Azamov Omadjon Burxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog’i nomi): “Nemis va o’zbek tillarida zoonimik komponentli frazeologik birliklarning struktural-semantik chog’ishtirma tahlili(o’quv lug’at tamoyillari) ”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1785.
Ilmiy rahbar: Umarxodjaev Muxtar Ishonxodjaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Sodiqov Zoxidjon Yaqubjonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo’qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi nemis va o’zbek tillaridagi zoofrazemalarni struktur-semantik tahlili orqali ikki tilli zoofrazemalar o’quv lug’ati tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nemis va o‘zbek tillari zoofrazemalarining paydo bo‘lishida zoonimlarning denotativ hamda metaforik ma’nosi eksplisit holatda sezilib turilsa, ba’zi bir zoofrazemalarda ishtirok etgan zoonimlarning ma’nosi “puchlashgan” bo‘lib, ularning frazeologik ma’noning shakllanishidagi rolini aniqlash mumkinligi dalillangan;
nemis tildagi zoofrazemalar uddaburonlik, ishbilarmonlik, kuchlilik, mag‘rurlik, sog‘lomlik. mehnatsevarlik, go‘zallik, sadoqatlilik, donishmandlik kabi ijobiy; ahmoqlik, beso‘naqaylik, qaysarlik, ichkilikbozlik, takabburlik, ishyoqmaslik salbiy kabi ma’nolarni ifodalashi aniqlangan;
o‘zbek tilida turli kasb va ijtimoiy sohalarga oid ma’no-mazmun ifodalovchi zoofrazemalar neytral ma’no ifodasiga egaligi aniqlangan;
nemis tilida eng ko‘p uchraydigan zoofrazemalar verbal iboralar ekanligi dalillanib, substantiv zoofrazemalar, adverbial zoofrazemalar, adektiv zoofrazemalar, undov zoofrazemalar va gapga teng zoofrazemalar miqdori aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis va o‘zbek tillaridagi zoonimik komponentli frazeologik birliklar chog‘ishtirma tahlili natijalari asosida:
nemis va o‘zbek tillari zoofrazemalarining paydo bo‘lishida zoonimlarning denotativ hamda metaforik ma’nosi eksplisit holatda sezilib turilsa, ba’zi bir zoofrazemalarda ishtirok etgan zoonimlarning ma’nosi “puchlashgan” xususidagi xulosalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+SVNE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2022-yil 20-dekabrdagi 3654/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy talabalarda zoofrazemalarning bosh komponenti asosida hayvon nomi, parranda nomi, hasharot nomi, ulrag xos xatti-harakatlar asosida shakllangan frazemalarga doir bilimlarni kengaytirishga xizmat qilgan;
o‘zbek tilida turli kasb va ijtimoiy sohalarga oid ma’no-mazmun ifodalovchi zoofrazemalar neytral ma’no ifodasiga egaligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Samarqand davlat chet tillari institutida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-komunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2022-yil 20-dekabrdagi 3653/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada nemis tili mutaxassislik fanlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etishning nazariy asoslari boyitilgan;nemis tildagi zoofrazemalar uddaburonlik, ishbilarmonlik, kuchlilik, mag‘rurlik, sog‘lomlik. mehnatsevarlik, go‘zallik, sadoqatlilik, donishmandlik kabi ijobiy; ahmoqlik, beso‘naqaylik, qaysarlik, ichkilikbozlik, takabburlik, ishyoqmaslik salbiy kabi ma’nolarni ifodalashiga doir ma’lumaotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat muassasasining 2022-yil 23-dekabardagi 04-36-2120-son ma’lumotnomasi). Natijada radioeshittirishlar ssenariysi mazmunan boyitilgan.