Umarova Ra’noxon Ubaydullayevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’limni axborotlashtirish sharotida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2601.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Artikova Muhayyoxon Botiraliyevna pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedjonov Dilmurod Gulomovich, texnika fanlari doktori, professor; Zaripova Dilnoza Anvarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’limni axborotlashtirish sharoitida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilar intellektual salohiyatini rivojlantirishning mazmunli-faoliyatli, refleksiv-motivatsion kabi pedagogik-psixologik xususiyatlari real ta’limiy sharoit ta’sirida o‘quvchilar faoliyati samaradorligini barqarorlashtiruvchi sog‘lom raqobat tamoyilini axborotlashtirilgan o‘quv jarayoniga ijobiy impulsda kiritish asosida aniqlashtirilgan;
axborotlashtirish sharoitida intellektual salohiyatni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari muammoli o‘quv vazifalarini taqdim etishning vizual refleksiya bosqichida o‘quvchilarning subyektiv imkoniyatlarini integrativ - dinamikada moslashtirishga ustuvorlik berish asosida ochib berilgan;
intellektual salohiyatni axborotlashtirilgan ta’lim sharoitida rivojlantirish modeli raqamli bilishni faollashtiruvchi algoritmik keyslarni o‘quvchilarning kognitiv faoliyatida fanlar integratsiyasining qiyosiy darajalariga ko‘ra qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ta’limni axborotlashtirish sharoitida o‘quvchilar intellektual salohiyatini rivojlantirishning metodik ta’minoti diqqat va xotira mobilizatsiyasini kuchaytiruvchi imitatsion o‘qitish shakllarini kreativ mushohada jarayonida ergonomik talablarga ko‘ra adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’limni axborotlashtirish sharoitida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilar intellektual salohiyatini rivojlantirishning mazmunli-faoliyatli, refleksiv-motivatsion kabi pedagogik-psixologik xususiyatlari real ta’limiy sharoit ta’sirida o‘quvchilar faoliyati samaradorligini barqarorlashtiruvchi sog‘lom raqobat tamoyilini axborotlashtirilgan o‘quv jarayoniga ijobiy impulsda kiritishga oid takliflaridan “Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirish” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 5-dekabrdagi 01/11-02/02-1817-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirishning mezonlari va ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan;
axborotlashtirish sharoitida intellektual salohiyatni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari muammoli o‘quv vazifalarini taqdim etishning vizual refleksiya bosqichida o‘quvchilarning subyektiv imkoniyatlarini integrativ - dinamikada moslashtirishga oid takliflaridan “Ta’limni axborotlashtirish sharoitida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish modeli”dan 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi PZ-20170930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2022-yil 5-dekabrdagi 01/11-02/02-1817-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim fanlarini intellektual salohiyatni rivojlantirishga yo‘naltirib o‘qitishning intensivligi ta’minlangan;
intellektual salohiyatni axborotlashtirilgan ta’lim sharoitida rivojlantirish modeli raqamli bilishni faollashtiruvchi algoritmik keyslarni o‘quvchilarning kognitiv faoliyatida fanlar integratsiyasining qiyosiy darajalariga ko‘ra qo‘llash hamda ta’limni axborotlashtirish sharoitida o‘quvchilar intellektual salohiyatini rivojlantirishning metodik ta’minoti diqqat va xotira mobilizatsiyasini kuchaytiruvchi imitatsion o‘qitish shakllarini kreativ mushohada jarayonida ergonomik talablarga ko‘ra adaptivlashtirishga doir takliflaridan “Ta’limda axborot texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-sonli buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqamii: 106-160). Natijada, umumta’lim fanlar bo‘yicha interfaol mashg‘ulotlarni tashkil etish samaradorligini oshirishga erishilgan.