Yusupov Oybek Nematjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilidan o‘zbek tiliga bevosita tarjima qilingan badiiy matnning lingvokognitiv xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil52.
Ilmiy rahbar: Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ergashev Muhammadjon Raxmonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilidan o‘zbek tiliga bevosita tarjima qilingan badiiy matnning lingvokognitiv xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarjima matni ekvivalentligining nisbiyligi, obyektivligi har bir tilning madaniy va kognitiv o‘ziga xosliklari bilan bog‘liqligi aniqlanib, ular tizimli tillararo farqlar, madaniy voqelikning asimmetriyasi, stilistik omillarda aks etishi dalillangan;
ekvivalentlik va adekvatlik tarjimaning muhim sharti ekanligi dalillanib, ekvivalent tarjima ikki tilli kommunikativ jarayonning umumiy natijasining konseptual nuqtai nazardan baholasa, adekvat tarjima tarjima matnini qabul qilish madaniyatida yuzaga keladigan yangi kommunikativ vaziyatga moslashishi lozimligi kabi o‘zaro farqli xususiyatlari ochib berilgan;
bevosita tarjimada konseptual tizim va til o‘rtasidagi sabab-natijaviy munosabat ingliz tilidan o‘zbek tiliga bevosita tarjima amaliyotining tadrijiy rivoji ekanligi dalillangan;
bilvosita tarjimada vositachi tilning ta’siri katta ekanligi, madaniyatlararo muloqotning muvaffaqiyati har bir madaniyat uchun xos bo‘lgan, ammo umuminsoniy psixologik asosga ega bo‘lgan madaniy omilga bog‘liq bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy matn tarjimasining lingvokognitiv hamda struktur-semantik, funksional jihatlari tahlilidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
tarjima matni ekvivalentligining nisbiyligi, obyektivligi har bir tilning madaniy va kognitiv o‘ziga xosliklari bilan bog‘liq bo‘lib, ular tizimli tillararo farqlar, madaniy voqelikning asimmetriyasi, stilistik omillarda aks etishiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan “Maktabgacha ta’limda ingliz tili” hamda “Til o‘rganayotgan mamlakat adabiyoti tarixi” nomli darsliklarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 19-yanvardagi 89-03-279-son ma’lumotnomasi). Natijada darslikda tarjima nazariyasi va amaliyotiga bog‘liq ilmiy-nazariy fikrlar keltirilgan, badiiy matnlar kognitiv tahlil qilingan;
ekvivalentlik va adekvatlik tarjimaning muhim sharti ekanligi dalillanib, ekvivalent tarjima ikki tilli kommunikativ jarayonning umumiy natijasining konseptual nuqtai nazardan baholasa, adekvat tarjima tarjima matnini qabul qilish madaniyatida yuzaga keladigan yangi kommunikativ vaziyatga moslashishi lozimligi xususidagi xulosalardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-97 raqamli “Ingliz va nemis tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullardan foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy-amaliy asoslari” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 19-yanvardagi 89-03-279-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tilidan o‘zbek tiliga bevosita tarjima qilingan badiiy matnlarning tarjimalardagi metod, usul, tamoyil, ekvivalentlik, adekvatlik, konseptual tahlil, tarjimaning lingvistik modeli kabi muammolarning ilmiy-nazariy tomonlarini yoritishda o‘ziga xos rol o‘ynagan.
bilvosita tarjimada vositachi tilning ta’siri katta ekani, madaniyatlararo muloqotning muvaffaqiyati har bir madaniyat uchun xos bo‘lgan, ammo umuminsoniy psixologik asosga ega bo‘lgan madaniy omilga bog‘liq bo‘lishi xususidagi xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 13-fevraldagi 04-36-229-son ma’lumotnomasi). Natijada radioeshittirishlar ssenariysi mazmunan mukammashgan.