Safarov G‘iyosiddin Abdullaevichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy resurs va mol-mulklarni soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 - «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Iqt158. 
Ilmiy maslahatchi: Xaydarov Nizamiddin Xamraevich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Normurzaev Umid Xolmurzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori; Sharipov Farxod Goyibovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
II.Tadqiqotning maqsadi: Tabiiy resurs va mol-mulklarni soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mol-mulk va er soliqlarini ko‘chmas mulk (bino, inshoot va er uchastkalari) ob’ektlarining kadastr qiymati asosida hisoblashni bosqichma-bosqich joriy etish taklif etilgan;
foydalanilmayotgan ko‘chmas mulk, tugallanmagan qurilish ob’ektlari hamda ushbu ob’ektlar bilan band bo‘lgan erlarga nisbatan mol-mulk va er soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo‘llamaslik zarurligi asoslangan; 
yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirish hamda mol-mulk solig‘ining pasaytirilgan stavkasini 0,4 foizdan 0,5 foizga oshirish zarurligi asoslangan; 
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblashda turli maqsadlarda foydalaniladigan suv resurslari hajmining hisobini alohida-alohida yuritish taklif etilgan;
qimmatbaho, rangli va radioaktiv metal, nodir element, uglevodorod xom ashyosini qazib oluvchi va ularni texnogen mineral hosilalardan ajratib oluvchi, shuningdek uglevodorod xom ashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslarga maxsus renta solig‘ini joriy etish taklif etilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiiy resurs va mol-mulklarni soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
mol-mulk va er soliqlarini ko‘chmas mulk (bino, inshoot va er uchastkalari) ob’ektlarining bozor bahosiga yaqin bo‘lgan kadastr qiymati asosida hisoblash tizimini bosqichma-bosqich joriy etishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi PF-6121-son «Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 26 dekabrdagi 15-168808-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘chmas mulk ob’ektlari va er uchastkalarini to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazish, ularni bozor bahosiga yaqin bo‘lgan kadastr qiymatini aniqlash va hisoblash tizimi ikki bosqichda joriy etildi;
foydalanilmayotgan ko‘chmas mulk ob’ektlariga nisbatan oshirilgan soliq stavkalarini qo‘llamaslik taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 iyundagi PF-162-son «Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish davrida biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 26 dekabrdagi 15-168808-son ma’lumotnomasi). Natijada, 560,0 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘ soliq to‘lovchilar ixtiyorida qoldirilishiga erishilgan;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini amaldagi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirish hamda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan pasaytirilgan soliq stavkasini 0,4 foizdan 0,5 foizga oshirish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-741-son «O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 26 dekabrdagi 15-168808-son ma’lumotnomasi). Natijada, soliq to‘lovchilar ixtiyorida 380,0 mlrd so‘m qoldirilishiga erishilgan;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarishda turli maqsadlarda foydalaniladigan suv resurslari hajmining hisobini alohida-alohida yuritish tartibini kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi PF-6121-son «Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 26 dekabrdagi 15-168808-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tartibning amaliyotga joriy etilishi asosida davlat byudjetiga 100,0 mln so‘m qo‘shimcha mablag‘ tushishi ta’minlangan;
qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir er elementlarini qazib oluvchi va ularni texnogen mineral hosilalardan ajratib oluvchi, shuningdek uglevodorod xom ashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslar  uchun maxsus renta solig‘ini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-741-son «O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 26 dekabrdagi 15-168808-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat byudjetiga 3,0 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ tushishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish