Yuldoshev Abror Xolikulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘pka arteriyasi tromboemboliyasining xirurgik profilaktika usullarini qiyosiy baxolash», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib135.
Ilmiy rahbar: Shukurov Bobir Ibragimovich, tibbiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Irnazarov Akmal Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ataxanov Shuxrat Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: “A.V. Vishnevskiy nomidagi xirurgiya milliy tibbiy tadqiqot markazi” Federal davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tromboembolik asoratlarni jarrohlik usulida oldini olishga ko‘rsatmalarni kengaytirish yo‘li bilan pastki kovak vena tizimi trombozli bemorlarida o‘pka arteriyasining tromboemboliyasining og‘irligi va uchrash sonini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p tarmoqli kasalxona sharoitida o‘pka arteriyasi tromboemboliyasini bemor tiriklik vaqtida tashxislash darajasi qoniqarsiz ekanligi natijasida to‘satdan o‘lim holatlari hamda shifokorlarda ushbu o‘ta havfli asorat haqidagi tushunchalar va uning oldini olish bo‘yicha ko‘nikmalar sust ekanligi bilan bog‘liq havotirli vaziyat aniqlangan;
embol-havfli flebotrombozlarni erta aniqlash va oldini olish bo‘yicha tashkiliy hamda davolash-tashxislash chora tadbirlarini takomillashtirish va o‘pka arteriyasi tromboemboliyasining oldini olishni yanada radikal va ishonchli usullarini tadbiq qilish, ularni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalarni aniqlashtirish, har bir klinik holat uchun individual davolash taktikasini tanlash omillarini belgilash zaruriyati ilmiy asoslangan;
o‘pka arteriyasi tromboemboliyasining turli xil xirurgik profilaktikasi usullarining samaradorligi va havfsizlik darajasi qiyosiy o‘rganilgan, pastki kavak venaga kava-fil`trni endovaskulyar o‘rnatish usuli o‘zining kaminvazivligi, tromblarni ushlab qolishda ishonchliligi, amaliyotdan so‘ngi asoratlari ozligi va nisbatan engilligi bilan bir qator afzalliklarga ega ekanligi asoslangan;
flebotrombozning embologenlik belgilari mavjudligi va joylashuv sathini inobatga olgan holda o‘pka arteriyasi tromboemboliyasining xirurgik profilaktikasi usulining har bir klinik holat uchun eng muqobilini tanlab olishga asoslangan yondoshuvning maqsadga muvofiqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘pka arteriyasi tromboemboliyasining xirurgik profilaktika usullarini qiyosiy baholashning o‘ziga xos imkoniyatlari baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘pka arteriyasi tromboemboliyasining xirurgik profilaktika usullarini qiyosiy baholash va samarali tashxislash bo‘icha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘pka arteriyasi tromboemboliyasining tashxislash, davolash va xirurgik profilaktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 apreldagi 8n-d/183-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘pka arteriyasi tromboemboliyasini erta tashxislash, tromboembolik sindromni jarrohlik usuli bilan oldini olishni o‘z vaqtida qo‘llash tufayli, flebotrombozlar bilan xastalangan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash orqali o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish imkonini bergan;
o‘pka arteriyasi tromboemboliyasining xirurgik profilaktika usullarini qiyosiy baholashni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent va Jizzax viloyatlari filiallarining klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 1 dekabrdagi 08-38167-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi o‘pka arteriyasi tromboemboliyasining xirurgik profilaktika usullarini qiyosiy baholashni takomillashtirishning o‘ziga xos imkoniyatlarini baholashda embol-xavfli flebotrombozli bemorlarda jarrohlik amaliyotidan keyingi o‘limni 23,7%dan 1,7%gacha kamaytirish, kava-fil`trlarning endovaskulyar implantatsiya usuli jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarni eng kichik darajasi (1,4%) tavsiflanishi, bunda kava-klipirlanganda bu ko‘rsatkich 7,9%, kavaplikatsiyadan keyin esa 25%ni tashkil etganligi izoxlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish