Shazamanov Shoazim Ibragimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Xitoy Xalq Respublikasidagi zamonaviy ijtimoiy - siyosiy islohotlarning konseptual asoslari», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Ss3.
Ilmiy maslahatchi: Sultanova E’tibor Siddiqovna, siyosiy fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DS/03/29.12.2022/Ss/Tar.21.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Natal`ya Ermanovna, tarix fanlari doktori, professor; Karimov Farxod Erkinovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent; Tursunmuratov Turdimurat Maxammadkulovich, siyosiy fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xitoy Xalq Respublikasidagi zamonaviy ijtimoiy - siyosiy islohotlarning konseptual asoslari va strategik vazifalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xitoy bugungi taraqqiyotiga olib kelgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarning xitoy xalqi milliy qadriyatlariga mos (uddaburonlik, jamoaviy javobgarlik, sharoitga qarab moslashuvchanlik) yangiliklarni o‘zlashtirish qobiliyati ijtimoiy konstantalar doirasida amalga oshirilayotganligi asoslangan;
XXR siyosiy strategiyasiga asoslangan zamonaviy boshqaruv va yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “2006-2020 yillar zamonaviy kadrlarni tayyorlash”, “salbiy ro‘yxat”,“minglab iste’dodlar”, “Xitoyda ishlab chiqarilgan-2025”dasturlar og‘ir sanoat, qishloq xo‘jaligi, fan va texnika sohalarini isloh etishning izchilligini ta’minlashga va global miqyosda raqobatbardoshligini oshirishga qaratilganligi bilan mamlakat milliy rivojlanishining asosi ekanligi dalillangan;
XXRda siyosiy barqarorlikni ta’minlash, rivojlangan dengiz bo‘yi shaharlarida orttirilgan ilg‘or tajribalarni mamlakatning qoloq markaziy va g‘arbiy hududlariga olib kirish, Gongkong, Aaomin va Tayvan orollarida iqtisodiy integratsiyasiga erishish siyosati orqali mamlakat salohiyatini ijtimoiy-siyosiy islohotlar bilan uyg‘unlashtirish tamoyili Xitoyga mos rivojlanishga asos bo‘layotganligi isbotlangan;
XKPning siyosiy yetakchiligida 2020-2035 yillarda modernizatsiyani amalga oshirishni yakunlash va 2035-2050 yillarda mamlakatni har tomonlama ilg‘or davlatga aylantirishga qaratilgan ikki bosqichli maqsadli rejani amalga oshirish bilan taraqqiy etgan G-7 (AQSh, Kanada, Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya) davlatlar qatoriga olib chiqish vazifasi XXRdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlar yo‘nalishini belgilayotganligi dalillangan;
hozirgi bosqichda Xitoyda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar o‘lchamlari bo‘yicha (yalpi ichki mahsulot hajmi, siyosiy, geoiqtisodiy ta’sir ko‘lamining o‘sishi, madaniy-gumanitar yuksalishi) tashqi siyosatini geografik lokal darajadan global miqyosga chiqib xalqaro (“Ipak yo‘lining iqtisodiy kamari”), (“Ipak yo‘lining dengiz kamari”) tashabbuslari asosida yuzaga kelgan “Bir belbog‘-bir yo‘l” megaloyihasini siyosiy maqom kasb etayotganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xitoy Xalq Respublikasidagi zamonaviy ijtimoiy-siyosiy islohotlarning konseptual asoslariga oid ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va takliflar asosida:
islohotlarning xitoyliklar milliy qadriyatlariga mos ijtimoiy-konstantalar doirasida amalga oshirilayotganligi bugungi Xitoy taraqqiyoti uchun muhim jihat ekanligi borasidagi ilmiy xulosalardan 2011-2015 yillarda bajarilgan F-1-140 raqamli «Sharq falsafasining axloqiy qadriyatlari va ularning O‘zbekiston ma’naviy hayotidagi o‘rni (qo‘lyozmalar tarjimasi va tahlili asosida)» mavzusidagi fundamental loyiha doirasida Sharq falsafasining axloqiy qadriyatlarini tadqiq etish metodologiyasiga oid tadqiqotlarda samarali foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 iyuldagi 89-03-2773-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Falsafa tarixi (Sharq falsafasi)” bo‘yicha materiallarning ilmiy dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan;
XXR siyosiy strategiyasiga asoslangan zamonaviy boshqaruv va yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “2006-2020 yillar zamonaviy kadrlarni tayyorlash”, “salbiy ro‘yxat”, “minglab iste’dodlar”, “Xitoyda ishlab chiqarilgan-2025” dasturlar og‘ir sanoat, qishloq xo‘jaligi, fan va texnika sohalarini isloh etish jarayonida izchilligini ta’minlash, mamlakatning global miqyosda raqobatbardoshligini oshirish mamlakat milliy rivojlanishiga asos ekanligi borasidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida axborot-tahliliy materiallar va hisobotlar tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2019 yil 24 yanvardagi 04/92-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xitoy davlatchiligining svilizatsion, madaniy-tarixiy tajribasi, jumladan, O‘zbekistondagi mavjud tendensiyalarni aniqlashga yordam bergan;
XXRda siyosiy barqarorlikni ta’minlash, rivojlangan dengiz bo‘yi shaharlarda orttirilgan ilg‘or tajribani mamlakatning qoloq markaziy va g‘arbiy hududlarga olib kirish, Gongkong, Aaomin va Tayvan orollarida iqtisodiy integratsiyasiga erishish orqali mamlakat salohiyatini ijtimoiy-siyosiy islohotlar bilan uyg‘unlashtirish tamoyili Xitoyga mos rivojlanishga asos ekanligi haqidagi xulosalardan “Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar tarixi” nomli ilmiy loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (Xitoyning Lanjou shahri davlat universitetining ma’lumotnomasi). Natijada, Markaziy Osiyo va Xitoy munosabatlari haqidagi fikr-mulohazalar monografiyani ilmiy dalillar bilan boyitishga xizmat qilgan;
XKPning siyosiy yetakchiligida 2020-2035 yillarda modernizatsiyani amalga oshirishni yakunlash va 2035-2050 yillarda mamlakatni har tomonlama ilg‘or davlatga aylantirishga qaratilgan ikki bosqichli maqsadli rejani amalga oshirish bilan taraqqiy etgan G-7 (AQSh, Kanada, Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya) davlatlar qatoriga olib chiqish vazifasi XXRdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlar yo‘nalishini belgilayotganligi borasidagi ilmiy xulosalardan “Konfusiy nomidagi o‘zbek-xitoy instituti”da o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy xalqaro ilmiy anjumanlarda, xitoyshunos professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishni tashkil etishda foydalanilgan (Konfusiy nomidagi o‘zbek-xitoy institutining 2019 yil 5 iyuldagi 153/19-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy tadqiqotlarda XXRning islohotlar strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi va XXR munosabatlari keng tahlil qilinib, ular tegishli xulosalar chiqarishga yordam bergan;
hozirgi bosqichda Xitoyda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar o‘lchamlari bo‘yicha (yalpi ichki mahsulot hajmi, siyosiy geoiqtisodiy ta’sir ko‘lamining o‘sishi, madaniy-gumanitar yuksalishi) tashqi siyosati geografik lokal chegarasidan chiqib xalqaro (“Ipak yo‘lining iqtisodiy kamari”), (“Ipak yo‘lining dengiz kamari”) tashabbusilari asosida yuzaga kelgan “Bir belbog‘-bir yo‘l” megaloyihasini siyosiy maqom kasb etayotganligi borasidagi ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston teleradiokanali”da O‘zbekiston va Xitoy hamkorligiga bag‘ishlangan eshittirishlar va dasturlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2019 yil 7 iyundagi 1-114-conli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlar xalqimizga xitoy tarixi, madaniyati va bugungi keng ko‘lamli islohotlar pallasida qo‘lga kiritayotgan yutuqlari bilan tanishish, qiyoslash, tasavvur va ilmiy tushunchalarga ega bo‘lish imkoniyatlarini bergan.