Abduvoxidov Giyos Kurbonalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Urug‘lik chigitining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash uslubini takomillashtirish va xalqaro talablarga muvofiqlashtirish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2018.4.PhD/Qx338
Ilmiy rahbar: Kozubaev Shuxrat Sattardjanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD05/27.02.2020.Qx.42.02.
Rasmiy opponentlar: Babaev Yashin Amanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Xolmurodova Go‘zal Ro‘zievna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘o‘za urug‘chiligi va urug‘shunosligida qo‘llanilib kelinayotgan mahalliy standartlarni xalqaro ISTA talablariga moslashtirish, sohada yuzaga keladigan muammolarni echishda amalda qo‘llanilib kelinayotgan standartlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, mexanik shikastlangan urug‘lik chigitlarni laboratoriya va dala sharoitida ekib tadqiqotlar olib borish orqali O’zDSt 663:2017 “Urug‘lik chigit. Texnikaviy shartlar” Davlat standartiga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba g‘o‘za urug‘chiligida xalqaro ISTA talablari asosida g‘o‘za urug‘lari hayotchanligini aniqlashning tezkor (tetrazol) usuli ilmiy asoslangan;
g‘o‘za urug‘chiligi sohasida mexanik shikastlangan urug‘lik chigitlarning unuvchanligi xalqaro talablarga taqqoslab o‘rganilgan va O’z DSt 663:2017 “Urug‘lik chigit. Texnikaviy shartlar” Davlat standartiga o‘zgartirishlar hamda qo‘shimchalar kiritish taklif etilgan;
birinchi marotaba g‘o‘za urug‘chiligida arbitraj tahlillarini o‘tkazish usullari ilmiy asoslangan;
urug‘lik chigitlarni laboratoriya sharoitida ildiz qismini umumiy uzunligining unib chiqish kuchiga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mazkur tadqiqot ishi Respublikada g‘o‘za urug‘chiligida qo‘llanilib kelinayotgan standartlarni ilmiy tajribalar asosida xalqaro ISTA standartlariga moslashtirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar asosida:
MDX va xalqaro ISTA tashkilotining tajribalari o‘rganilib, respublikamizda urug‘lik etishtiruvchi klasterlar, fermer xo‘jaliklari va urug‘chilik laboratoriyalarida urug‘lik chigit sifatiga baho berishda yuzaga keladigan muammoli va bahsli holatlarni oldini olish maqsadida arbitraj tahlillarini o‘tkazish uslubining loyihasi ishlab chiqilib, “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUK ga foydalanish uchun berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUKning 2021 yil 16 dekabrdagi 212-sonli ma`lumotnomasi). Natijada yangi ishlab chiqilgan arbitraj tahlillarini o‘tkazish uslubi DUK qoshidagi urug‘chilikka ixtisoslashgan laboratoriyalarda qo‘llanilmoqda;
urug‘chilik sohasida marketingni rivojlantirishda hamda O’zDst 1128:2006 “Urug‘lik chigit. Unuvchanlikni aniqlash usullari” Davlat standartiga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish maqsadida xalqaro ISTA talablariga muvofiq urug‘lik chigitning hayotchanligini aniqlashda tezkor (tetrazol) usulining ilmiy asoslari ishlab chiqilgan va “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUK ga foydalanish uchun berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” Davlat Unitar Korxonasining 2021 yil 16 dekabrdagi 212-sonli ma`lumotnomasi). Natijada urug‘lik chigitlarning xayotchanligini tezkor aniqlashda DUK qoshidagi urug‘chilikka ixtisoslashgan laboratoriyalarda tetrazol usulidan foydalanilmoqda;
Toshkent viloyatining Quyi-Chirchiq tumanidagi “TCT Agro Klaster”ga qarashli “Ketmon Tepa” paxta tozalash korxonasidan 2021 yilda Sulton g‘o‘za navining 12 % gacha mexanik shikastlangan urug‘laridan olinib, Beruniy-1, Beruniy-2 xududi maydonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jalik vazirligining 2022 yil 2 fevraldagi 02/22-04/33-son ma’lumotnomasi). Natijada 2472 kontur 0,5 ga, 31.5 s\ga, 2463 kontur 0,5 ga, 32.1 s\ga, 2408 kontur 0,5 ga, 33.6 s\ga, 2412 kontur 0,5 ga, 33.1 s\ga hosil olishga erishilgan.