taqdim qilgan holda bank yalpi daromadi tarkibida foizsiz daromadlar hajmini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Tijorat banklarida raqamli ekotizimni rivojlantirish va mijozlarga masofaviy xizmat ko‘rsatishning zamonaviy masofaviy bank mahsulotlari ko‘lamini kengaytirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2023-yil 17-fevraldagi 19/04-102-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etish natijasida tijorat banklarida aholi va tadbirkorlar uchun nisbatan yuqori talab namoyon etuvchi xizmatlarning to‘plami (paketi)ni ishlab chiqish hamda ularni qulaylashtirilgan tariflarda taqdim qilish imkoni yaratilgan;
tijorat banklarining depozit va kredit bo‘yicha foiz stavkalarini shakllantirishda ularning shartlarida an’anaviy xizmatlarni qulay shaklda taqdim etish orqali barqaror resurs manbai hisoblangan muddatli va jamg‘arma depozitlar mablag‘larni keng jalb qilish yo‘li bilan chakana kreditlash hajmini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Tijorat banklarida raqamli ekotizimni rivojlantirish va mijozlarga masofaviy xizmat ko‘rsatishning zamonaviy masofaviy bank mahsulotlari ko‘lamini kengaytirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2023-yil 17-fevraldagi 19/04-102-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etish natijasida tijorat banklarining an’anaviy xizmatlarni qulay shaklda taqdim etish orqali chakana kreditlash hajmini oshirish imkoni yaratilgan;
tijorat banklarida an’anaviy operatsiyalar rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari va muhim omillari ta’sirining ekonometrik modeliga asoslangan holda 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Tijorat banklarida raqamli ekotizimni rivojlantirish va mijozlarga masofaviy xizmat ko‘rsatishning zamonaviy masofaviy bank mahsulotlari ko‘lamini kengaytirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2023-yil 17-fevraldagi 19/04-102-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etish natijasida tijorat banklarida an’anaviy operatsiyalar rivojlanishining asosiy parametrlarini uzoq muddatli davrda o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.