G‘aybullaeva Xatira Muratjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz va o‘zbek tillarida badiiy matn tarjimalarining lingvomadaniy xususiyati», 10.00.06 - Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2540.
Ilmiy rahbar: Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Axmedov Botirjon Ravshanovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad ingliz va o‘zbek tillarida badiiy matn qiyosiy tarjimalarining lingvomadaniy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz adiblari asarlarning o‘zbekcha tarjimalari lingvomadaniy xususiyatlari asliyatga sof filologik hamda ilmiy-adabiy jihatdan adekvat bo‘la olishi isbotlangan;
inglizcha asarlarda tasvirlangan tarixiy va milliy o‘ziga xosliklarning tarjimada aks ettirish muammolari aniqlanib, ularni hal etish uchun transkripsiyalash, transliteratsiyalash hamda ilmiy tavsiflash usullari samarador ekanligi dalillangan;
lingvomadaniy tarjimalarni qayta ifodalashda maqol va matallar, xos so‘zlar, ramziy vositalar kabilardan foydalanish ularning asliyatga muqobillik darajalarini aniqlash vositasi sifatida xizmat qilishi mumkinligi dalillangan;
muayyan badiiy asarning ingliz va o‘zbek tillaridagi matnlarida mavjud bo‘lgan lingvomadaniy xususiyatlar vositachi rus tili orqali qiyoslanib, lingvomadaniy xususiyatlarning tildan tilga berilishida vositachi til mavjudligi tarjimalarda salbiy holatlar ko‘p uchrashiga sabab bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy tarjimada matnning lingvomadaniy struktur-semantik, funksional jihatlari tadqiqi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz adiblari asarlarning o‘zbekcha tarjimalari lingvomadaniy xususiyatlari asliyatga sof filologik hamda ilmiy-adabiy jihatdan adekvat bo‘la olishi xususidagi natijalardan Andijon davlat universitetida bajarilgan OT-F1-18 raqamli “Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 7-yanvardagi 39-01-20-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy matnning lingvomadaniy xususiyatlari barcha qatlamlari va usullari tarjima tahlili orqali ko‘rsatilgan;
inglizcha asarlarda tasvirlangan tarixiy va milliy o‘ziga xosliklarning tarjimada aks ettirish muammolari aniqlanib, ularni hal etishning takomillashtirilgan transkripsiyalash, transliteratsiyalash hamda ilmiy tavsiflash usullaridan Andijon davlat universitetida bajarilgan OT-F1-18 raqamli “Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 7-yanvardagi 39-01-20-son ma’lumotnomasi). Natijada madaniyatlararo va tillararo tahlillarni o‘tkazish hamda loyiha mazmunan boyitilgan;
lingvomadaniy tarjimalarni qayta ifodalashda maqol va matallar, xos so‘zlar, ramziy vositalar kabilardan foydalanish ularning asliyatga muqobillik darajalarini aniqlash vositasi sifatida xizmat qilishi mumkinligi xususidagi xulosalardan O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi "O‘zbekiston" teleradiokanali DM "Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar" muharririyati tomonidan tayyorlangan "Ta’lim va taraqqiyot", "Adabiy jarayon", "Jahon adabiyoti" eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O`zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 13-fevraldagi 04-36-228-son ma’lumotnomasi). Natijada, radioeshittirishlarning ilmiy saviyasi ko‘tarilib, mazmunan boyitilgan.