Kulmuradov Dilshod Istamovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining loyihalashtirish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3131. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti. 
Ilmiy rahbar: Xakimov Jamshid Oktyamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03. 
Rasmiy opponentlar: Axmedjonov Dilmurod G‘ulomovich, texnika fanlari doktori; Raximov Zokir Toshtemirovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining loyihalashtirish kompetensiyalarini muhandislik dasturlari vositalarida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bo‘lajak muhandislarda loyihalashtirish kompetensiyalarini rivojlantirishning motivatsion qiymat, o‘zaro aloqadorlik, dasturli, refleksiv-axborotli komponentlari faoliyatga ijobiy munosabat, maqbul tanlov kabi tamoyillarning muhandislik masalalarini yechishdagi didaktik imkoniyatlariga ko‘ra aniqlangan;
bo‘lajak muhandislarning loyihalashtirish kompetensiyalarini rivojlantirish modeli talabalarning konstruktorlik-texnik ko‘nikmalarini tizimli shakllantiruvchi Solid Works, AutoCAD dasturlaridan maqsadli, asosiy, rivojlantiruvchi, monitoringli bosqichlarda grafikli-progressivlikda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning loyihalashtirish kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi avtomatlashtirilgan vizual loyihaviy topshiriqlarni interaktiv-o‘quv-texnik muhitga faraz, reja va faoliyat mutanosibligida optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda loyihalashtirish kompetensiyalarining rivojlanganligini baholash mezonlari akademik refleksiyani namoyon etishning reproduktiv, produktiv, kreativ darajalarini axborotni o‘zlashtirish, qayta ishlash va foydalanish kabi kasbiy individual shakllanish jarayoniga differensial moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak muhandislarning loyihalashtirish kompetensiyalarini muhandislik dasturlari vositasida rivojlantirish va ixtisoslik fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida: 
bo‘lajak muhandislarda loyihalashtirish kompetensiyalarini rivojlantirishning o‘zaro aloqadorlik, dasturli, axborotli komponentlari faoliyatga ijobiy munosabat, maqbul tanlov kabi tamoyillarning muhandislik masalalarini yechishdagi didaktik imroniyatlariga doir taklif va tavsiyalardan Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining “Samarqand aglomeratsiyasi uchun yo‘lovchilar oqimini aniqlash” mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihalari doirasida foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2022 yil 20 iyuldagi 01-1599/1591-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnika oliy ta’lim muassasalarida loyihaviy o‘qitish jarayonlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
loyihalashtirish kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari talabalarning konstruktorlik-texnik ko‘nikmalarini tizimli shakllantiruvchi Solid Works, AutoCAD dasturlaridan maqsadli, asosiy, rivojlantiruvchi, monitoringli bosqichlarda grafikli-progressivlikda qo‘llash asosidagi yondashuvlari “Kompyuterli loyihalash (CAD,CAM,CAE)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va O‘MTVning 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i). Natijada bo‘lajak muhandislik dasturlari vositasida loyihalashtirish kompetensiyalarini rivojlantirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ommalashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning loyihalashtirish kompetentligini rivojlantirish metodik modeli avtomatlashtirilgan vizual dizaynli topshiriqlarni interaktiv-o‘quv-texnik muhitga faraz, reja, tahlil va faoliyat mutanosibligida optimallashtirish asosidagi tavsiyalardan “Kompyuterli loyihalash (CAD, CAM, CAE)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va O‘MTVning 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i). Mazkur o‘quv-metodik ta’minot talabalarini zamonaviy axborot texnologiya vositalaridan samarali foydalanish uchun bo‘lajak transport muhandislaridan sezilarli mehnat talab qilmaydigan, har qanday zamonaviy mobil qurilmalari va web dasturlaridan yetarlicha sodda va qulay bo‘lgan bilimlarni bosqichma-bosqich rivojlantirish uchun uning didaktik imkoniyatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish