Tagayev Mamarazak Abdiyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asrning II yarmi – XXI asr boshlarida O‘zbekistonda bolalar tibbiyoti tarixi”, 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi, 07.00.02 – Fan va texnologiyalar tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar427.
Ilmiy rahbar: [Ziyaeva Dono Xamidovna], tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04 raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ishanxodjayeva Zamira Raimovna, tarix fanlari doktori, professor; Mo‘minova Gavhar Esonovna, tarix fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlarida O‘zbekistonda bolalar tibbiyotining holati, rivojlanish jarayonlari va muammolarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshlariga kelib kuchayib ketgan suv va atmosferaning ifloslanishi, qishloq joylarida toza ichimlik suvining yetishmasligi, gigiyenik holatlarga e’tibor bermaslik oqibatida bolalar orasida yuqumli kasalliklar, xususan sariq kasalligi, o‘smirlar o‘rtasida nafas yo‘llari kasalligi, sil kasalligi ortib borganligi dalillangan; 
mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bolalar salomatligini muhofaza qilish vazifalari kuchaytirilsada, lekin o‘smirlar o‘rtasida nafas yo‘llari kasalligi, sil kasalligi muntazam yuqori bo‘lganligi, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida nafas yo‘llari kasalligi Respublikaning boshqa viloyatlariga nisbatan Surxondaryo va Farg‘ona vioyatlarida ko‘proq foizni tashkil etganligi aniqlangan;
mustaqillik arafasida respublikada tibbiyot muassasalarida tashxis qo‘yish tibbiyot asbob-uskunalarni yetishmasligi, mavjudlarini ham ishlata oladigan mutaxassislarning kamligi, shifokorlar ish sharoitlarining yo‘qligi va munosib turmush darajasining ta’minlanmaganligi, natijasida pediatrlarning asosan xorijga ishlash sabab bo‘lganligi natijasida respublikada pediatr hamda zamonaviy dori vositalaridan foydalanish bo‘yicha malakali mutaxassislarning yetishmasligiga olib kelganligi aniqlangan;
Yangi O‘zbekistonda chaqaloqlarning o‘lim holatlarini kamaytirish maqsadida xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda perinatal (tug‘ruqdan oldin va tug‘ruq davrida tug‘ilgan chaqaloqlar) audit amaliyoti qabul qilinib, neonatal (yangi tug‘ilgan chaqaloqlar) parvarish bo‘yicha ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarni tayyorlash jarayoni qayta ko‘rib chiqilishi patronaj parvarish tizimini modellashtirishga yordam berganligi, respublikaning viloyat va tumanlarida muzlatgichlar o‘rnatilib, to‘qqiz xil vaksinalarni xavfsiz saqlash imkoniyati yaratilganligi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asrning II yarmi – XXI asr boshlarida O‘zbekistonda bolalar tibbiyoti tarixi mavzusi doirasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
O‘zbekistonda bolalar tibbiyoti tizimiga zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarning joriy etilishi, onalar va bolalar sog‘lig‘ini saqlashga, o‘sib kelayotgan avlod salomatligiga g‘amxo‘rlik qilish borasida to‘plangan ma’lumotlardan “Islom Karimov muzeyi”ning “Birinchi Prezident va mustaqil O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi” bo‘limida diagramma va statistik raqamlardan, shuningdek, muzey eksponatlarini joylashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining 2020 yil 2 noyabrdagi 1/149-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyuruvchilarga va ilmiy tadqiqotchilarga “XX asrning II yarmi – XXI asr boshlarida O‘zbekistonda bolalar tibbiyoti tarixi” bo‘yicha aniq tasavvurlarga ega bo‘lish imkonini bergan;
XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshlariga kelib kuchayib ketgan suv va atmosferaning ifloslanishi, qishloq joylarida toza ichimlik suvining yetishmasligi, gigiyenik holatlarga e’tibor bermaslik oqibatida bolalar orasida yuqumli kasalliklar, xususan sariq kasalligi, o‘smirlar o‘rtasida nafas yo‘llari kasalligi, sil kasalligi ortib borganligiga doir to‘plangan ma’lumotlardan ToshPTIning “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish” kafedrasida talabalarga bolalar tibbiyoti tarixini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 yanvardagi 89.03.261-son ma’lumotnomasi). Natijalarining qo‘llanishi pediatriya sohasini rivojlantirishga va talabalarga pediatriya tarixini yoritishga xizmat qilgan;
mustaqillik arafasida respublikada tibbiyot muassasalarida tashxis qo‘yish tibbiyot asbob-uskunalarni yetishmasligi, mavjudlarini ham ishlata oladigan mutaxassislarning kamligi, shifokorlar ish sharoitlarining yo‘qligi va munosib turmush darajasining ta’minlanmaganligi, natijasida pediatrlarning asosan xorijga ishlash sabab bo‘lganligi natijasida respublikada pediatr hamda zamonaviy dori vositalaridan foydalanish bo‘yicha malakali mutaxassislarning yetishmasligiga olib kelganligi, Yangi O‘zbekistonda chaqaloqlarning o‘lim holatlarini kamaytirish maqsadida xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda perinatal (tug‘ruqdan oldin va tug‘ruq davrida tug‘ilgan chaqaloqlar) audit amaliyoti qabul qilinib, neonatal (yangi tug‘ilgan chaqaloqlar) parvarish bo‘yicha ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarni tayyorlash jarayoni qayta ko‘rib chiqilishi patronaj parvarish tizimini modellashtirishga yordam berganligi, respublikaning viloyat va tumanlarida muzlatgichlar o‘rnatilib, to‘qqiz xil vaksinalarni xavfsiz saqlash imkoniyati yaratilganligi borasidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2021 yil 6 iyuldagi 02-40-1138-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi bolalar tibbiyotining umumiy xolati, mustaqillik davrida amalga oshirilgan islohatlar, pediatriya sohasini rivojlantirishda tutgan o‘rni, sog‘liqni saqlash tizimining asosiy yo‘nalishlari muhim ahamiyat kasb etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish