Qurbonova Mohigul Shoniyozovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarda musiqani badiiy his etish orqali ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish (Boshlang‘ich ta’limning 1-, 2- sinflari misolida)”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4137.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Kamolov Iftixor Baxtiyorovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Urazova Marina Batirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqani badiiy idrok etishi orqali ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarning ijodiy qobiliyatlari va estetik fazilatlarini shakllantirish jarayonining motivatsion, kognitiv, ijodiy bosqichlari zamonaviy va xalq og‘zaki ijodi janrlarining ishontirish, stimulyasiyalash, variatsiyalash kabi pedagogik ta’sir usullari natijasida qayta aloqaga kirishuvini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan; 
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning xalq og‘zaki ijodi vositalari orqali badiiy-estetik fazilatlarni shakllantirishning psixologik, fiziologik va ma’naviy rivojlantirish kabi pedagogik imkoniyatlari milliy xalq musiqasining uyg‘un hissiy darajasi asosida takomillashtirilgan;
kichik maktab yoshi o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini xalq og‘zaki ijodi orqali rivojlantirish modelining strategik bloki musiqa tinglash, kuylash, ritmik harakatlar, cholg‘uchilik kabi belgilovchi mezonlarni xalq musiqasining ta’limiy imkoniyatlari bilan integratsiyalash asosida boyitilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqani badiiy idrok etish orqali ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi xalq pedagogikasi bilan o‘zaro uyg‘unlikda musiqiy o‘quv materiallarini o‘zlashtirishdagi emotsional, psixologik va kommunikativ to‘siqlarni improvizatsiya mashqlari, musiqiy-ta’limiy o‘yinlar orqali bartaraf etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarda musiqani badiiy his etish orqali ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish (Boshlang‘ich ta’limning 1-, 2- sinflari misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarning ijodiy qobiliyatlari va estetik fazilatlarini shakllantirish jarayonining motivatsion, kognitiv, ijodiy bosqichlari zamonaviy va xalq og‘zaki ijodi janrlarining ishontirish, stimulyasiyalash, variatsiyalash kabi pedagogik ta’sir usullari natijasida qayta aloqaga kirishuvini hisobga olish asosida aniqlashtirilganligiga doir takliflardan “Vokal ijrochiligi” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 12-yanvardagi 1186-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, guvohnoma №1186-084). Natijada “Vokal va zamonaviy musiqa” turkumiga kiruvchi o‘quv predmetlaridan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o‘quv dasturlarini amaliyotga tatbiq etish samaradorligini oshirishga erishilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqani badiiy idrok etish orqali ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi xalq pedagogikasi bilan o‘zaro uyg‘unlikda musiqiy o‘quv materiallarini o‘zlashtirishdagi emotsional, psixologik va kommunikativ to‘siqlarni improvizatsiya mashqlari, musiqiy-ta’limiy o‘yinlar orqali bartaraf etishga doir takliflardan “Vokal (estrada qo‘shiqlari) o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 18-yanvardagi 070-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, guvohnoma №070 -110). Natijada umumiy o‘rta talim maktablari boshlang‘ich sinf “Musiqa madaniyati” fani o‘qituvchilari, to‘garak rahbarlari faoliyatida musiqiy-ta’limiy o‘yinlar orqali o‘quv dasturlarini amaliyotga tatbiq etish samaradorligini oshirishga erishilgan; 
kichik maktab yoshi o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini xalq og‘zaki ijodi orqali rivojlantirish modelining strategik bloki musiqa tinglash, kuylash, ritmik harakatlar, cholg‘uchilik kabi belgilovchi mezonlarni xalq musiqasining ta’limiy imkoniyatlari bilan integratsiyalash asosida boyitilgan taklif va tavsiyalardan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligini tadqiq etish” (2017-2020-yy.) mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021-yil 18-oktabrdagi 290/1 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada kichik maktab yoshidagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini xalq og‘zaki ijodi orqali rivojlantirish, milliy xalq musiqasi yordamida integrativ muloqotni ta’minlash yuzaga kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish