Pazilova Zilola Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va nemis tillarida urf-odat ifodalovchi leksik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil 2120.    
Ilmiy rahbar: Umarxodjaev Muxtar Ishanxodjaevich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Sadikov Zoxid Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va nemis xalqlari madaniyatiga xos urf-odat ma’nosini bildiruvchi lisoniy vositalarning chog‘ishtirma tahlili orqali har ikki xalqqa tegishli bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlar va ijtimoiy qarashlar mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va nemis xalqlarida to‘y marosimlari, tug‘ilish va motam bilan bog‘liq leksik birliklarning o‘ziga xos jihatlari ruhiy holat, temporal belgisi kabi etnomadaniy xususiyatlar asosida differensiyasiyalangan;
urf-odat nomlarining nutq jarayonida psixik, madaniy hamda milliy qarashlar asosida yuzaga chiqishi o‘zbek va nemis tillaridagi etnografizmlar misolida asoslangan;
o‘zbek tilidagi alla matnlarini nemis tilida mavjud matnlar bilan qiyoslab o‘rganish natijasida ular o‘rtasidagi maqsad planidagi umumiylik, uning matnidagi tilak va istaklar, ifoda planidagi tovushlar o‘rtasida o‘xshash hamda lingvistik jihatdan farqli xususiyatlar ochib berilgan;
nemis va o‘zbek tillaridagi urf-odat, marosimlar bilan bog‘liq maqol-matallar, turg‘un birikmalar; irim-sirimlar bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi birliklar, urf-odatlarda tabu va evfemizmning qo‘llanilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va nemis tillarida urf-odat ifodalovchi leksik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi jarayonida olingan natijalar asosida:
o‘zbek va nemis xalqlari madaniyatiga xos urf-odatlar bilan bog‘liq lisoniy birliklarning, xususan, to‘y marosimlari, tug‘ilish va motam bilan bog‘liq leksik birliklarning chog‘ishtirma tadqiqi asosidagi xulosalardan Germaniyaning Darmshtadt universiteti til va adabiyoshunoslik institutida “Madaniyatlararo muloqot” fanida foydalanilgan (Germaniyaning Darmshtadt universiteti til va adabiyoshunoslik institutining 2022-yil 2-dekabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning Markaziy Osiyo, jumladan, o‘zbek xalqi madaniyati, urf-odatlari bilan yaqindan tanishishlariga, o‘zbek va nemis tillaridagi urf-odat ifodalovchi leksik birliklarning o‘ziga xos xususiyatlari, to‘y va motam marosimlari bilan bog‘liq leksik birliklarning umumiy va farqli tomonlarini chog‘ishtirib o‘rganishlariga erishilgan;
urf-odat nomlarining nutq jarayonida psixik, madaniy hamda milliy qarashlar asosida yuzaga chiqishiga doir nazariy xulosalardan «Deusch mit Spaß» nomli 4-sinf nemis tili darsligini qayta tayyorlashda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2016-yil 17-iyundagi AI 154-son ma’lumotnomasi). Natijada darslikning «Wir feiern Navruz», «Osterfest», «Mein Lieblingsfest» mavzularidagi ma’lumotlarning ta’sirchanligi, qiziqarliligi, rang-barangligi ortgan va mavzular ilmiy qarashlar asosida dalillangan;
nemis va o‘zbek tillaridagi alla matnlari, urf-odat, marosimlar bilan bog‘liq turg‘un birikmalar; irim-sirimlar bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi birliklar, urf-odatlarda tabu va evfemizmning qo‘llanilishiga oid xulosa va tavsiyalardan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan “Ochiq muloqot”, “Dolzarb mavzu”, “Zamondosh”, “Qadriyat”, “Ma’naviyat qalb ko‘zgusi”, “Kun mavzusi” ko‘rsatuvlarida keng foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 4-dekabrdagi -son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning ta’sirchanligi, rang-barangligi ortgan, mazmunan mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish