Kenjaev Mehriddin G‘iyozovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Banklarning aktiv operatsiyalari bilan bog‘liq risklar va ularni minimallashtirish », 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt961.
Ilmiy rahbar: Alimardonov Ilxom Muzrabshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining aktiv operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan risklarni minimallashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
operatsion risklarni boshqarishning uchta himoya chizig‘idan foydalanish orqali ularni minimallashtirishning 2026 yilgacha prognozi ishlab ishlab chiqildi hamda bank yalpi daromadini oshirish tavsiya etilgan;
kredit riskini boshqarishning kompleks tizimini muhim elementi sifatida kredit portfelining tarkibini boshqarishda tasniflangan aktivlar bo‘yicha maxsus zaxiralar hajmining kamayishi hisobiga standart aktivlarga yaratiladigan zahiralar hajmini ko‘payishi bank faoliyatida katta ijobiy ahamiyatga ega ekanligi amaliy jihatdan asoslangan;
foizli daromadlarning yalpi daromadlar hajmidagi salmog‘ini 65 foizgacha bo‘lishini chegaralash orqali riskli aktivlarning daromadlilik barqarorligini ta’minlash asoslangan;
tijorat banklarida pul shaklidagi yuqori likvidli aktivlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘i 10 foizdan kam bo‘lmasligi ijobiy holat sifatida baholash taklif etilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan risklarni minimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
tijorat banklarining har bir funksional bo‘linmasini operatsion riskka ta’sirchanligini baholash imkonini beradigan mezonlarni ishlab chiqish orqali operatsion risk darajasini pasaytirish taklifi AT “Aloqabank” amaliyotiga joriy qilingan (AT “Aloqabank”ning 2020 yil 16 iyuldagi 27-09/2492-sonli ma’lumotnomasi).
Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida Aloqabank yalpi daromadining operatsion risk summasiga nisbatan darajasi 2019 yilda 2018 yilga nisbatan 3,3 foizli punktiga oshgan;
kredit riskini boshqarishning kompleks tizimining muhim elementi sifatida kredit portfelining tarkibini boshqarishning samarali tizimini yaratish taklifi AT “Aloqabank” amaliyotiga joriy qilingan (AT “Aloqabank”ning 2020 yil 16 iyuldagi 27-09/2492-sonli ma’lumotnomasi).
Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida 2019 yilda 2018 yilga nisbatan AT “Aloqabank”da standart kreditlarning tasniflangan kreditlarning umumiy hajmidagi salmog‘i 0,1 foizli punktga oshgani holda, 1 so‘mlik kredit quyilmasiga to‘g‘ri keladigan daromad darajasi 4,9 foizli punktga oshgan;
tijorat banklarining aktiv operatsiyalardan ko‘riladigan zararlarni qoplash imkoniyatini oshirish uchun foizli daromadlarning yalpi daromadlar hajmidagi salmog‘ini oshirish va yalpi daromadning o‘sish sur’ati bilan brutto aktivlarning o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash taklifi AT “Qishloq qurilish bank” amaliyotiga joriy qilingan (AT “Qishloq qurilish bank”ning 2020 yil 11 sentyabrdagi 05/31-21-6517-sonli ma’lumotnomasi).
Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida Qishloq qurilish bankda 2019 yilda 2018 yilga nisbatan 4,8 foizli punktga oshdi, yalpi daromadning o‘sish sur’ati brutto aktivlarning o‘sish sur’atidan 18,6 foizli punktga yuqori bo‘lgan;
tijorat banklarida pul shaklidagi yuqori likvidli aktivlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘i bilan mijozlarlar va banklardan jalb qilingan resurslarning passivlar hajmidagi salmog‘i o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash taklifi AT “Qishloq qurilish bank” amaliyotiga joriy qilingan (AT “Qishloq qurilish bank”ning 2020 yil 11 sentyabrdagi 05/31-21-6517-sonli ma’lumotnomasi).
Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida 2019 yilda 2018 yilga nisbatan AT “Qishloq qurilish bank”da pul shaklidagi yuqori likvidli aktivlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘i 1,5 foizli punktga pasaygani holda, mijozlardan va banklardan jalb qilingan resurslarning passivlar hajmidagi salmog‘i 2,4 foizli punktga oshgan holda ijobiy natijaga erishilgan.