Razzoqov Nurmuhammadxon Sayidmaxsud o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi,ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘ nomi):“Katta oraliqli fazoviy qobiq konstruksiyalar qo‘llanilgan noyob binolarning montaj jarayoni e’tiborga olingan kuchlanish deformatsiyalanish holatlari”, 05.09.01- Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2022.1. PhD /T2724.
Ilmiy rahbar: Sayfiddinov Sadriddin , texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent arxitektura qurilish universiteti”.
Toshkent arxitektura qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Xodjayev Abbas Agzamovich; tehnika fanlari nomzodi dotsent Berdiev Obloqul Boboqulovich.
Yetakchi tashkilot : “O‘ZOG‘IRSANOATLOYIHA”AJ
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga bog‘liq.
II.Tadqiqotning maqsadi:Qobiqlarlarni montaj elementlari yiriklashtirilgan usul bilan siyrak tayanchli havozali usullarini kombinatsiya qilib, katta oraliqli noyob binolar uchun samarali konstruktiv yechimlarni hamda montaj va tayanchlardan xoli qilish bosqichlarida qobiqlarning kuchlanish-deformatsiyalanish holatini tadqiq qilish, hisob va qurishning qulay usullarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
katta oraliqli noyob binolarni xavoza tayanchli va elementlarini yiriklashtirish montaj usullarini kombinatsiya qilishga kuchlanish-deformatsiya holatining o‘zgarishlarini inobatga oluvchi yangi samarali konstruktiv yechimi ishlab chiqilgan; 
qobiqlarni montaj va tayanchlardan xoli qilishning kuchlanish-deformatsiya holatining o‘zgarishlarini inobatga oluvchi samarali usul eksperemental aniqlangan; 
qobiqning yiriklashtirilgan 3x18 m montaj elementining ishi har xil yuklash va tortqisini rostlash jarayonida eksperemintal tadqiq qilingan qobiqlarning montaj jarayonida uning kuchlanish-deformatsiyalanish holatini o‘zgaruvchanligi e’tiborga oluvchi xavfsizligini ta’minlovchi momentli nazariyaga asoslangan hisob usuli ishlab chiqilgan; 
katta oraliqli noyob binolarda qo‘lanilgan qobiqlarning kontur zonasini va 3x6 m unifikatsiyalashgan silindirik panellarini konstruksiyalash va qurish bo‘yicha kontur zonasining kuchlanganlik holatini yaxshilashga olib keluvchi taranglashtirilgan armaturalarni qo‘lla’h taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Katta oraliqli fazoviy qobiq konstruksiyalar qo‘llanilgan noyob binolarning montaj jarayonini e’tiborga olingan natijalar asosida:
96x96 m tajribaviy noyob binoni loyihalash uchun qo‘lanilanganda har bir qurilajak obektlarning qurilish-montaj ishlari hajmiga bog‘liq holda iqtisodiy samaradorligi yassi tipik konstruksiyalarni qo‘llashga, nisbatan arzon konstruksiyalari bilan ta’minlashga erishilgan; O‘zog‘irsanoatloyiha AJ ga joriy etildi, (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 19-dekabrdagi 08-06/14056-sonli ma’lumotnomasi). Natijada hozirda mavjud fazoviy qobiq tizimlarni montaj qilish texnologiyasiga nisbatan arzon konstruksiyalari yaratilgan;
 mavjud fazoviy qobiq tizimlarni montaj qilish texnologiyasini qo‘llash natijasida materiallar sarfi 25-41% ga, kamaytirildi “O‘zshaharsozlik” LITI” Davlat unitar korxonasiga joriy etildi, (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 19-dekabrdagi 08-06/14056-sonli ma’lumotnomasi). Natijada hozirda mavjud qobiq tizimlarni montaj qilish texnologiyasiga nisbatan mehnat sarfini 26-33% ga, montaj uskunalar og‘irligini 2,25-2,4 marta, konstruksiyalarning tan narxini 20-30% ga kamayishga erishilgan;
Dissertatsiya bo‘yicha olingan ilmiy - amaliy tadqiqotlari natijalari Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti bakalaviryat va magistratura ta’lim yo‘nalishlarida mutahasisilk fanlarini o‘tishda, BMI va magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlashda o‘quv jarayonlariga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 19-dekabrdagi 08-06/14056-sonli ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy raqobotbardosh muhandis-quruvchilarni, loyihachi-konstruktorlarni tayyorlash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish