Daminova Yulduz Salimovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Professional ta’limda yosh o‘qituvchilarning kasbiy moslashuvchanligini takomillashtirish tizimi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1253.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Yuzlikayev Farit Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjayev Begzod Xudoyberdiyevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xurvaliyeva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh o‘qituvchilarning professional ta’limda kasbiy moslashuvchanligini takomillashtirish tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’limda yosh o‘qituvchilar kasbiy moslashuvchanligini ta’minlashning psixologik-pedagogik xususiyatlari o‘z-o‘zini namoyon qilish, mustaqil kasbiy o‘sishga intilish jarayonlari bilan shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashuvning tashqi (situatsion) va ichki (dizpozision) determinantlari o‘rtasidagi dinamik aloqadorlikni bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
yosh o‘qituvchilarning kasbiy moslashuvshanligini rivojlantirishning pedagogik jamoadagi sog‘lom muhit, yosh o‘qituvchi va pedagog-ustozning invonparvar munosabatlarining qadriyatli yo‘nalganligiga asoslangan tashkiliy-pedagogik tizimi innovatsion faoliyat bilan bog‘liq kognitiv va psixologik to‘siqlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan mobil metodik xizmat ko‘rsatish mexanizmini kiritish asosida takomillashtirilgan;
professional ta’limda yosh o‘qituvchilarni kasbiy moslashuvchanligi barqarorligiga erishishning ijtimoiy omillari (qadriyatlar tizimi, internal va eksternal motivlar, kasbiy ahamiyatli sifatlar, akmeologik pozisiya) pragmatik pedagogika tamoyillari (shaxsga yo‘naltirilganlik, individuallik, subektivlik, plyuralizm) va pedotsentrizm g‘oyalarining (insonparvarlik, madaniy dialog, kasbiy faollikni jadallashtirish) evristik ta’lim bilan qayta aloqasini integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
yosh o‘qituvchining kasbiy moslashuvchanlik bilan bog‘liq sifatlari (pedagogik mas’uliyat, irodaviylik, innovatsion fikrlash, faoliyatni maqbul rejalashtirish, muloqotchanlik, mobillik, tolerantlik) tizimi shaxsiy va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan “Yosh pedagoglar maktabi” variativ dasturining didaktik ta’minotini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Professional ta’lim tizimida yosh o‘qituvchilarning kasbiy moslashuvchanligini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
professional ta’limda yosh o‘qituvchilar kasbiy moslashuvchanligini ta’minlashning psixologik-pedagogik xususiyatlarini o‘z-o‘zini namoyon qilish, mustaqil kasbiy o‘sishga intilish jarayonlari bilan shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashuvning tashqi va ichki determinantlari o‘rtasidagi dinamik aloqadorlikni bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirish, yosh o‘qituvchilarning kasbiy moslashuvshanligini rivojlantirishning pedagogik jamoadagi sog‘lom muhit, yosh o‘qituvchi va pedagog-ustozning invonparvar munosabatlarining qadriyatli yo‘nalganligiga asoslangan tashkiliy-pedagogik tizimini innovatsion faoliyat bilan bog‘liq kognitiv va psixologik to‘siqlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan mobil metodik xizmat ko‘rsatish mexanizmini kiritish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar Germaniyaning A&A Ausbildung und Arbeit Plus GmbH tashkiloti faoliyatiga joriy etilgan (A&A Ausbildung und Arbeit Plus GmbH tashkilotining 2022-yil 15-sentabrdagi sertifikati). Natijada, yosh o‘qituvchilarning kasbiy moslashuvchanligini ta’minlashda milliy va xorijiy tajribalarni uyg‘unlashtirishga xizmat qilgan;
professional ta’limda yosh o‘qituvchilarni kasbiy moslashuvchanligi barqarorligiga erishishning ijtimoiy omillarini pragmatik pedagogika tamoyillari va pedotsentrizm g‘oyalarining evristik ta’lim bilan qayta aloqasini integratsiyalash asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” (2012-2014-yy.) amaliy loyihasining yosh o‘qituvchilarni aksiologik faoliyatga tayyorlash mexanizmlarini ishlab chiqish qismini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 19-yanvardagi 02-07-169/04-son dalolatnomasi). Natijada, yosh o‘qituvchilarning kasbiy moslashuvchanligining aksiopedagogik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
yosh o‘qituvchining kasbiy moslashuvchanlik bilan bog‘liq sifatlari tizimini shaxsiy va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan “Yosh pedagoglar maktabi” variativ dasturining didaktik ta’minotini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga doir O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” (2012-2014-yy.) amaliy loyihasining yosh o‘qituvchilarni aksiologik faoliyatga tayyorlash mexanizmlarini ishlab chiqish qismini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 19-yanvardagi 02-07-169/04-son dalolatnomasi). Natijada, yosh o‘qituvchilarning didaktik moslashuvchanligi va innovatsion faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilgan.