Abduxamidov Diydorbek Ulug‘bekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Past haroratli faol quyosh isitish tizimlarini tanlash, ularning sxemalarini asoslash va issiqlik parametrlarini optimallash”, 05.05.06 – «Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari» ixtisosligi bo‘yicha. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1. PhD /T603.
Ilmiy rahbar: Avezov Rabbanakul Raxmanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Fizika-texnika instituti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.T.106.02.
Rasmiy opponentlar: Mirzabayev Akram Maxkamovich, texnika fanlari doktori; Payzullaxanov Muxammade-Sultanxan Saydivalixanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bino va inshootlar uchun optimallashtirilgan parametrlar hamda ekspluatatsiya rejimlariga ega past haroratli passiv va faol quyoshiy isitish tizimlarini ishlab chiqish va asoslashdan iborat. 
II.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor,    ko‘p yillik iqlimiy va aktinometrik ma’lumotlar asosida, bino va inshootlarda energiya samaradorlikni oshirish imkoniyatini beruvchi, energofaol deraza bloklari va qisqa muddatli fazaviy-o‘tuvchi issiqlik akkumulatorlari bilan mujassamlashgan passiv quyoshiy isitish tizimi taklif qtilgan; 
ilk bor, issiqlik sig‘imi va tanlangan materiallarni hisobga olgan hamda respublika iqlimiy sharoitidan kelib chiqqan holda, sutkalik ortiqcha issiqlikni qisqa muddatli jamlash imkonini beruvchi insolyasion passiv quyoshiy isitish tizimlaridan foydalanishning maqbul rejimlari aniqlangan. 
ilk bor, o‘rtacha oylik va kunlik harorat, quyosh nurlanishi, quyoshli, bulutli hamda qisman bulutli kunlar, quyoshli soatlar va boshqa iqlimiy ko‘rsatkichlarning dinamik o‘zgarishini hisobga olgan holda, bino va inshootlar uchun ratsional parametrlarga ega mavsumiy issiqlik jamlovchili faol quyoshiy issiqlik ta’minoti tizimi ishlab chiqilgan; 
ilk bor, faol quyosh isitish tizimining solishtirma issiqlik xossalari, issiqlik-energetik parametrlari, iqtisodiy va ekologik ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini beruvchi gradus-sutka va gradus-soat usullarini qo‘llagan holda, quyosh isitish tizimida ro‘y beradigan issiqlik jarayonlarining statik va dinamik modellari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi. 
Bino va inshootlar uchun maqbul parametrlarga ega past haroratli passiv va faol quyoshiy isitish tizimlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mavsumiy issiqlik jamlovchi quyoshiy issiqlik ta’minoti tizimi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan foydali modelga patent olingan. Ishlab chiqilgan mavsumiy issiqlik jamlovchi quyoshiy issiqlik ta’minoti tizimi «Tashelektromash» MChJ IChK ma’muriy-maishiy binosida amaliyotga qo‘llanilgan («O‘zeltexsanoat» AJ tomonidan 2021 yil 29 noyabrdagi №04-3/2512- ma’lumotnomasi). Natijada, binoni isitish maqsadida bak-akkumulatorli faol quyosh isitish tizimlaridan foydalanilganda solishtirma issiqlik sarfini bino issiqlik himoyasining birinchi darajasida 78,81 kWh/m2 (33,4%) ga, ikkinchi darajasida 69,17 kWh/m2 (39,79%) ga va uchinchi darajasida 63,6 kWh/m2 (44,7%) ga kamaytirishga erishilgan hamda atrof-muhitga chiqariladigan SO2 emissiyasi yiliga isitiladigan maydon yuzasiga nisbatan binoning issiqlik himoyalarining darajalari bo‘yicha mos ravishda 15,0, 13,7 va 12,6 kg/m2 bo‘lishi, shuningdek, ishlab chiqilgan tizim qo‘llanilgan binoda o‘zini-o‘zi iqtisodiy qoplash ko‘rsatkichi issiqlik himoyasining darajalari bo‘yicha mos ravishda 17,7, 20,18, 21,9 yillarni tashkil etishi ko‘rsatilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish