Inobatov Abror Boshlarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’Iumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Dehqon xo‘jaliklarida grek yong‘og‘ini yetishtirislining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘nalishlari”, 08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1 .PhD/Iqt892 Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xushmatov Norqul Sa’dullayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiyev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Rashid Xamdamovich. iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali. Dissertatsiya yo‘nalisbi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi dehqon xo‘jaliklarida grek yong‘og‘i yetishtirish iqtisodiy samaradorligini oshirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yong‘oq ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun motivatsiya uyg‘otuvchi va jahon bozorida tovarlilik darajasini belgilovchi muhim iqtisodiy hususiyatlar hamda dehqon xo‘jaliklari uchun yuzaga keluvchi iqtisodiy xatarlar yo‘nalishlari ilmiy asoslangan;
yong‘oqzorlarni parvarishlash tadbirlarni amalga.oshirishda resurs tejamkorlikni baholash yuzasidan uslubiy yondashuvlar ishlab chiqilgan hamda tejamkor texnologiyalarni iqtisodiy samaradorlik jihatidan baholash uslubi taklif etilgan;
grek yong‘og‘i yetishtiruvchi dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari taklif etilgani holda grek yong‘og‘i yetishtiruvchi dehqon xo‘jaliklari uchun ausorsing xizmatlarini ko‘rsatish tizimi shakllantirilgan va tarrnoq uchun ausorsing tarkibi (ousourcing) ishlab chiqilgan;
ichki bozorni to‘yintirish va eksportni kengaytirishga qaratilgan dehqon xo‘jaliklari faoliyati doirasida 2022-2030-yillarga mo‘ljallangan grek yonglog‘i yetishtirish prognozlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dehqon xo‘jaliklarida grek yong‘og‘ini yetishtirish iqtisodiy samaradorligini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida:
yong‘oq yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun motivatsiya uyg‘otuvchi va jahon bozorida tovarlilik darajasini belgilovchi muhim iqtisodiy xususiyatlar hamda dehqon xo‘jaliklari uchun ishlab chiqarishda yuzaga keluvchi iqtisodiy xatarlar yo‘nalishlari bo‘yicha takliflari 0’zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 27-iyundagi 07/35-04/4246- sonli ma’lumotnomasi). Natijada. yong‘oq ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun motivatsiya uyg^otuvchi va yuzaga keluvchi iqtisodiy xatarlarni oldini olish imkoniyati yaratilgan;
yong‘oqzorlarda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda resurs tejamkorlikni baholash yuzasidan uslubiy yondashuvlar hamda tejamkor texnologiyalarni iqtisodiy samaradorlik jihatidan baholash uslubi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 27- iyundagi 07/35-04/4246-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dehqon xo‘jaliklarida mahsulot yetishtirish sarf-xarajatlarini 15-20 foizgacha tejash imkoniyati yaratilgan;
grek yong‘og‘i yetishtiruvchi dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari bo‘yicha hamda ularga ausorsing xizmatlarini ko‘rsatish tizimi yuzasidan tavsivalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 27-iyundagi 07/35-04/4246- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dehqon xo‘jaliklarida grek yong‘og‘i yetishtirish samaradorligini sezilarli oshirib, o‘rtacha hosildorlikni 20 foizgacha oshirishga xizmat qilgan;
ichki bozorni to‘yintirish va eksportni kengaytirishga qaratilgan dehqon xo‘jaliklari faoliyati doirasida 2022-2030-yillarga mo‘ljallangan grek yong‘og‘i yetishtirish prognozlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 27-iyundagi 07/35-04/4246- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2030-yilda tuman grek yong‘og‘i hosildorligi 2023-yildagi 110,5 s/ga. dan. 2030-yilda 128,7 s/ga. ga ortishi prognoz qilingan.