Ergasheva Gulruxsor Nurmatzodning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning ilmiy - metodik asoslarini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1687.
Ilmiy rahbar: Adilova Saodat Abdurahimovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/03.12.2021.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullayeva Shahzoda Abdullayevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamrayev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning ilmiy - metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitish samaradorligi oddiy ma’lumotlarni A1 darajada etkazib berish ko‘nikmalarini nutqiy talaffuz sofligini shakllantirish va leksik-grammatik savodxonlik qoidalariga barqaror rioya qilish ko‘nikmasini hosil qilish asosida takomillashtirilgan;
o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘rganish jarayoni o‘z fikrini erkin bayon eta olishi, o‘zbek tilidagi iboralardan to‘g‘ri foydalana olishi, izchillikda matn tuza olishi, suhbatdoshga javob qaytara olish imkoniyatlarini B1 va B2 daraja talablariga sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishni takomillashtirish modeli ijtimoiy munosabatlarda va turli nutqiy vaziyatlarda boshlang‘ich darajada o‘rganish intensivligi matnni anglash va qayta ishlahga ustuvorlik berish, tilining leksik-grammatik vositalaridan to‘g‘ri va unumli foydalanish traektoryasini dinamikligini ta’minlash hamda kognitiv-pragmatik yondashuvdan foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishni takomillashtirishni baholash mezonlari Hind - Yevropa tillari vakillarini alohida guruhda o‘qitish, Turkiy xalqlarda umumiy tasavvurlar va grammatik o‘xshashliklar mavjudligini inobatga olish hamda o‘rta darajadan boshlab barcha o‘rganuvchilarni baravar o‘qitish amaliyotini joriy etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning ilmiy - metodik asoslarini takomillashtirish asosida:
o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitish samaradorligi oddiy ma’lumotlarni A1 darajada etkazib berish ko‘nikmalarini nutqiy talaffuz sofligini shakllantirish va leksik-grammatik savodxonlik qoidalariga barqaror rioya qilish ko‘nikmasini hosil qilish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 3 apreldagi 02-07-1104/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada o‘zbek tilinni xorijiy til sifatida o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini tahlil etish imkoni kengaytirilgan;
o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘rganish jarayoni o‘z fikrini erkin bayon eta olishi, o‘zbek tilidagi iboralardan to‘g‘ri foydalana olishi, izchillikda matn tuza olishi, suhbatdoshga javob qaytara olish imkoniyatlarini B1 va B2 daraja talablariga izchil sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar YOA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” mavzusidagi grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 3 apreldagi 02-07-1104/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligni oshgan;
o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishni takomillashtirish modeli ijtimoiy munosabatlarda va turli nutqiy vaziyatlarda boshlang‘ich darajada o‘rganish intensivligi matnni anglash va qayta ishlahga ustuvorlik berish, tilining leksik-grammatik vositalaridan to‘g‘ri va unumli foydalanish traektoryasini dinamikligini ta’minlash hamda kognitiv-pragmatik yondashuvdan foydalanisga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 3 apreldagi 02-07-1104/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning A1, A2, B1, B2. darajadagi izchillik asosida o‘quv resurslarini yaratish imkoni kengaytirilgan;
o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishni takomillashtirishni baholash mezonlari Hind - Yevropa tillari vakillarini alohida guruhda o‘qitish, Turkiy xalqlarda umumiy tasavvurlar va grammatik o‘xshashliklar mavjudligini inobatga olish hamda o‘rta darajadan boshlab barcha o‘rganuvchilarni baravar o‘qitish amaliyotini joriy etish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar YOA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” mavzusidagi grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 3 apreldagi 02-07-1104/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitish modelini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish