To‘raqulova Marjona Qiyom qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining texnik ijodkorligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped1408. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik – texnologiya instituti.
Ilmiy rahbar: To‘xtaeva Zebo Sharifovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03. 
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Dilmurod G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining texnik ijodkorligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnik ijodkorlikni rivojlantirishning o‘qitish maqsadlarining o‘zgarishi, o‘quv-texnik majmualarning yangilanishi, o‘qitish tizimi va shakllarining yangi yondashuvlari kabi omillari talabalarning amaliy mashg‘ulotlar jarayonida kasbiy faoliyatga tayyorlash, texnik bilimlari konstruktorlik faoliyatiga uyg‘unlashtirish hamda xususiy texnik tamoyilini ta’lim va fan-texnika yangiliklari munosabatini tarkib toptirish asosida aniqlashtirilgan:
talabalarda texnik ijodkorlikni rivojlantirish modeli o‘quv jarayonining konseptual tashkiliy-funksional blok tarkibiga shablonli chizish, formulali o‘lchov kabi talabalarda kreativ fikrlash, teskari qaror qabul qilish ko‘nikmalarni ko‘zda tutuvchi mutaxassislikga oid o‘quv topshiriqlarini modellashtirish to‘garaklari mazmuniga erkin tanlov muhitida kiritish orqali takomillashtirilgan;
texnik ijodkorligini rivojlantirish metodikasi muammoli ta’limga asoslangan “Critical thinking development technology”, “Fikrlarning shiddatli hujumi”, “Classic couple strategy” Paradokslar metodi kabi talabalarda texnik motivatsiyani kasbiy-amaliy yo‘nalganlikda shakllantiruvchi interfaol usullarni qayta aloqali munosabatda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarda texnik ijodkorlikni rivojlantirish didaktik ta’minoti sanoati texnologiyasiga oid izohli-texnik lug‘at, “Technical creativity center” mobil ilovani qo‘llash, texnik ijodkorlikni baholashning reproduktiv, ijodiy-izlanish, creativ-project, faoliyatli-leadership mezonlari ijodiy bosqichlarda samarali qo‘llashga imkon beruvchi texnik sxemalar, o‘lchov keyslari bilan integrativligini ta’minlash orqali boyitilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida iqtidorli talabalarning texnik ijodkorligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida: 
texnik ijodkorlikni rivojlantirishning o‘qitish maqsadlarining o‘zgarishi, o‘quv-texnik majmualarning yangilanishi, o‘qitish tizimi va shakllarining yangi yondashuvlari kabi omillari talabalarning amaliy mashg‘ulotlar jarayonida kasbiy faoliyatga tayyorlash, texnik bilimlari konstruktorlik faoliyatiga uyg‘unlashtirishga oid tavsiyalar “Neft va gazkimyo sanoati texnologiyasiga oid izohli-texnik lug‘at” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (OO‘MTV ning 2022-yil 9-sentabrdagi 392-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan o‘quv adabiyoti guvohnomasi). Natijada talabalarda xususiy texnik tamoyillari, fan-texnika yangiliklari ta’lim tizimidagi munosabatni tarkib toptirish imkoniyati yaratilgan; 
talabalarda texnik ijodkorlikni rivojlantirish modeli o‘quv jarayonining konseptual tashkiliy-funksional blok tarkibiga shablonli chizish, formulali o‘lchov kabi talabalarda kreativ fikrlash, teskari qaror qabul qilish ko‘nikmalarni ko‘zda tutuvchi mutaxassislikga oid o‘quv topshiriqlarini modellashtirish to‘garaklari mazmuniga erkin tanlov muhitida kiritishga oid tadqiqot g‘oyalaridan “Erasmus+ dasturining “610170-EPP-1-2019-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP ELBA: Markaziy Osiyoda katta hajmli ma’lumotlarning intellektual tahlili bo‘yicha o‘quv va ilmiy markazlarni tashkil qilish va kurslarni ishlab chiqish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Buxoro muhandislik texnologiyalar institutining 2022 yil 15 sentyabrdagi 02.02-87-903-son ma’lumotnomasi) Natijada talabalarning texnik ijodkorlikni shakllantirish metodikasi takomillashgan; 
texnik ijodkorligini rivojlantirish metodikasi muammoli ta’limga asoslangan “Critical thinking development technology”, “Fikrlarning shiddatli hujumi”, “Classic couple strategy”, Paradokslar metodi kabi talabalarda kasbiy-amaliy yo‘nalganlikda shakllantiruvchi interfaol usullarni qayta aloqali munosabatda qo‘llashga doir taklif va tavsiyalari “Neft va gazkimyo sanoati texnologiyasiga oid izohli-texnik lug‘at” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (OO‘MTVning 2022-yil 9-sentabrdagi 392-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan o‘quv adabiyoti guvohnomasi). Mazkur dasturiy ta’minot va elektron qo‘llanmalar talabalarning texnik ijodkorligini rivojlantirish motivini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish