Muxammadiyeva Xadicha Karomatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Boshlang‘ich ta’lim didaktikasida shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarni takomillashtirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3463.
Ilmiy rahbar: Abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatova Gulshan Amankulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich ta’lim didaktikasida o‘quvchining rivojlanishini ta’minlovchi shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich ta’lim didaktikasida shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarini takomillashtirish jarayoni pedagogik fikrlashning "mavzu-mavzu munosabatlari" o‘zgarish vaziyatlarni taqqoslash, pedagogik voqelikning tashqi tomondan yashirin xususiyatlarini ta’limiy maqsadlarga mos ravishda tahliliy-assotsiativ aniqlash hamda yosh xususiyatlarga bog‘liq jihatlarini barqaror shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar refleksiv nuqtai nazarni qaror toptirish, vitagen va sub’ektiv tajribani shakllantirish, individual va differensial ta’lim texnologiyalarining integrativ xossalarini ijodiy va rag‘batlovchi o‘quv topshiriqlar mazmuniga bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni o‘quvchining o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan “Intellektual mashqlar”, “Men va atrof”, “Sehrli so‘zlar” kabi pedagogik rivojlantiruvchi mashqlar majmuini kiritish hamda o‘zini o‘zi bilish va anglash faolligining dinamik davomiyligini prognostik baholash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim didaktikasida shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarni takomillashtirish modeli o‘quvchilarning aqliy-ijodiy va ijodkorlik-mustaqillik sifatlarini barqaror rivojlantirish, didaktik jarayonni amalga oshirishning pedagogik tamoyillarini hamda faollikning ichki motivlarini aniqlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich ta’lim didaktik jarayonlarida o‘quvchining rivojlanishini ta’minlovchi shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarni takomillashtirish asosida:
boshlang‘ich ta’lim didaktikasida shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarini takomillashtirish modeli pedagogik fikrlashning "mavzu-mavzu munosabatlari" o‘zgarish vaziyatlarni taqqoslash va tasniflash, pedagogik voqelikning tashqi tomondan yashirin xususiyatlarini ta’limiy maqsadlarga mos ravishda tahliliy-assotsiativ aniqlash hamda yosh xususiyatlapiga bog‘liq jihatlarini barqaror aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich va uzluksiz ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentabrdagi 302-son buyrug‘i asosida berilgan 302-0661-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar asosida o‘qitish imkoniyati kengaytirilgan;
boshlang‘ich ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar refleksiv nuqtai nazarni qaror toptirish, vitagen va sub’ektiv tajribani shakllantirish, individual va differensial ta’lim texnologiyalarining integrativ xossalarini ijodiy va rag‘batlovchi o‘quv topshiriqlar mazmuniga bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich va uzluksiz ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentabrdagi 302-son buyrug‘i asosida berilgan 302-0661-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual rivojlanishida duch keladigan muammo va to‘siqlarni bartaraf etish yo‘llari kengaytirilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni o‘quvchining o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan “Intellektual mashqlar”, “Men va atrof”, “Sehrli so‘zlar” kabi pedagogik rivojlantiruvchi mashqlar majmuini kiritish hamda hamda o‘zini o‘zi bilish va anglash jarayoni dinamik davomiyligini prognostik baholash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich va uzluksiz ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentabrdagi 302-son buyrug‘i asosida berilgan 302-0661-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim didaktik jarayonlarida virtual ta’limiy resurslardan foydalanish imkoniyati kengaygan;
boshlang‘ich ta’lim didaktikasida shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarni takomillashtirish modeli o‘quvchilarning aqliy-ijodiy va ijodkorlik-mustaqillik sifatlarini barqaror rivojlantirish, didaktik jarayonni amalga oshirishning pedagogik tamoyillarini qiyosiy tasniflash hamda faollikning ichki motivlarini aniqlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich va uzluksiz ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentabrdagi 302-son buyrug‘i asosida berilgan 302-0661-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada didaktik jarayonning amaliy samaradorligini oshirishga erishilgan.