Djumayozov Umidjon Zafarjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Elastiklik nazariyasining chiziqli va nochiziqli chegaraviy masalalarini sonli modellashtirish», 05.01.07–Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/FM740.
Ilmiy rahbar: Xaldjigitov Abduvali Abdisamadovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Normurodov Chori Begaliyevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Bo‘riyev Abdulaziz Tadjibayevich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi deformatsiyalanish jarayonini ifodalaydigan chiziqli va nochiziqli matematik modellarni takomillashtirish, sonli modellar qurish va samarali algoritmlar asosida dasturlar majmuasini yaratishdan iboratdir.
III. Taqdiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
elastiklik nazariyasining chegaraviy masalalari uchun Sen-Venanning deformatsiyalarning birgalikda bo‘lish shartiga asoslangan holda deformatsiyalarga nisbatan yangi matematik model taklif etilgan;
ko‘chish va deformatsiyalarga nisbatan chekli-ayirmali tenglamalar ishlab chiqilgan, elastiklik nazariyasining chiziqli va nochiziqli chegaraviy masalalarini oddiy iteratsiya hamda Zeydel usullari yordamida samarali sonli yechish asoslangan;
turli issiqlik va mexanik chegaraviy shartlarda izotrop parallelepiped, to‘g‘ri to‘rtburchak va sterjen uchun ko‘chishlar va deformatsiyalarga nisbatan chegaraviy masalalar sonli yechilgan;
chiziqli va nochiziqli to‘r tenglamalarni sonli yechishning algoritmi va dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qattiq jismlarning deformatsiyalanish jarayonini ifodalovchi chiziqli va nochiziqli matematik va sonli modellar, algoritmlar va dasturiy ta’minotlar quyidagi yo‘nalishlarda amaliyotga joriy etilgan:
qattiq jismlarning deformatsiyalanish jarayonini ko‘chish va deformatsiyalarga nisbatan ifodalaydigan chiziqli va nochiziqli matematik modeli va sonli yechimlaridan BV-F4-014 “Magnit-elastiklikning matematik asoslarini va elektromagnit moslashuvchanlikni hisobga olgan holda elektron qurilmalar, mikro va nano-tizimlarning yupqa qobiqli elementlarining magnit-elastik tebranishlari masalasini yechishning amaliy usullarini takomillashtirish” grant loyihasida yupqa qobiqli elektron qurilmalarning elektromagnit maydonidagi tebranishi masalasini ko‘chish va deformatsiyalarga nisbatan sonli modellashtirishda foydalanilgan (Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2022 yil 8-iyundagi 2562/15-01-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash, nostatsionar magnit va mexanik kuchlar ta’sirida o‘tkazuvchi jismlarning magnit elastikligining bog‘liq masalalarini sonli yechish imkonini bergan;
elastiklik nazariyasining ko‘chish va deformatsiyalarga nisbatan chiziqli va nochiziqli modellarini sonli yechish algoritmlari, dasturiy ta’minotidan qurilish tashkilotlarida binolarni loyihalashda, mustahkamlik va ishonchlilik zaxiralarini aniqlashda foydalanilgan. (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 21-noyabrdagi 33-8/7839-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash, mehnat unumdorligini 10-15 foizga oshirishga, tannarxni 10-15 foizga kamaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish