Maxmasobirova Nigora Uktam qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Milliy iqtisodiyotni klaster modellari asosida rivojlantirishning jahon tajribasi (agrosanoat majmui misolida)”, 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2029.2.PhD/Iqt1023.
Ilmiy rahbar: Rasulov To‘lqin Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.11/25.08.2022.I.24.03.
Rasmiy opponentlar: Isadjanov Abduvali Abduraximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Abulqosimov Hasan Pirnazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyotning agrosanoat majmuini klaster modellari orqali rivojlantirishning xorij tajribasini tahliliy o‘rgangan holda O‘zbekistonda agrosanoat klasterlarni shakllantirish va takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy iqtisodiyotni klaster modellari asosida rivojlantirishning xorijiy mamlakatlar tajribasi (AQSH, Yevropa mamlakatlari va XXR misolida) va klasterlarni shakllantirish milliy modellarning o‘ziga xosligi nazariy-uslubiy jihatdan tadqiq etilib, O‘zbekiston uchun milliy iqtisodiyotni klasterlashtirishning hozirgi bosqichida “dirijist” klaster boshqaruv tizimi mos ekanligi asoslab berilgan;
O‘zbekistonda tashkil etilayotgan agrosanoat klasterlarining sxematik ko‘rinishi tasvirlanib, ularning faoliyatini samarali tashkil etishga to‘sqinlik qilayotgan ayrim salbiy tendensiyalarni davlat va xususiy sektor sherikchiligining optimal darajasini ta’minlash orqali bartaraf etishga qaratilgan takliflar asoslangan;
O‘zbekistonda viloyatlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha joylashuv koeffisienti (Location quotient)ni hisoblash orqali mazkur yo‘nalishlarda agrosanoat klasterlarini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda agrosanoat klasterini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan siyosatning samaradorligini oshirishga qaratilgan 2021-2030-yillarga mo‘ljallangan 3 bosqichli dasturning konseptual asoslari ishlab chiqilgan.
IV Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iboratdir:
agroklasterlarning milliy va hududiy raqobatbardoshlikni oshirish, bandlik va aholi farovonligini ta’minlash, agrosanoat tarmog‘ini samarali tashkil etishning oqilona shakli ekanligi asoslangan;
iqtisodiy adabiyotlardagi qarashlardan farqli holda “iqtisodiy klaster” tushunchasiga mualliflik ta’rifi berilgan;
turli nazariy va uslubiy qarashlarni tadqiq etish asosida klasterlarning iqtisodiy mohiyati, ularning iqtisodiy aglomeratsiyaning boshqa turlaridan farqli jihatlari asoslangan;
agroklasterlarni rivojlantirishga oid uslubiy yondoshuvlarni umumlashtirish asosida ushbu klasterlar faoliyatini baholash algoritmi ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda agrosanoat klasterini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha taklif etilgan dasturdan amaliyotda foydalanish raqobatbardosh va samarali agrosanoat klasterlarini vujudga kelishida ijobiy samara berishi asoslab berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish