Mirzaxodjaev Baxtiyor Anvarovichga
ixtiroga patentlari asosida dissertatsiya himoyasiz fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mahsuldorligi va texnologik xususiyatlari yuqori bo‘lgan pilla xomashyosini etishtirish va xom ipak sifatini yaxshilash uchun, pillalarni saralovchi va ularga dastlabki ishlov beruvchi texnika vositalari majmuasini yaratish”, 05.06.02 - “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/T510
Ilmiy maslahatchi: Gulamov Azamat Eshankulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
Mahsuldorligi yuqori bo‘lgan o‘rta kalibrli pillalar ulushini, ularni jonsizlantirish samaradorligini oshishini ta’minlovchi texnik vositalar majmuasi konstruksiyasini yaratish va joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pillalarni uzunligi bo‘yicha bir holatga keltiruvchi moslama va ularni me’yorlangan kalibr ko‘lami bo‘yicha olti guruhga ajratuvchi elpig‘ichsimon tortilgan tasmalar bilan jihozlangan, pillalarni yuqori ish unumdorligida kalibrlovchi qurilma yaratilgan, uning asosiy texnik va texnologik parametrlari asoslangan (“Pillalarni kalibrlash qurilmasi” patent № IAP 02756-2005 y.);
xar xil kalibrli pillalarni joylashga moslashtirilgan cho‘michli transportyor hamda pillalarni uzunligi bo‘yicha bir holatga keltiruvchi va g‘umbaklarni shikastlantirmasdan qobig‘ini qirquvchi moslamalar bilan jihozlangan yuqori samaradorligi yuqori pilla qirquvchi uskuna yaratilgan (“Pilla qobig‘ini kesuvchi uskuna” patent № IAP 05678-2018 y.);
fermer xo‘jaliklari sharoitida tut novdalaridan tayyorlashga moslashtirilgan,  ko‘p marta ishlatishga mo‘ljallangan va bir xil kalibrli pilla beradigan, yacheykalar o‘lchami 40x30mm ga teng bo‘lgan sun’iy dasta yaratilgan (“Ipak qurti uchun dasta” patent № IAP 05340-2018 y.); 
energiya sig‘imi va ishlash prinsipi mustahkam bo‘lgan, olovli kalorifer bilan jihozlangan va mavjud pilla quritgichlarni tiklashga qaratilgan, pillalar g‘umbagini jonsizlantiruvchi uskuna konstruksiyasi yaratilgan (“Pillani jonsizlantirish va quritish uskunasi” patent № IAP 06368-2020 y.).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahsuldorligi va texnologik xususiyatlari yuqori bo‘lgan pilla xomashyosini etishtirish va xom ipak sifatini yaxshilash uchun, pillalarni saralovchi va ularga dastlabki ishlov beruvchi texnika vositalari majmuasini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
pillalarni shikastlantirmasdan, yuqori ish unumdorligida, ularni kalibri bo‘yicha 1 mm dan olti guruhga bo‘luvchi, pillalarni kalibrlovchi qurilmaning 7 ta sinov nushalari Chortoq ipak qurti urug‘i MChJ, Qo‘qon ipak qurti urug‘i MChJ, Farg‘ona ipak qurti urug‘i MChJ va  “Silver Silk Company” QK larda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2020 yil 15-yanvardagi 02/028-137 son ma’lumotnomasi). Bu korxonalarda pillalarni kalibrlovchi uskunalarni qo‘llash natijasida ish unumdorligi 4-5 martaga va sifatli pillalar ulushi 1,3-1,4 martaga ortgan;
ipak qurtini g‘umbak davrida jinslarga bo‘lish uchun, pillalar qobig‘ini yuqori ish unumdorligida kesuvchi va g‘umbaklarini shikastlantirmasdan ajratib beruvchi uskuna "Farg‘ona tut ipak kurti urug‘chilik" korxonasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2020 yil 15-yanvardagi 02/028-137 son ma’lumotnomasi). Uskunada pillalar g‘umbagining to‘la kesilishi 99 foizni, qobig‘idan g‘umbagini ajralish darajasi 94 foizni tashkil etganligi va shikastlangan g‘umbaklarning ulushi 2 foizga kamayganligi hamda ish unumdorligi ko‘l mehnatiga nisbatan o‘rtacha 5,5 martaga ortishiga erishilgan; 
tut novdalaridan yasashga moslashtirilgan, bir xil o‘lchamli pilla beradigan ipak qurti dastasi O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot institutining tajriba bazasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2020 yil 15-yanvardagi 02/028-137 son ma’lumotnomasi). Bu erda dastalardan olingan navli pillalarning va bir xil o‘lchamli pillalarning ulushi o‘rtacha 16 foizga, ipakchanligi 3% foizga ortishiga imkoniyat yaratilgan;
pilla quritish uskunasining takomillashtirilgan tajriba nushasi Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tuman "Agropilla"da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2020 yil 15-yanvardagi 02/028-137 son ma’lumotnomasi). Ishlanmadan ikki yil foydalanish natijasida, yoqilg‘ining va elektroenergiyaning sarfi o‘rtacha 16 va 20 foizga kamaygan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish