Murodova Durdonaxon Rayimjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Fanlararo aloqadorlik asosida bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarini badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2280.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Artiqova Muxayyo Botiraliyevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Qodirov Rauf G‘ofurovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishga doir pedagogik yondashuvlar (tizimli-jarayonli, aksiologik, refleksiv va shaxsiy faoliyatga yo‘naltirilgan) va psixologik ta’sirlar (motivatsion, intellektual va hissiy)ning o‘zaro qayta aloqaga kirishish barqarorligini ta’minlashning pedagogik imkoniyatlari badiiy idrok jarayoniga optimal identifikatsiyalash asosida takomillashtirildi;
bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarining intellektual-o‘rganuvchanlik, kreativlik qobiliyatlarini informatsion, motivatsion-fasilitativ, konsultativ funksionalligini rivojlantirish darajasi produktiv, reproduktiv, qisman izlanuvchan tamoyillari, o‘z-o‘zini baholash mezonlari va individual rivojlantiruvchi kasbiy yo‘naltirilganlik, integratsiyalangan formallashtirish va ixtisoslashtirish prinsiplari iyerarxik tartiblashtirish asosida rivojlantirilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim orqali bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida badiiy-estetik mushohadakorlik fazilatini rivojlantirish estetik katarsis, badiiy oriyentatsiya, badiiy ideal, badiiy xotira, musiqiy muhitga moslashuvchanlik va variativlik, individual ta’lim trayektoriyasining diagnostik strategiyasi kollobrativligini ta’minlash tamoyillariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
musiqa san’ati va pedagogikasining integratsiyalashuvi asosida bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentliligini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik texnologiya va tizimli-funksional model pedagogning professional mobillik darajasini akseologik uzviyligini aniqlash mezonlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirish yo‘llari va texnologiyasi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentliligini rivojlantirishda musiqa san’ati va pedagogikasining integratsiyalashuvi asosida ishlab chiqilganmusiqa estetikasi, musiqa va musiqiy psixologiya fanlari hamkorligiga asoslangan pedagogik texnologiya va tizimli-fnuksional modeli, ularning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishga doir pedagogik yondashuvlar (tizimli-jarayonli, aksiologik, refleksiv va shaxsiy faoliyatga yo‘naltirilgan) va psixologik ta’sirlar (motivatsion, intellektual va hissiy) ning o‘zaro qayta aloqaga kirishish barqarorligini ta’minlashning pedagogik imkoniyatlarini badiiy idrok jarayoniga optimal identifikatsiyalash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan olingan, 2018-2020 yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-2017/09/29 789-son “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy-ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 9 dekabrdagi 02-07-4432/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishning mezonlari va ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish hamda empirik baholash samaradorligini aniqlashga xizmat qilgan;
bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarining intellektual-o‘rganuvchanlik, kreativlik qobiliyatlarini informatsion, motivatsion-fasilitativ, konsultativ funksionalligini rivojlantirish darajasining produktiv, reproduktiv, qisman izlanuvchan tamoyillari, o‘z-o‘zini baholash mezonlari va individual rivojlantiruvchi kasbiy yo‘naltirilganlik, integratsiyalangan formallashtirish va ixtisoslashtirish prinsiplarini iyerarxik tartiblashtirish asosida takomillashtirishga doir yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan olingan, 2018-2020 yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789-sonli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy-ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2022 yil 9 dekabrdagi 02-07-4432/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishga doir mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim orqali bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida badiiy-estetik mushohadakorlik fazilatini rivojlantirishni estetik katarsis, badiiy oriyentatsiya, badiiy ideal, badiiy xotira, musiqiy muhitga moslashuvchanlik va variativlik, individual ta’lim trayektoriyasining diagnostik strategiyasi kollobrativligini ta’minlash tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-son Qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar” dasturining “Mamlakatimizda keng nishonlanadigan bayramlar va boshqa sanalarda keng aholi orasida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar” nomli IX bandida belgilangan “Mamlakatimizdagi mashhur olimlar, tadbirkorlar, yozuvchilar, madaniyat, san’at va sport sohasida katta yutuqlarga erishgan shaxslarning hayoti va ijodi, xususan maktab davri haqidagi ibratli voqealarni hikoya qiluvchi videoroliklar tayyorlash”ga bag‘ishlangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 15 iyuldagi 197-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishning mezonlari va ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish hamda empirik baholash samaradorligini aniqlashga xizmat qilgan;
musiqa san’ati va pedagogikasining integratsiyalashuvi asosida bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentliligini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik texnologiya va tizimli-funksional modelini pedagogning professional mobillik darajasini akseologik uzviyligini aniqlash mezonlari asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan olingan, 2018-2020 yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789-son “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy-ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2022 yil 9 dekabrdagi 02-07-4432/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi fanlararo hamkorlikka asoslangan bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan interfaol metodlar tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.