Ochilov Akmal Eshtemirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘quv vazifalarini darajali differensial yondashuv asosida taqdim etish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3611.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Nurullayeva Shaxlo Uktamovna, pedagogika fanlari doktori, (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Urazova Marina Batirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi darajali differensial yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bilish faoliyatini faollashtirishning ilmiy-pedagogik asoslarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 boshlang‘ich ta’lm jarayoniga differensial yondashuv tushunchasining genezisi darajali (ichki) va profil (tashqi) differensiallashning yuzaga kelishiga ko‘ra bilvosita tabaqalashtirish, psixofiziologik xususiyatlarga ko‘ra tabaqalashtirish hamda differensiallashtirishda ilmiy-amaliy tadqiqotlar integratsiyasining ifodalanishi kabi rivojlanish bosqichlarga ajratgan holda davriylashtirish orqali aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘quv vazifalarini taqdim etishning boshlang‘ich ta’lim jarayoni barcha komponentlarini qamrab olish, o‘quvchilarning subyektiv imkoniyatlariga moslashtirish, teskari aloqani o‘rnatish, ta’lim mazmunini optimallashtirish kabi bosqichlari integrativlik, darajalilik, adaptivlik, insonparvarlik, refleksivlik tamoyillari asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘quv vazifalarini taqdim etishning funksional modeli ta’limni darajali differensiallashtirish va individuallashtirish texnologiyalarining o‘zaro uyg‘unligi asosida motivatsion (qiziquvchanlik), kognitiv (fikrlash) va faoliyatli (bilimlarni amaliyotda qo‘llash) mezonlar asosida takomillashtirilgan;
o‘quv vazifalarini taqdim etish metodikasi innovatsion texnologiyalarning o‘zaro integratsiyasini ta’minlashda amal qilinadigan differensiallashtirishning darajali o‘quv materiallarini maqsadga muvofiq yoritish, o‘quvchilarning individual xususiyatlariga tayanish, o‘quvchilarning individual uslublariga muvofiqlashtirish, barcha omillarni optimallashtirish kabi qonuniyatlar asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Darajali differensial yondashuv asosida o‘quv topshiriqlarini taqdim etish ishlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalari:
boshlang‘ich ta’lm jarayoniga differensial yondashuv tushunchasining genezisi darajali (ichki) va profil (tashqi) differensiallashning yuzaga kelishiga ko‘ra bilvosita tabaqalashtirish, psixofiziologik xususiyatlarga ko‘ra tabaqalashtirish hamda differensiallashtirishda ilmiy-amaliy tadqiqotlar integratsiyasining ifodalanishi kabi rivojlanish bosqichlarga ajratgan holda davriylashtirishga doir takliflardan “OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari” (2017-2021) nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Jizzax Politexnika institutining 2022-yil 18-oktabrdagi 01-2449-2441-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari faoliyatida o‘quv vazifalariga ijobiy munosabatni qaror toptirishga xizmat qilgan;
 boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘quv vazifalarini taqdim etishning boshlang‘ich ta’lim jarayoni barcha komponentlarini qamrab olish, o‘quvchilarning subyektiv imkoniyatlariga moslashtirish, teskari aloqani o‘rnatish, ta’lim mazmunini optimallashtirish kabi bosqichlari integrativlik, darajalilik, adaptivlik, insonparvarlik, refleksivlik tamoyillari asosida takomillashtirishga doir xulosalar boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi ushun tayyorlangan “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-sonli buyrug‘iga asosida ruyxatga olingan 388-149- son guvohnomasi). Natijada o‘quvchilarga o‘quv vazifalarini darajali differensial taqdim etishda o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
 boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘quv vazifalarini taqdim etishning funksional modelini ta’limni darajali differensiallashtirish va individuallashtirish texnologiyalarining o‘zaro uyg‘unligi asosida motivatsion (qiziquvchanlik), kognitiv (fikrlash) va faoliyatli (bilimlarni amaliyotda qo‘llash) mezonlarga tayangan holda takomillashtirilganligiga doir tajribalardan “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-0372-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarga o‘quv vazifalarini darajali differensial taqdim etish imkoniyatlarini samarali rivojlantirishga xizmat qilgan;
innovatsion texnologiyalarning o‘zaro integratsiyasini ta’minlashda amal qilinadigan differensiallashtirishning darajali o‘quv materiallarini maqsadga muvofiq yoritish, o‘quvchilarning individual xususiyatlariga tayanish, o‘quvchilarning individual uslublariga muvofiqlashtirish, barcha omillarni optimallashtirish kabi qonuniyatlar asosida takomillashtirilgan o‘quv vazifalarini taqdim etish metodikasidan Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari umumta’lim maktablarida o‘quv jarayonini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi tomonidan berilgan 2022-yil 19- oktabrdagi 01/11-01/1-1650-son ma’lumotnoma) Natijada, o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish