Bekqulov Qudrat Shaydulloyevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Chizma geometriya va analitik geometriya fanlari integratsiyasi asosida o‘qitish samaradorligini oshirish metodikasini takomillashtirish (mustaqil ta’lim misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chizmachilik) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3096.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Qorayev Samaridin Barakayevich, pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pegadogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Kurbaniyazova Zamira Kalbayevna, pedagogika fanlari doktori; Dilshodbekov Shaxboz Dilshodbek o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi chizma geometriya va analitik geometriya fanlari integratsiyasi asosida o‘qitish samaradorligini oshirish metodikasini talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish orqali takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ishining ilmiy yangiligi: 
oliy ta’limda integrativ o‘qitishning didatik imkoniyatlari talabalarning akademik faoliyatiga mustaqil ta’limning amaliy yo‘nalgan tahlil, tanlov va tezkor tatbiq kabi tamoyillarini fan va ishlab chiqarish integrasiyasi muhitida tizimli ta’sirda optimallashtirsh asosida aniqlashtirilgan; 
metodik monitoring vositasida talabalar amaliy faoliyatini boshqarish modeli mustaqil ta’limning differensial o‘quv topshiriqlarini nazariy o‘zlashtirishdan assotsiativ mushohadagacha bosqichda tizimli takrorlash intervalida maqbullashtirish asosida takomillashtirilgan; 
chizma geometriya va analitik geometriya fanlarining integratsiyasi asosida mustaqil ta’limni tashkil etishning shart-sharoitlari talabalarning o‘zlashtirish muammolarini tezkor diagnostika qilish usullarini amaliy faoliyatni modellashtirish jarayonida qayta aloqali pedagogik dizaynda adaptivlashtirish asosida aniqlashtirilgan; 


fanlar integratsiyasi asosida o‘qitish samaradorligini baholashning refleksiv mezonlari talabalarda kasbiy kompetensiyalarni uyg‘unlikda korreksiyalashga yo‘naltirilgan texnik-grafikli topshiriqlarni ijodiy-motivatsion muhitda amaliy kombinatsiyalarda qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chizma geometriya va analitik geometriya fanlari integratsiyasi asosida o‘qitish samaradorligini oshirish mexanizmlari rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida: 
oliy ta’limda integrativ o‘qitishning didatik imkoniyatlari talabalarning akademik faoliyatiga mustaqil ta’limning amaliy yo‘nalgan tahlil, tanlov va tezkor tatbiq kabi tamoyillarini fan va ishlab chiqarish integrasiyasi muhitida optimallashtitirshga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Chizma geometriya” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-654 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchilarining muhandislikka doir kompetensiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
metodik monitoring vositasida talabalar amaliy faoliyatini boshqarish modeli mustaqil ta’limning differensial o‘quv topshiriqlarini nazariy o‘zlashtirishdan assosiativ mushohadagacha bosqichda tizimli takrorlash intervalida maqbullashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Chizma geometriya” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-654 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning grafik ishni o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
chizma geometriya va analitik geometriya fanlarining integratsiyasi asosida mustaqil ta’limni tashkil etishning shart-sharoitlari talabalarning o‘zlashtirish muammolarini tezkor diagnostika qilish usullarini amaliy faoliyatni modellashtirish jarayonida qayta aloqali pedagogik dizaynda adaptivlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Chizma geometriya fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish texnologiyasi (mustaqil ta’lim misolida)” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘i, 166-480 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish