Yuldosheva Nilufar Ergashevnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sodda gap qoliplari nutqiy voqelanishining lisoniy va nolisoniy omillari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Fil286.
Ilmiy maslahatchi: Sayfullayeva Ra’no Raufovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Abuzalova Mehriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori, professor; Pardayev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, professor; Umarova Nargizaxon Rustamovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida sodda gap qoliplarining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar ta’siri hamda nutqiy muloqot jarayonida lisoniy va pragmatik omillar mushtarakligi masalasini ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili sintaktik birliklarining lingvistik modellarini aniqlash jarayonida unga shaxs, vaziyat va etnomadaniy jihatdan ta’sir etuvchi pragmatik omillar ochib berilgan; 
sodda gap lisoniy sintaktik modellarining verballashuvida aksentuativ, leksik, morfologik kabi lisoniy va nutq vaziyati, sharoiti bilan bog‘liq pragmatik jihatlarining o‘zaro muvofiqligi asoslangan;
sodda gap qoliplari voqelanishiga ta’sir qiluvchi [W] atov birligi gapni shakllantirishda xizmat qiluvchi asosiy leksik omil ekanligi va u nutqda so‘z, qo‘shma so‘z, so‘z birikmasi va kengaygan birikmalar bilan ifodalanishi hamda diskurs jarayonidagi pragmatik mazmuni ochib berilgan; 
nutqiy muloqot jarayonida sodda gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra xabar (assertiv), undash (direktiv), majburiyat (komissiv), his-hayajon (ekspressiv), deklarativ kabi pragmatik ma’nolarining gap mohiyatiga ta’sir etishi hamda sinergetik jarayonda sodda gap qoliplari voqelanishiga ta’sir qiluvchi lisoniy va pragmatik omillar mushtarakligi ko‘rsatib berilgan; 
sodda gap qoliplarining nutqiy voqelanishida pragmatik xususiyatlarni ochib beruvchi presuppozisiyaning ohang, urg‘u, to‘xtam kabi lingvistik vositalar asosida ta’sir etishi isbotlangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi sodda gaplarning lisoniy sintaktik qoliplarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
o‘zbek tili sintaktik birliklarining lingvistik modellarini aniqlash jarayonida unga shaxs, vaziyat va etnomadaniy jihatdan ta’sir etuvchi pragmatik omillar ochib berilganiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 16-noyabrdagi 17-01/36-son ma’lumotnomasi). Natijada nazariy fikrlar va ilmiy xulosalar turkiy tillarda gap va uning tasnifi, lisoniy sintaktik qoliplar hamda ularning hosilalari; sodda gap qolipi, so‘z yasalishi qolipi va ularning funksional xususiyatlarini yoritishda ilmiy dalillar bilan boyitish imkonini bergan; 
sodda gap lisoniy sintaktik modellarining verballashuvida aksentuativ, leksik, morfologik kabi lisoniy va nutq vaziyati, sharoiti bilan bog‘liq pragmatik jihatlarining o‘zaro muvofiqligi asoslanganiga oid xulosalaridan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2019-2021-yillarda bajarilgan IZ-20190881663-raqamli “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan vebsayt va multimedia mahsulotlari to‘plamini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2022-yil 10-fevraldagi 1/04-05-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari o‘zbek milliy qadriyatlariga oid matnlar lingvopragmatikasini yoritishda, o‘zbek tili korpuslari uchun turli dasturlar ishlab chiqishda yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitish imkonini bergan; 
sodda gap qoliplarining nutqiy voqelanishida pragmatik xususiyatlarni ochib beruvchi presuppozisiyaning ohang, urg‘u, to‘xtam kabi lingvistik vositalar asosida ta’sir etishi isbotlanganiga doir xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 16-noyabrdagi 17-01/36-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy-adabiy tadbirlar hamda o‘zbek tili mashg‘ulotlari uchun tayyorlangan materiallarning mazmunini ilmiy jihatdan boyitish va mukammallashtirish imkonini bergan;
nutqiy muloqot jarayonida sodda gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra xabar (assertiv), undash (direktiv), majburiyat (komissiv), his-hayajon (ekspressiv), deklarativ kabi pragmatik ma’nolarining gap mohiyatiga ta’sir etishi hamda sinergetik jarayonda sodda gap qoliplari voqelanishiga ta’sir qiluvchi lisoniy va pragmatik omillar mushtarakligi ko‘rsatib berilganiga doir xulosalardan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Til – millat ko‘zgusi” tahliliy eshittirishi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 18-yanvardagi 17-05/v-17-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlar yurtdoshlarimiz, xususan, yosh avlodni xalqimizning buyuk ilmiy va ma’naviy merosiga hurmat, ona tilimizga muhabbat ruhida tarbiyalashga, ularning ilmiy bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish