Ismoilov Qahramonjon Abdumo‘minovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Osiyo tasavvuf tariqatlarining xorijda o‘rganilishi (yassaviylikka oid ingliz va o‘zbek tillaridagi tadqiqotlarning qiyosiy tahlili)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1626.
Ilmiy rahbar: Boltaboyev Hamidulla Ubaydullayevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Mannopov Islombek Sultonaliyevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tasavvuf ta’limoti, adabiyoti, Xoja Ahmad Yassaviy asarlari va tariqatining xorijiy tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilganlik darajasi, ularning tasavvufga, Yassaviy asarlari hamda Yassaviy maktabi shoirlarining ijodiga bo‘lgan munosabatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tasavvuf so‘zining kelib chiqishi 8 ta safoa, ahli suffa, suff, sufa, safut ul-qafo, siyu sufiya, sufana va suf kabi so‘zlarga bog‘langanligi va tasavvuf so‘ziga bo‘lgan yot bo‘lgan hinduiylik, buddaviylik va dastlabki vedantalarga qarashlar qiyosiy-tipologik jihatdan aniqlangan;
yassaviylik tariqatining vujudga kelishi, “Faqrnoma”dagi tariqatning 10 maqomi amerikalik olim E.Olvortning asari bilan qiyoslanib, asliyatdagi matnda kelgan “vird-avrod” (o‘qiladigan duolarni) bajo kelturmak turur maqomini tushirib ketganligi va asliyatdagi matndan uzoqlashish holati aniqlangan;
Sharqiy Turkistondagi Yassaviy va Naqshbandiy izdoshlariga doir tarixiy ma’lumotlar aniqlanib: naqshbandiy-xafiylik, naqshbandiy-jahriylik, naqshbandiy-taqibiylik, naqshbandiy-mujaddidiylik va husayniylik kabi yangi tariqat tarmoqlari fransuz olimi T.Zarkonning tadqiqotlari orqali ilk bor o‘zbek tasavvufshunosligiga olib kirilganligi isbotlangan;
“Devoni hikmat”ning mualliflik masalasi, Xoja Ahmad Yassaviy izdoshlari, jumladan, Sulaymon Boqirg‘oniy va “Boqirg‘on kitobi”ga bo‘lgan munosabat amerikalik olim Devin de Uisning Boqirg‘oniy va izdoshlariga oid Hakim Ota va uning o‘g‘li Hubbi Xoja hamda izdoshlarining hayoti bilan bog‘liq uch rivoyat bilan boyitilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tasavvuf so‘zining kelib chiqishi va Markaziy Osiyo tariqatlarining xorijda o‘rganilishiga oid tadqiqotlar natijasida erishilgan nazariy kuzatishlar, metodik xulosa va amaliy tavsiyalar asosida:
tasavvuf so‘zining kelib chiqishi 8 ta safoa, ahli suffa, suff, sufa, safut ul-qafo, siyu sufiya, sufana va suf kabi so‘zlarga bog‘langanligi va tasavvuf so‘ziga bo‘lgan yot bo‘lgan doir ilmiy-nazariy qarashlar va xulosalardan O‘zFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan bajarilgan FA-F1-G002 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tatbiq etish” va FA-F1-G052 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tatbiq etish” mavzularidagi fundamental loyihalarni bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limining 2022-yil 21-apreldagi № 1701/96-son ma’lumotnomasi). Natijada tasavvuf so‘zining kelib chiqishi, tasavvuf tarixi va adabiyoti xorijiy tadqiqotlar tahlili doirasida yoritildi, yassaviylik va naqshbandiylik tariqatlari o‘rtasidagi farqli va mushtarak jihatlar xususidagi xorijiy olimlarning fikrlari tahlil qilindi.
yassaviylik tariqatining vujudga kelishi, “Faqrnoma”dagi tariqatning 10 maqomi amerikalik olim E.Olvortning asari bilan qiyoslanib, asliyatdagi matnda kelgan “vird-avrod” (o‘qiladigan duolarni) bajo kelturmak turur maqomini tushirib ketganligi va asliyatdagi matndan uzoqlashish holatiga oid materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022-yil 19-apreldagi 06-31747-son ma’lumotnomasi). Natijada Sharqiy Turkiston va xorijiy adabiy manbalarning ilmiy muomalaga kiritilgani tufayli ko‘rsatuvlarning xalqaro miqyosi kengaygan.
“Devoni hikmat”, Xoja Ahmad Yassaviy izdoshlari, ularning o‘zaro aloqadorligiga, Sulaymon Boqirg‘oniy va “Boqirg‘on kitobi”ga oid materiallardan O‘zFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan bajarilgan FA-F1-G002 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tatbiq etish” va FA-F1-G052 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tatbiq etish” mavzularidagi fundamental loyihalarni bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limining 2022-yil 21-apreldagi 1701/96-son ma’lumotnomasi). Natijada Ahmad Yassaviy va uning izdoshlari bilan bog‘liq muammoli masalalar xorijiy olimlarning fikrlari bilan qiyosan o‘rganilganligi ochib berilgan.