Raximova Ra’no Abduxakimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi hakida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronar va serebral arteriyalari jarohatlangan o‘tkir koronar sindromli bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam tashkil qilishning innovatsion aspektlari», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari),
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tib728.
Ilmiy maslahatchi: Alimov Daniyar Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alyavi Baxromxon Anisxonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Yusupalieva Gulnora Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Akademik I.P.Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotining maqsadi: Koronar va braxiotsefal arteriyalarning qo‘shma shikastlanishida o‘tkir koronar sindrom kuzatilgan bemorlarga ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik yordamni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alohida NSTEMI va alohida STEMI kuzatilgan bemorlarda koronar va karotid arteriyalarning qo‘shma shikastlanish xarakteri hamda chastotasi aniqlandi, klinik sezilarli bo‘lgan mul`tifokal aterosklerozning xavf omillari asoslangan;
ateroskleroz va aterotromboz fonida rivojlanuvchi ishemik insul`tlarda bosh miya shikastlanishining morfologik xususiyatlari isbotlangan;
mul`tifokal ateroskleroz kuzatilgan bemorlar uyqu arteriyasi aterosklerotik blyashkalarining gistologik va sonografik tuzilmalarini taqqoslash yo‘li bilan gemodinamik ahamiyatga ega aterosklerotik torayish, aterotromboz, embologen ASB, o‘tkir okklyuziyaning aniq differensial-tashxisotida ul`tratovush belgilari, koronar va karotid havzalarning qo‘shma shikastlanishi kuzatilgan o‘tkir koronar sindromli bemorlarda revaskulyarizatsiyaning maqbul strategiyasini tanlashda muhim mezoni isbotlangan;
koronar va karotid arteriyalarning qo‘shma shikastlanishi kuzatilgan o‘tkir koronar sindromli bemorlarida chap qorincha patologik remodellashishi og‘irligi va xarakteri, koronar arteriyalarning gemodinamik ahamiyatli stenozlari miqdorining ortishi bilan miokardning patologik remodellashishi og‘irligiga bog‘liqligi isbotlangan;
NSTEMI va STEMI aniqlangan bemorlarda reperfuzion markazlarida birlamchi va/yoki qutqaruvchi stentlash bajarishda o‘tkir koronar sindrom tashxislangan bemorlar oqimini safarbar qilish, karotid va koronar arteriyalar qo‘shma stenozining turli variantlarida bosqichli, simul`tan jarrohlik va gibrid aralashuvlar taktikasining samaradorligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Koronar va serebral arteriyalari jarohatlangan o‘tkir koronar sindromli bemorlarga shoshilinch tibbiy yordamni tashkil qilishning innovatsion aspektlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘tkir koronar sindromi kuzatilgan bemorlarda koronar va serebral arteriyalari shikastlanishida yuqori texnologik shoshilinch tibbiy yordamni tashkillashtirishni innovatsion aspektlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Hayotga xavf soluvchi bradiaritmiyalar kuzatilgan bemorlarda miokardning permanent elektrostimulyasiyasining tartibini tanlash» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7 oktyabrdagi 8n–z/530–son ma’lumotnomasi).
o‘tkir koronar sindromi kuzatilgan bemorlarda koronar va serebral arteriyalari shikastlanishida yuqori texnologik shoshilinch tibbiy yordamni tashkillashtirishni innovatsion aspektlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yoshlikda o‘tkir koronar sindromi kechishining tibbiy-ijtimoiy jihatlarini o‘rganish va tahlil qilish metodikasini takomillashtirish» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7 oktyabrdagi 8n–z/530–son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yoshlikda o‘tkir koronar sindromi kechishining tibbiy-ijtimoiy jihatlarini yaxshilash imkonini yaratgan;
o‘tkir koronar sindromi kuzatilgan bemorlarda koronar va serebral arteriyalari shikastlanishida yuqori texnologik shoshilinch tibbiy yordamni tashkillashtirishni innovatsion aspektlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Toshkent shaxrida o‘tkir koronar sindromli bemorlarni marshrutizatsiyalash asosiy prinsiplarini ishlab chiqish» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 oktyabrdagi 8n–r/1164 –son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Toshkent shaxrida o‘tkir koronar sindromli bemorlarni marshrutizatsiyalash imkonini yaratgan;
koronar va serebral arteriyalari jarohatlangan o‘tkir koronar sindromli bemorlarga shoshilinch tibbiy yordamni tashkil qilishning innovatsion aspektlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm va Namangan fillilarining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 31 maydagi 08-14994–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi olib borilgan tadqiqotlar davolanish uchun yotqizilgan bemorlarning nozologik shakllari tarkibida shoshilinch yurak-qon tomir kasalliklarining ulushi 25,0%ni, undan 31,4% bemorlarning o‘tkir koronar sindromi, 16,6% bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi bilan gospitalizatsiya qilingan bemorlar tashkil etishi, o‘tkir koronar sindromi bilan xastalangan bemorlarning oqimini reperfuzion markazlariga yo‘naltirish va birlamchi va/yoki qutqaruvchi stentlash (samarasiz TLTdan keyin deyarli barcha hollarda koronar ekssess miqdorini ishonchli bartaraf etilishini ta’minlash, NSTEMI (4,8%) va STEMI (5,4%) bilan xastalangan bemorlarda o‘lim xavfini kamaytirish imkonini bergan.