Sanoyeva Gulbar Rizoqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’limda fleshmoblardan foydalanish texnologiyasi (ingliz tili o‘quv mashg‘ulotlari misolida)”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3441.
Ilmiy rahbar: Abdullayeva Shahzoda Abdullayevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jumaboyeva Jamila Sharipovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limdagi fleshmoblardan foydalanishning texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’limda fleshmoblardan foydalanish texnologiyasi suhbatdoshining fikrlarini tinglashga ustuvorlik berish, mohiyatini anglash, saralash va ingliz tilida shaxsiy pozisiyasini konstruktiv interpritatsiya qila olish ko‘nikmalarini oshirish samaradorligini ta’lim maqsadlariga transformatsiyalash asosida aniqlangan;
oliy ta’limda fleshmoblardan foydalanish samaradorligi talabalarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning gnostik imkoniiyatlari, raqamli texnologiyalaridan foydalanish motivlari va verbal muloqot davomiyligini dinamik ravishda oshirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’limda fleshmoblardan foydalanish modeli ingliz tili mashg‘ulotlarida axborotlarni jadal tarzda taqdim qilish, ijodiy-rivojlantiruvchi muhitni yaratish, yangi bilimlarga qiziqishni orttirish hamda talaba shaxsiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi, endoterik va ekzoterik motivlarni aniqlash asosida takomillashtirilgan;
fleshmoblardan foydalanish texnologiyasini rivojlantirish mezonlari o‘zlashtirilgan bilimlarni hayotiy vaziyatlarga samarali qo‘llash, fanlararo qisqa va uzoq muddatdagi fleshmoblarga shaxsiy qadriyatli faoliyat algoritmini intensiv kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limdagi ingliz tili o‘quv mashg‘ulotlarida fleshmoblardan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
oliy ta’limda fleshmoblardan foydalanish texnologiyasi suhbatdoshining fikrlarini tinglashga ustuvorlik berish, mohiyatini anglash, saralash va ingliz tilida shaxsiy pozisiyasini konstruktiv interpritatsiya qila olish ko‘nikmalarini oshirish samaradorligini ta’lim maqsadlariga izchil transformatsiyalash asosida aniqlashga oid takliflar Samarqand davlat chet tillari institutida bajarilgan OT-Atex-2018-519 raqamli “Kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslar Web ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 27-fevraldagi 02-07-710/04-raqamli dalolatnomasi). Natijada ingliz tili o‘quv mashg‘ulotlarida fleshmoblardan foydalanish texnologiyalari pedagogik imkoniyatlarini aniqlashga sharoit yaratilgan;
oliy ta’limda fleshmoblardan foydalanish samaradorligi talabalarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning gnostik imkoniiyatlari, raqamli texnologiyalaridan foydalanish motivlari va verbal muloqot davomiyligini dinamik ravishda oshirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan XTI-2015-1 raqamli “Boshlang‘ich sinflarda chet tillarni o‘qitishni jadallashtirish metodikalarini yaratish va joriy etish” loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023- yil 27- fevraldagi 02-07-710/04-raqamli dalolatnomasi). Natijada ingliz tili o‘quv mashg‘ulotlarida fleshmoblardan foydalanish modelini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
oliy ta’limda fleshmoblardan foydalanish modeli ingliz tili mashg‘ulotlarida axborotlarni jadal tarzda taqdim qilish, ijodiy-rivojlantiruvchi muhitni yaratish, yangi bilimlarga qiziqishni orttirish hamda talaba shaxsiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi, endoterik va ekzoterik motivlarni aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar Samarqand davlat chet tillari institutida bajarilgan OT-Atex-2018-519 raqamli “Kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslar Web ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 27-fevraldagi 02-07-710/04-raqamli dalolatnomasi). Natijada oliy ta’limda fleshmoblardan foydalanish texnologiyasini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
fleshmoblardan foydalanish texnologiyasini rivojlantirish mezonlari o‘zlashtirilgan bilimlarni hayotiy vaziyatlarga qo‘llay olish, fanlararo qisqa va uzoq muddatdagi fleshmoblarga shaxsiy qadriyatli faoliyat algoritmini intensiv kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan XTI-2015-1 raqamli “Boshlang‘ich sinflarda chet tillarni o‘qitishni jadallashtirish metodikalarini yaratish va joriy etish” loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 27-fevraldagi 02-07-710/04-raqamli dalolatnomasi). Natijada ingliz tili o‘quv mashg‘ulotlarida fleshmoblardan foydalanish modelini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.