Azimov Xurshid Xakimovichning
tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy qoidalar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qadimgi davr Markaziy Osiyo va Xitoy munosabatlari (xitoy manbalari asosida)”, 07.00.03 – Jahon tarixi (tarix fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tar500.
Ilmiy rahbar: Xodjayev Ablat, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019.Tar.44.01.
Rasmiy opponentlar: Is’hoqov Mirsodiq, tarix fanlari doktori, professor; Ataxodjaev Azimxo‘ja, tarix fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mavjud birlamchi xitoy manbalari asosida qadimgi davr Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mil.av. 200 (ayrim adabiyotlarda mil.av. 198 y.) yildagi Xitoy va Hun o‘rtasidagi tuzilgan shartnomaning mazmuni, Xitoy saroyi bir necha marta xan malikalarini hun Tangriqutiga xotinlikka jo‘natib, undan tug‘ilgan farzandlardan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalangani, aloqalar jarayonidagi “garov” tushunchalari, hunlarga tobe hududlarni bosib olib, bu joylarga Xan aholisini joylashtirilishi kabi amaliy harakatlari bilan shartnoma dastlab xitoyliklar tomonidan buzilgani ochib berilgan;
Hunlarga qarshi kurashda Xan saroyining olisdagi mamlakatlar bilan do‘stlashib yaqindagi raqibga zarba berish, yovvoyilar qo‘li bilan yovvoyilarni boshqarish, mag‘lub etish va boshqa shunga o‘xshash strategiyalarning mazmuni ochib berilib, shu maqsadda Da Yuechji (Ulug‘ O‘g‘uziya / Day ruzie) davlatiga nisbatan muvaffaqiyasiz diplomatiyasi natijasida Xan saroyi asosiy e’tiborini Usun davlatidan foydalanishga qaratilganligi, bu borada ularning Usun hukmdorlari bilan “qudalashish diplomatiyasi”ni ishga solib, muvaffaqiyatlarga ega bo‘lganligi, ushbu choralar orqali ular usunlarni hunlar ta’siridan “sug‘urib” olib, xitoy malikalari orqali hokimiyatni boshqarganligi, keyinchalik esa Usun davlatini o‘zlariga butunlay “tobe” qilib, Buyuk Ipak yo‘lining shimoliy tarmog‘ini uning qo‘li bilan nazorat qila boshlaganligi ochib berilgan;
Xan imperiyasi tomonidan Markaziy Osiyoning ayrim joylarida ta’sis etilgan “Duxu” mahkamasining amaliy vazifasi va xitoy olimlarining bunga bergan baholariga ko‘ra birlamchi xitoy manbalari asosida yozilgan tadqiqotlarda mil. III - IV asrlarda Buyuk Ipak yo‘lining “Yangi shimoliy yo‘l” tarmoqlari paydo bo‘lgan degan qarash faqatgina qadimgi xitoyliklarga tegishli ekanligi, aslida ushbu tarmoq “qadimgi Xitoy uchun ochildi” deb tushunish kerakligi isbotlab berilgan; 
ikki mintaqa o‘rtasidagi savdo elchilik munosabatlarida Xitoyga eksport qilingan va ushbu mamlakatdan olib ketilgan buyumlar, mahsulotlar turlari aniqlanib, Xan davlati hukmdorlari Markaziy Osiyo mamlakatlaridan elchilar orqali keltirilgan sovg‘alarni “shyangung”, “jingung” (“taqdim etilgan o‘lpon”, “olib kelingan o‘lpon”), sovg‘alar evaziga qaytarilgan narsalarni “si” (imperator in’omi, hadyasi) yoki “shang si” (imperator marhamati, iltifoti, mukofoti) deb qaraganlari dalillangan;
Qadimgi xitoy manbalarida Markaziy Osiyodan Xitoyga borgan elchilarning (rohiblardan tashqari) ismlari qayd etilmaganligi, Budda dini Xitoyga mil. av. II-I asrlardan boshlab tarqalganligi, oddiy odamlar orasida e’tiqod qilish mil. I asrning o‘rtalaridan boshlanganligi, bu jarayonda qang‘lik va kushonliklarning hissasi katta bo‘lganligi asoslab berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qadimgi davr Markaziy Osiyo va Xitoy munosabatlari (xitoy manbalari asosida) mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot jarayonida erishilgan ilmiy xulosalar va natijalar asosida:
mil.av. 200 (ayrim adabiyotlarda mil.av. 198 y.) yildagi Xitoy va Hun o‘rtasidagi tuzilgan shartnomaning mazmuni, Xitoy saroyi bir necha marta xan malikalarini hun Tangriqutiga xotinlikka jo‘natib, undan tug‘ilgan farzandlardan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalangani, aloqalar jarayonidagi “garov” tushunchalari, hunlarga tobe hududlarni bosib olib, bu joylarga Xan aholisini joylashtirilishi kabi amaliy harakatlari bilan shartnoma dastlab xitoyliklar tomonidan buzilgani hamda Hunlarga qarshi kurashda Xan saroyining olisdagi mamlakatlar bilan do‘stlashib yaqindagi raqibga zarba berish, yovvoyilar qo‘li bilan yovvoyilarni boshqarish, mag‘lub etish va boshqa shunga o‘xshash strategiyalarning mazmuni ochib berilib, shu maqsadda Da Yuechji (Ulug‘ O‘g‘uziya / Day ruzie) davlatiga nisbatan muvaffaqiyasiz diplomatiyasi natijasida Xan saroyi asosiy e’tiborini Usun davlatidan foydalanishga qaratilganligi, bu borada ularning Usun hukmdorlari bilan “qudalashish diplomatiyasi”ni ishga solib, muvaffaqiyatlarga ega bo‘lganligi, ushbu choralar orqali ular usunlarni hunlar ta’siridan “sug‘urib” olib, xitoy malikalari orqali hokimiyatni boshqarganligi, keyinchalik esa Usun davlatini o‘zlariga butunlay “tobe” qilib, Buyuk Ipak yo‘lining shimoliy tarmog‘ini uning qo‘li bilan nazorat qila boshlaganligi ochib berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanali “O‘zbekiston tarixini o‘rganishda xitoy manbalarining o‘rni”, “Tarixda savdo-iqtisodiy munosabatlar: tahlillar va natijalar” mavzusidagi ko‘rsatuvlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali DUKning 2019-yil 25-noyabrdagi 02-Yo-2444-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlarning ilmiy saviyasi oshishiga hissa qo‘shgan.
Xan imperiyasi tomonidan Markaziy Osiyoning ayrim joylarida ta’sis etilgan “Duxu” mahkamasining amaliy vazifasi va xitoy olimlarining bunga bergan baholariga ko‘ra birlamchi xitoy manbalari asosida yozilgan tadqiqotlarda mil. III - IV asrlarda Buyuk Ipak yo‘lining “Yangi shimoliy yo‘l” tarmoqlari paydo bo‘lgan degan qarash faqatgina qadimgi xitoyliklarga tegishli ekanligi, aslida ushbu tarmoq “qadimgi Xitoy uchun ochildi” deb tushunish kerakligi isbotlab berilganligi, ikki mintaqa o‘rtasidagi savdo elchilik munosabatlarida Xitoyga eksport qilingan va ushbu mamlakatdan olib ketilgan buyumlar, mahsulotlar turlari aniqlanib, Xan davlati hukmdorlari Markaziy Osiyo mamlakatlaridan elchilar orqali keltirilgan sovg‘alarni “shyangung”, “jingung” (“taqdim etilgan o‘lpon”, “olib kelingan o‘lpon”), sovg‘alar evaziga qaytarilgan narsalarni “si” (imperator in’omi, hadyasi) yoki “shang si” (imperator marhamati, iltifoti, mukofoti) deb qaraganlari dalillanganligi, Qadimgi xitoy manbalarida Markaziy Osiyodan Xitoyga borgan elchilarning (rohiblardan tashqari) ismlari qayd etilmaganligi, Budda dini Xitoyga mil. av. II-I asrlardan boshlab tarqalganligi, oddiy odamlar orasida e’tiqod qilish mil. I asrning o‘rtalaridan boshlanganligi, bu jarayonda qang‘lik va kushonliklarning hissasi katta bo‘lganligi asoslab berilganligi haqidagi ma’lumotlardan 2021-2022-yillarda tayyorlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashining 2021-yil 27-apreldagi 11-RA 2/1-1015 “O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida do‘stona aloqalarning rivojlanishi tarixi” mavzuidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021-yil 20-dekabr 3/1255-3537-son ma’lumotnomasi). Mazkur ma’lumotlar yozilayotgan kitobning ilmiy saviyasini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish