Taxirova Nargisa Baxriddinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ammoniy nitrati, sulfati, dolomit va fosfogips asosida murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasi», 02.00.13 ‒ Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.RhD/T1783.
Ilmiy rahbar: Xudoyberdiyev Fazlidin Isroilovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, PhD.17/30.07.2022.T.06.03.
Rasmiy opponentlar: Umirov Farhod Ergashovich, texnika fanlari doktori, professor; Alimov Umarbek Kadirbergenovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: ammiakli selitra suyuqlanmasi, dolomit minerali, ammoniy sulfati va fosfogips asosida murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli kon dolomit minerallari va ekstraksion fosfor kislotasi ishlab chiqarishi chiqindisi bo‘lgan FGning fizik-mexanik xossalarini aniqlash asosida ularni selitraga modifikator sifatida qo‘llashga yaroqliligi isbotlangan;
AS suyuqlanmasiga dolomit mineralini 100:3 dan 100:45 og‘irlik nisbatigacha va (NH4)2SO4 hamda FGni dolomit-nitratli aralashma umumiy massasining 3 dan 10% gacha miqdorida qo‘shish OAS donalari mustahkamligini 2-8 barobarga oshirishi va yopishqoqligini 2-4 barobargacha kamaytirishi aniqlangan;
AS suyuqlanmasida dolomit mineralining parchalanishi natijasida dolomitning karbonatsizlanishi isbotlangan;
DM, (NH4)2SO4 hamda FG ishtirokida ASning parchalanish temperaturasi 211°S dan 262,7°S gacha oshganligi aniqlangan;
AS suyuqlanmasi, DM, (NH4)2SO4 va FG asosida OAS olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
AS suyuqlanmasi, DM, (NH4)2SO4 va FG asosida murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
(NH4)2SO4 qo‘shimchali OAS olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning “2022-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2022 yil 7 sentyabrdagi 196-son ma’lumotnomasi). Natijada, eksportga mo‘ljallangan ohakli-ammiakli selitra ishlab chiqarishini tashkil etish imkoniyatini yaratadi;
AS suyuqlanmasi, DM va FG asosida fosfogipsli OAS olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning “2022-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2022 yil 7 sentyabrdagi 196-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Ammofos-Maxam» AJ hududida 100 mln. tonnadan ortiq to‘planib qolgan fosfogipsni suvda eruvchan oltingugurtli OASga aylantirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish