Abdikayumova Nigora Komoliddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tut ipak qurtining toza sanoat duragaylarini yaratishda tuxumlik davrida jinslari bo‘yicha nishonlangan zotlarni tanlash va takomillashtirish”, 06.02.04 – Ipakchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Qx942
Ilmiy rahbar: Yakubov Axmad Bokievich, biologiya fanlari doktori.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Soatov O‘tkir Rajabovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Batirova Aziza Nigmuratovna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, docent.
Yetakchi tashkilot: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tut ipak qurtining sanoat duragaylarini yaratishda tuxumlik davrida jinslari bo‘yicha nishonlangan, geterozis kuchi yuqori bo‘lgan, ipak qurti zotlarini tanlash va 100 foizli duragay urug‘lari ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tut ipak qurtining tuxumlik darida jinslari bo‘yicha nishonlangan zotlarining qurtlarini hayotchanligi (C-10-95,5%, C-12-98,0%) va pilallarining ipakchanlik belgilari (C-13-23,4%, C-14-23,7%) yuqori bo‘lgan yangi seleksion tizmalari olingan;
tut ipak qurti genetik kolleksiyasidagi qurtlik davrida jinslari bo‘yicha nishonlangan zotlarning biologik tavsiflarini qiyosiy baholash uchun ularni ranjirovka qilish uslubi qo‘llanilgan va C-5, C-10, C-12, C-13, C-14 zotlarining yuqori reyting ko‘rsatkichlilari tanlab olingan;
analitik seleksiya usulida olingan tut ipak qurtining C-10, C-12 zotlaridan 100 foizli toza C-12 x C-10, C-10 x C-12 duragaylari olingan;
jinslari bo‘yicha nishonlangan zotlarning pillalalaridan kapalak chiqmaslik sabablari (15-20,0%) ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tut ipak qurtining tuxumlik davrida jinslari bo‘yicha nishonlangan zotlarni tanlash asosida yaratilgan C-12 x C-10, C-10 x C-12 toza sanoat duragaylarini pilla mahsuldorligini o‘rganish jarayonida olingan tadqiqot natijalari asosida:
tut ipak qurtining 100 % li toza duragay urug‘larni tayyorlash imkonini beruvchi yangi texnologik usul Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tuman “Agro Pilla” MChJda C-12 x C-10, C-10 x C-12 duragaylarning 6 qutisini parvarishlash orqali joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2022 yil 19 iyuldagi № 3/2-500 son ma’lumotnomasi). Natijada tajribadagi har bir quti ipak qurtidan 9 kg dan qo‘shimcha pilla hosili olinib, olingan foyda 57600 so‘mni, sof foyda 54720 so‘mni, rentabellik darajasi esa 25 % ni tashkil etgan;
tut ipak qurtining tuxumlik davrida jinslari bo‘yicha nishonlangan zotlarini tanlash asosida yaratilgan C-12 x C-10, C-10 x C-12 toza sanoat duragaylarining 4 qutisi Toshkent viloyati Piskent tumani «Agropilla» MChJ da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2022 yil 19 iyuldagi № 3/2-500 son ma’lumotnomasi). Natijada har bir quti tajribadagi duragaydan 8,0 kg qo‘shimcha pilla hosili olingan. Bir quti hisobidan qo‘shimcha quruq pilladan olingan daromad 290000 so‘mni, foyda 63800 so‘mni, sof foyda esa 60610 so‘mni tashkil etib, rentabellik darajasi 28,2 % ni tashkil etgan;
jinslari bo‘yicha nishonlangan tut ipak qurti zotlarini tanlash asosida yaratilgan C-12 x C-10, C-10 x C-12 toza sanoat duragaylarining 6 qutisi Qoraqolpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani “To`rtko`l silkworm pro” MChJ da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2022 yil 19 iyuldagi № 3/2-500 son ma’lumotnomasi). Natijada har bir quti tajribadagi duragaydan 6,5 kg qo‘shimcha pilla hosili olingan. Bir quti hisobidan qo‘shimcha quruq pilladan olingan daromad 240000 so‘mni, olingan foyda 50400 so‘mni, sof foyda esa 47880 so‘mni tashkil etib, rentabellik darajasi 26,6% ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish