Temirova Charos Husanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston markaziy va janubiy viloyatlari qishloqlarining ijtimoiy-madaniy hayoti (1991-2016 yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Ilmiy maslahatchi: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Oblomurodov Naim Xalimovich, tarix fanlari doktori, professor; Tursunov Sayfulla Narzullayevich, tarix fanlari doktori, professor; Komilov Oybek Komilovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2016 yillarda O‘zbekiston qishloqlarining ijtimoiy-madaniy hayotini Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlari misolida tarixiy nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston markaziy va janubiy viloyatlari qishloqlarini ijtimoiy-madaniy rivojlantirish sohasidagi islohotlar to‘rt bosqichda, birinchidan, aholini ijtimoiy muhofaza qilishning mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish – nogironlar, ko‘p bolali, shuningdek, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning samarali ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlanishi (1991–2000-yy), ikkinchidan, mamlakatni jadal isloh etish va modernizatsiya qilishning yangi davri – aholi o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish, fuqarolarning daromadlarini oshirish (2001–2007-yy), uchinchidan, qishloq joylardagi infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq aholisining hayot darajasi va madaniyatini yangi pog‘onaga ko‘tarish (2008–2011-yy), to‘rtinchidan, qishloq aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash, hududlarning infratuzilma salohiyatini yuksaltirish – qishloqqa sanoat, xizmat va servis shaxobchalarini olib kirish, ixcham hamda zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan qayta ishlash korxonalari barpo etish, mulkdorlar, tadbirkor va ishbilarmonlarning manfaatlarini himoya qilish (2012–2016-yy.) amalga oshirilganligi aniqlangan;
respublika qishloqlari aholisi demografik dinamikasi asosan uch yo‘nalishda, ya’ni qishloq aholisi nisbatan sust ko‘payayotgan hududlar (Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari), aholi o‘rtacha sur’atda ko‘payayotgan (Sirdaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy va Toshkent viloyatlari), demografik rivojlanish yuqori darajada bo‘lgan viloyatlar (Xorazm, Surxondaryo va Samarqand viloyatlari) hissasiga to‘g‘ri kelganligi, mustaqillikning dastlabki yillarida qishloq aholisi soni muntazam o‘sib borganligi, keyinchalik qishloqlar shahar posyolkalariga aylantirilishi natijasida bu ko‘rsatkich pasayganligi dalillangan;
fermer va dehqon xo‘jaliklarining maktabgacha ta’lim tizimini, umumta’lim maktablarini rivojlanishga ko‘maklashishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlaganligi, ishsizlikni oldini olishdagi o‘rni yuqori bo‘lganligi hamda fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy barqaror faoliyat ko‘rsatishi natijasida qishloqlarda tadbirkorlikka keng yo‘l ochilishi qishloq aholisining ijtimoiy-madaniy turmushini yaxshilanishiga sabab bo‘lganligi aniqlangan;
qishloq aholisi ijtimoiy hayoti, xususan, maishiy turmush sharoitini yaxshilash va mavjud muammolarini bartaraf qilish, ularning turmush sharoitini ko‘tarishda maqsadli va manzilli xarakterga ega bo‘lgan ijtimoiy himoyalash tizimi vujudga kelganligi, mehnat va yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha huquqiy va ijtimoiy kafolatlarning yaratilganligiga qaramay, ba’zi hududlarda bog‘cha yoshidagi bolalarning qamrab olinishi uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonining yetarli emasligi, qishloq joylarida iqtidorli bolalarni izlash, topish va ularning ta’lim-tarbiyasini muntazam ravishda to‘g‘ri yo‘lga quyish bo‘yicha yetarli targ‘ibot ishlarining olib borilmaganligi, qishloq maktablarida IT (informatsion texnologiyalar) kamligi, qishloq yoshlarini oliy ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichining pastligi kabi omillar qishloqlarda ishsizlar soni dinamikasining ortishiga sabab bo‘lganligi, so‘nggi 5 yil ichida ta’lim tizimida institusional islohotlar amalga oshirilganligi hamda qishloq joylarida aholining bandlik darajasining samarali ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilganligi isbotlangan;
qishloqlardagi madaniy-ma’rifiy muassasalar – klublar, madaniyat saroylari xususiylashtirilib to‘yxona, oshxonalarga aylantirilishi, qishloq kutubxonlarida moddiy texnika baza yetarli darajada rivojlamaganligi, bozor iqtisodiyoti sharoitida xodimlar qo‘nimsizligi yuzaga kelganligi hamda Qashqadaryo va Buxoro viloyati qishloqlarida bittadan madaniyat saroyi, Navoiy viloyatida yettita, Surxondaryo viloyatida esa madaniyat saroylarining umuman yo‘qolib ketishiga olib kelganligi, mavjudlari ham madaniyat bo‘limlari balansida saqlanib tursada zamon talablariga javob bermasligiga qaramasdan mamlakatda zamonaviy turar-joy qurilishi masalasining davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi qishloq aholisi uchun uy-joy qurilishi sohasidagi islohotlarning jadallashishiga va oxirgi besh yil ichida bu sohadagi o‘sish ikki barobarga ortishiga, o‘z o‘rnida bu jarayonlar qishloqlarning ijtimoiy-madaniy infratuzilmasini rivojlanishiga asos bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning markaziy va janubiy viloyatlari qishloqlari ijtimoiy-madaniy hayoti (1991–2016-yy.)ga oid ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va takliflardan:
respublika qishloqlari aholisi demografik dinamikasi sust, o‘rtacha va yuqori darajada ko‘payayotgan hududlarga bo‘linganligi, mustaqillikning dastlabki yillarida qishloq aholisi soni muntazam o‘sib borganligi, keyinchalik qishloqlar shahar posyolkalariga aylantirilganligi bois bu ko‘rsatkich pasayganligi kabi natijalaridan Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatida foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2022-yil 4 avgustdagi 02/2908-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi qishloqlarning ijtimoiy-madaniy infratuzilmasini rivojlantirishda, “Obod qishloq” Davlat dasturini amalga oshirishga xizmat qilgan;
fermer va dehqon xo‘jaliklarining maktabgacha ta’lim tizimini, umumta’lim maktablarini rivojlanishga ko‘maklashishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlaganligi, ishsizlikni oldini olishdagi o‘rni yuqori bo‘lganligi hamda fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy barqaror faoliyat ko‘rsatishi qishloqlarda tadbirkorlik ko‘lamining keng yoyilishi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”ga oid davlat dasturining IV bo‘limida belgilangan vazifalar yuzasidan olib borilgan targ‘ibotlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 29-iyundagi 186-son ma’lumotnomasi). Natijada eng muhim ustuvor vazifa sifatida qishloq turmush darajasini yuksaltirish, qishloqlar qiyofasini o‘zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli va bir-biri bilan chambarchas bog‘liq keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirishga xizmat qilgan;
qishloq aholisi ijtimoiy hayoti, xususan, maishiy turmush sharoitini yaxshilash va mavjud muammolarini bartaraf qilish, ularning turmush sharoitini ko‘tarishda maqsadli va manzilli xarakterga ega bo‘lgan ijtimoiy himoyalash tizimi vujudga kelganligi, mehnat va yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha huquqiy va ijtimoiy kafolatlarning yaratilganligiga qaramay, ba’zi hududlarda ayrim muammolar yuzaga kelganligi, so‘nggi 5 yil ichida ta’lim tizimida institusional islohotlar amalga oshirilganligi hamda qishloq joylarida aholining bandlik darajasining samarali ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilganligi kabi masalalar “O‘zbekiston tarixi” telekanali ijodkorlari tadqiqotdagi yangi arxiv ma’lumotlari hamda faktlarga asoslangan materiallardan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi (“O‘zbekiston” teleradiokompaniyasining 2022-yil 2-iyun 0789-44-545-son ma’lumotnomasi). Bu esa qishloqlar qiyofasini tubdan yangilash va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilib, obod go‘shalar soni yil sayin ortib borishi orqali ertangi kun istiqbolini ta’minlashiga xizmat qilgan;
qishloqlardagi madaniy-ma’rifiy muassasalar – klublar, madaniyat saroylari xususiylashtirilib to‘yxona, oshxonalarga aylantirilishi, qishloq kutubxonlarida moddiy texnika baza yetarli darajada rivojlamaganligi, bozor iqtisodiyoti sharoitida xodimlar qo‘nimsizligi yuzaga kelganligi hamda milliy moddiy va nomoddiy merosni saqlab qolish va targ‘ib qilish, ijtimoiy infratuzilma bilan xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik sohasini takomillashtirish orqali qishloq turizmini rivojlantirish kabi ilgari surilgan takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022-yil 5-avgust 01-12-05-3163-son ma’lumotnomasi). Bu O‘zbekiston qishloqlarida madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyatini rivojlantirishning samarali yo‘llarini ishlab chiqilishida xizmat qilgan.