Rasulova Iroda Mansurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shaxslararo zo‘ravonlikka moyil xulq-atvor namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari (oilaviy munosabatlar misolida)», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1PhD/Psi339.
lmiy rahbar: Fayzieva Mavluda Xudayarovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Akramova Feruza Akmalovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilaviy munosabatlar kontekstida shaxslararo zo’ravonlikka moyil xulq-atvor namoyon bo’lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsning iqtisodiy-ijtimoiy pozisiyasini “boy berishi” va iqtisodiy tanglik vaziyatida “rejalashtirilmagan farzand”ning tug‘ilishi natijasida oilaviy munosabatlarda “psixologik travma” va “destruktiv xulq-atvor motiv”larini anormal shaklda namoyon bo’lishi tufayli, abyuzer shaxs xususiyatlarini shakllanishi dalillangan;
er-xotin munosabatlariga uchinchi shaxsning bilvosita aralashuvi natijasida, “shaxs nevrotikizatsiyasi”, “konfrontatsiya”, “individual depressiyaning maksimallashishi” kabi zo’ravonlik indekslarini ortishi oqibatida ayollarda “akseleratik tabiat”ni paydo bo’lishi asoslangan;
er-xotinlarning emotsional munosabatlariga ko’ra, shaxsda bolalik davridan “meros” bo’lib kelayotgan “inqirozning tipik tabiati”, “diskomfortdan qochish” va “hissiy komfortga intilish” motivini psixoprofilaktika bo’lmasligi natijasida erkaklarda zo’ravonlikka moyil xulq-atvor paternlarini shakllanishi dalillangan;
individual xulq-atvorning namoyon bo’lishiga ko’ra, oiladagi ijtimoiy rol va statusni obsessiv baholash, zaifroq subyektni negativ manipulyasiya qilish hamda “impotent kayfiyat”ni uzoq vaqt davom etishi natijasida oila-nikoh munosabatlari siklining buzilishi va erkaklar tomonidan ayollarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish motivlarini paydo bo’lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. Shaxslararo zo’ravonlikka moyil xulq-atvor shakllanishining ijtimoiy psixologik xususiyatlari oilaviy munosabatlar misolida o’rganish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shaxsning iqtisodiy-ijtimoiy pozisiyasini “boy berishi” va iqtisodiy tanglik vaziyatida “rejalashtirilmagan farzand”ning tug‘ilishi natijasida oilaviy munosabatlarda “psixologik travma” va “destruktiv xulq-atvor motiv”larini anormal shaklda namoyon bo’lishi tufayli, abyuzer shaxs xususiyatlarini shakllanishi dallilanganligi to’g‘risidagi taklif Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o’quv-ilmiy Markazining 2021-yil 14-apreldagi PM-17/4-son ma’lumotnomaga asosan talabalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashda “Etnopsixologiya” moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2021-yil 14-apreldagi PM-17-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsning iqtisodiy-ijtimoiy pozisiyasini boy berishi va iqtisodiy tanglik vaziyatida rejalashtirilmagan farzandning tug‘ilishi natijasida abyuzer shaxs xususiyatlarini shakllanishini aniqlashga imkon yaratilgan;
er-xotin munosabatlariga uchinchi shaxsning bilvosita aralashuvi natijasida, “shaxs nevrotikizatsiyasi”, “konfrontatsiya”, “individual depressiyaning maksimallashishi” kabi zo’ravonlik indekslarini ortishi oqibatida ayollarda “akseleratik tabiat”ni paydo bo’lishi asoslanganligiga doir tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o’quv-ilmiy Markazining 2021-yil 14-apreldagi PM-17/4-son ma’lumotnomaga asosan talabalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashda “Etnopsixologiya” moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2021-yil
14-apreldagi PM-17-son ma’lumotnomasi). Natijada er-xotin munosabatlariga uchinchi shaxsning bilvosita aralashuvi natijasida ayollarda akseleratik tabiatni paydo bo’lishini acoclashga sharoit yaratilgan;
er-xotinlarning emotsional munosabatlariga ko’ra, shaxsda bolalik davridan “meros” bo’lib kelayotgan “inqirozning tipik tabiati”, “diskomfortdan qochish” va “hissiy komfortga intilish” motivini psixoprofilaktika bo’lmasligi natijasida erkaklarda zo’ravonlikka moyil xulq-atvor paternlarini shakllanishi dalillanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o’quv-ilmiy Markazining 2021-yil 14-apreldagi PM-17/4-son ma’lumotnomaga asosan talabalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashda “Ijtimoiy psixologiya” moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2021-yil 14-apreldagi PM-17-son ma’lumotnomasi). Natijada er-xotinlarning emotsional munosabatlariga ko’ra, shaxsda bolalik davridan meros bo’lib kelayotgan erkaklarda zo’ravonlikka moyil xulq-atvor paternlarini shakllanishini o’rganish samaradorligi oshgan;
individual xulq-atvorning namoyon bo’lishiga ko’ra, oiladagi ijtimoiy rol va statusni obsessiv baholash, zaifroq subyektni negativ manipulyasiya qilish hamda “impotent kayfiyat”ni uzoq vaqt davom etishi natijasida oila-nikoh munosabatlari siklining buzilishi va erkaklar tomonidan ayollarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish motivlarini paydo bo’lishi asoslanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o’quv-ilmiy Markazining 2021-yil 14-apreldagi PM-17/4-son ma’lumotnomaga asosan talabalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashda “Ijtimoiy psixologiya” moduli mazmuniga singdirilgan (Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2021-yil
14-apreldagi PM-17-son ma’lumotnomasi). Natijada individual xulq-atvorning namoyon bo’lishiga ko’ra, oila-nikoh munosabatlari siklining buzilishi va erkaklar tomonidan ayollarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish motivlarini paydo bo’lishini tadqiq etish imkoni kengaytirilgan.