Ibodullaev Shohboz To‘lqin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarining investision jozibadorligini ta’minlash yo‘llari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.I.PhD.Iqt2001. 
Ilmiy rahbar: Karimov Norboy Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dodiev Fozil Utkurovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklarining investision jozibadorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari passivlari hajmida emission daromad va muddatli depozitlarning salmog‘ini oshirish orqali ularning to‘lovga qobilligini oshirish maqsadida muddatli depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ini 4,6 foizli punktga oshirishning zarurligi asoslangan; 
banklarda transaksion depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ini 4,6 foizli pasayishini ta’minlagan holda, standart kreditlarning tasniflangan kreditlarning umumiy hajmidagi salmog‘i 5,1 foizli punktga oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
tijorat banklarida kreditlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘ining o‘zgarishi bilan regulyativ kapitalning brutto passivlar hajmidagi salmog‘ining o‘zgarishi o‘rtasidagi mutanosiblik ta’minlangani holda, yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalar hajmini 3,7 martaga oshirish imkoniyatining mavjudligi asoslangan;
tijorat banklarida kreditlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘ining o‘zgarishi bilan regulyativ kapitalning brutto passivlar hajmidagi salmog‘ining o‘zgarishi o‘rtasidagi mutanosiblik ta’minlangani holda, yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalar hajmini 3,7 martaga oshirish imkoniyatining mavjudligi asoslab berilgan;
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarining investision jozibadorligini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari passivlari hajmida emission daromad va muddatli depozitlarning salmog‘ini oshirish orqali ularning to‘lovga qobilligini oshirish maqsadida muddatli depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ini oshirish taklifidan «Asakabank» AJning 2022 yilga mo‘ljallangan Biznes-rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Asakabank»ning 2022 yil 25 oktyabrdagi 04-08/1-son ma’lumotnomasi). Natijada Asakabankda 2021 yilda 2020 yilga nisbatan muddatli depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘i 4,6 foizli punktga oshgan; 
banklarda transaksion depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ini pasaytirish va standart kreditlarning tasniflangan kreditlarning umumiy hajmidagi salmog‘ini oshirish orqali banklarning investision jozibadorligini oshirish taklifidan “Asakabank” AJning 2022 yilga mo‘ljallangan Biznes-rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Asakabank»ning 2022 yil 25 oktyabrdagi 
04-08/1-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, Asakabankda 2021 yilda 2020 yilga nisbatan transaksion depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘i 4,6 foizli pasaygani holda, standart kreditlarning tasniflangan kreditlarning umumiy hajmidagi salmog‘i 5,1 foizli punktga oshgan;
tijorat banklarida kreditlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘ining o‘zgarishi bilan regulyativ kapitalning brutto passivlar hajmidagi salmog‘ining o‘zgarishi o‘rtasidagi mutanosiblik ta’minlagan holda, yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalar hajmini oshirish taklifidan “Asakabank” AJning 2022 yilga mo‘ljallangan Biznes-rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan 
(AT «Asakabank»ning 2022 yil 25 oktyabrdagi 04-08/1-son ma’lumotnomasi). Natijada 2021 yilda Asakabankda kreditlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘ining o‘zgarishi bilan regulyativ kapitalning brutto passivlar hajmidagi salmog‘ining o‘zgarishi o‘rtasidagi mutanosiblik ta’minlangani holda, yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalar hajmi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 3,7 martaga oshgan; Mazkur taklifdan «O‘zMilliybank» AJning 2022 yilga mo‘ljallangan Biznes-rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (TIF Milliy bankining 2022 yil 16 sentyabrdagi 17/2-988- son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 2021 yilda TIF Milliy bankida kreditlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘ining o‘zgarishi bilan regulyativ kapitalning brutto passivlar hajmidagi salmog‘ining o‘zgarishi o‘rtasidagi mutanosiblik ta’minlangani holda, yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalar hajmi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 2,4 martaga oshgan;
tijorat banklarida kreditlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘ining o‘zgarishi bilan regulyativ kapitalning brutto passivlar hajmidagi salmog‘ining o‘zgarishi o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlagan holda, yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalar hajmini oshirish taklifidan “Asakabank” AJning 
2022 yilga mo‘ljallangan Biznes-rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Asakabank»ning 2022 yil 25 oktyabrdagi 04-08/1- son ma’lumotnomasi). Natijada Asakabankda 2021 yilda 2020 yilga nisbatan kreditlardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalarining brutto aktivlarga nisbatan darajasi 0,7 foizli punktga pasaygani holda, yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalardan olingan foizli daromadlar miqdori mazkur davrda 77,6 foizga oshgan; Ushbu taklif «O‘zMilliybank» AJ amaliyotiga joriy etilgan (TIF Milliy bankining 2022 yil 16 sentyabrdagi 17/2-988- son ma’lumotnomasi). Buning natijasida TIF Milliy bankida 2021 yilda yalpi daromad bilan daromad keltiradigan aktivlarning o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi mutanosiblik ta’minlangani holda, qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalar hajmi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 1,6 foizga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish