Mirzaalimov Avazbek Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kremniy asosli ko‘p tomonlama yoritiluvchi quyosh fotoelektrik generatorlarini ishlab chiqish”, 05.05.06 – «Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari» ixtisosligi bo‘yicha. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2684.
Ilmiy rahbar: Aliev Rayimjon Usmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Andijon davlat universiteti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.T.106.02.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Nuriddin Azadovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Mamadalieva Lolaxon Kamiljanovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Konsentrlangan quyosh nurlanish energiyasini elektr energiyaga aylantirishga mo‘ljallangan mikroenergetik qurilmalar uchun kremniy asosidagi vertikal p-n o‘tishli yuqori kuchlanishli fotogenerator konstruksiyasini ishlab chiqish va ularning xususiyatlarini o‘rganishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maqbul optik va yangi konstruksion loyihalash orqali fotoelektrik energiyaning chiqish quvvatini uch marta orttirishga yoki material sarfini uch marta kamaytirishga imkon beruvchi ko‘ptomonlama fotosezgirlikni ta’minlashga asoslangan mikroenergetik qurilma ishlab chiqilgan;
konsentrlangan quyosh nurlarini fotoelektrik o‘zgartirgishga mo‘ljallangan va issiqlik ajralishining maqbul ko‘rsatgichlariga ega bo‘lgan kremniyli vertikal p-n-o‘tishli mikroenergetik qurilma ishlab chiqilgan;
vertikal p-n-o‘tishga ega bo‘lgan yuqori kuchlanishli strukturalar va mikroenergetik qurilmalar uchun bazaviy material sifatida polikristal va multikristall kremniy plastinalarini qo‘llashning “donadorlik chegaralarini p-n o‘tish sohasiga perpendikulyar yo‘naltirishga” asoslangan hamda fotoelektrik samaradorlikning 1,07 ÷ 1,19 marta ortishiga imkon beradigan maqbul texnik yechim ishlab chiqilgan;
konsentrlangan nurlarni fotoelektrik o‘zgartirishga mo‘ljallangan va an’anaviy qurilmalarga nisbatan chiqish quvvati 1,76 - 2,81 marta katta bo‘lgan ko‘ptomonlama sezgir kremniy asosli mikroenergetik qurilmalarning xarakteristikalariga harorat va yoritilganlikning ta’siri hamda ularni keng tadbiq qilish shartlari aniqlangan; 
“Sentaurus”, “C#9,0”, “Unity” dasturlari yordamida gorizontal va vertikal p-n o‘tishli bir va ko‘p tomonlama sezgir kremniyli fotoelektrik strukturalar va yuqori kuchlanishli mikroenergetik qurilmalarning asosiy fotoelektrik xarakteristikalarini kompleks tadqiq qilishga imkon beruvchi raqamli texnologik platforma ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi. Raqamli texnologiyalar asosida modellashtirilgan va eksperimental yaratilgan vertikal p-n-o‘tishga ega bo‘lgan bir va ko‘p tomonlama sezgir kremniyli fotoelektrik tuzilmalar konstruksiyalaridagi fotonlar yutilishi, asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar fotogeneratsiyasi va ko‘chishining fizik jarayonlari asosida:
“Foton” AJda yaxshilangan parametrlarga ega bo‘lgan fotoelektrik qurilmalar ishlab chiqarishda tadqiqotning raqamli hisoblash metodlari va tajriba natijalaridan foydalanilgan (Uzeltexsanoat ning 2022 yil 24 yanvardagi №04-3/104 sonli ma’lumotnomasi). Natijada bir va ko‘p tomonlama sezgir kremniyli gorizontal va vertikal p-n o‘tishli fotoelektrik strukturalar hamda mikroenergetik qurilmalarni raqamli modelini ishlab chiqish imkonini bergan.
yuqori kuchlanishli vertikal p-n o‘tishli kremniyli “Quyosh generatori” fotoelektrik energiya o‘zgartirgichning yangi konstruksiyasi (FAP 00623) ishlab chiqilgan va texnik sinovdan o‘tkazilgan (“Elektroshok” MChJ ning 2022 yil 1 dekabrdagi № DM-64/ 12-1 sonli ma’lumotnomasi). Bu uch tomonlama yoritiluvchi kremniy asosli vertikal p-n o‘tishli optimal mikroenergetik qurilmani tayyorlash uchun qimmatbaho kremniy xom-ashyosining sarfi deyarli 2,7 marta kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish