Raxmanova Xuriniso Egamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maxsus qurtxonalarda qurt boqishning agrotexnologiyasini takomillashtirish asosida pillalarni mahsuldorlik va texnologik ko‘rsatkichlarini oshirish”, 06.02.04 – Ipakchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Qx943
Ilmiy rahbar: Bekkamov Chorshanbi Ismailovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Valiyev Sayfiddin Tajiddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Abdrimova Gulbaxor Erimmatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, docent.
Yetakchi tashkilot: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turli hajmdagi maxsus kompleksli qurtxonalarda tut ipak qurti lichinkalarining hayotchanlik, biologik, pillalarning mahsuldorlik va texnologik ko‘rsatkichlarini yaxshilashda oziqlanish maydoni, beriladigan ozuqaning miqdori va ozuqani optimal saqlashning maqbul samarali agrotexnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor maxsus kompleksli qurtxonalar hajmiga qarab ipak qurtlarini optimal oziqlantirish maydonining me’yorini belgilash va mo‘tadil muhit omillari asosida parvarishlashda lichinkalar hayotchanligini 4-25% gacha oshirish mumkinligi aniqlangan;
maxsus qurtxonalarda lichinkalarni parvarishlashda oziqlanish maydoni va ozuqa miqdorini me’yorida bo‘lmasligi yetishtiriladigan pillalarning hosildorligi 34-43 kg. ga, navli pillalar miqdori 19-29% gacha kamayishi aniqlangan;
tut ipak qurtlarini yoshlari bo‘yicha belgilangan me’yordan kam o‘lchamdagi oziqlanish maydonida parvarishlanganda bakterial kasalliklar kuzatildi va 7ta qon- chirish, 2 ta o‘lat va 1 ta liqqoq turlarining manbai aniqlangan;
maxsus kompleksli qurtxonalarda tut barglarining ozuqabopligini ta’minlashda optimal saqlash uchun ozuqani saqlash qalinligi kichik yoshlarda 10-15 sm, katta yoshlarida 45-50 sm, mo‘tadil harorat 15-170C va nisbiy namlik 75-80% da bo‘lishining ilmiy asoslangan agrotexnologiyasi ishlab chiqilgan;
turli hajmdagi maxsus qurtxonalarda lichinkalarni parvarishlashda oziqlanish maydoni va ozuqa miqdorini me’yoridagi agrotexnologiyasini qo‘llash natijasida yetishtirilgan pillalarning ipakchanligi 3,3-6,4 % ga, metrik nomeri 3046-3190 ga hamda pillalarning to‘xtovsiz yigirilishi uzunligi 614-634 m. gacha oshishi ilmiy jihatdan asoslangan;
maxsus qurtxonalarda parvapishlanayotgan tut ipak qurtlarini kasallanishini oldini olishda qo‘llaniladigan ta’sirchan dezinfeksiyalash tartibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maxsus qurtxonalarda qurt boqish agrotexnologiyasini takomillashtirish asosida pillalarning mahsuldorlik va texnologik ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
“Tut ipak qurtining oziqlanish maydoni va ozuqa miqdorini pilla hosildorligi, navdorligi hamda texnologik xususiyatlariga ta’siri” nomli tavsiyanomasi asosida “O‘zbekiston 5” va “O‘zbekiston 6” sanoat duragaylarining 5 quti lichinkalarini parvarishlash Piskent tumani “Agropilla” MChJda joriy qilingan. Natijada, 1 quti ipak qurtidan sifatli 65,2 kg. pilla hosili olingan va amalda qo‘shimcha 10,6 kg. pilla hosili olishga erishilgan. Jami 5 qutilik maxsus kompleksli qurtxonadan 326 kg. raqobatbardosh sanoat pillasi olinib, iqtisodiy samaradorlik 351 000 so‘mni, sof foyda 66 690 so‘mni tashkil etib, rentabellik darajasi 25 % ga ko‘tarilgan.
Maxsus kompleksli qurtxonada qurt boqishning takomillashtirilgan yangi agrotexnologiyasini tut ipak qurtining “O‘zbekiston 5” va “O‘zbekiston 6” duragaylaridan 5 quti ipak qurtlarini parvarishlash Bo‘ka tumani “Agro Pilla” MChJda joriy etilgan. Natijada, 1 qutidan 64,3 kg. raqobatbardosh sifatli pilla hosili olinib, qo‘shimcha 11,9 kg. pilla hosili yetishtirishga erishilgan. Quruq pillalardan olingan iqtisodiy samaradorlik 434 000 so‘m, sof foyda 82 460 so‘m va rentabellik darajasi 25 % ni tashkil etgan.
5 qutilik maxsus kompleksli qurtxonalarda qurt boqishning yangi agrotexnikaviy talablari bo‘yicha “O‘zbekiston 5” va “O‘zbekiston 6” duragaylarini 5 quti ipak qurtlarini parvarishlash jarayonida Farg‘ona tumani “Agropilla” MChJ ga qarashli davlat nav sinash uchastkasi va fermer xo‘jaliklarida 9,2 kg. sifatli pilla olingan. Iqtisodiy samaradorlik 306 000 so‘m, sof foyda 63 954 so‘m va rentabellik darajasi 28 % ga ko‘tarilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish