Po‘latova Sarvinoz Botir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Media diskurslarda "G‘urur" konseptini ifodalovchi birliklarning lingvokulturologik tadqiqi (o‘zbek- ingliz-turk tillaridagi materiallar asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2600.
Ilmiy rahbar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarova Zuxra Akmaljonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Abduvaliev Muxammadjon Arabovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qiyoslanayotgan tillarda g‘urur konseptining lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli lingvomadaniyatlarda g‘urur konseptining psixologik, kognitologik va lingvokulturologik uzvlari hamda ushbu konseptning paydo bo‘lishi, shakllanishi, yuzaga chiqishining lisoniy modeli aniqlangan;
media diskurslar tahlili orqali film ijodkorlari, aktyorlar, ssenariy muallifi, personajlar g‘oyasi, ideallari, xatti-harakatlarining hamohanglikdagi yagona manzarasini va bu jarayondagi o‘ziga xos zanjirli bog‘lanish natijalarini umumlashtirish imkoniyati isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillari aforistikasida “g‘urur” hayotdan zavqlanish va jamiyatni avaylash, xayriya ishlari bilan shug‘ullanish imkoniyatini baholaydigan me’yor sifatida qaralishi, shu bilan birga, bir qator san’at asarlarida mag‘rurlik inson shaxsini, insoniy rishtalarni, oila rishtalarini buzuvchi sifatida gavdalanishi dalillangan;
g‘urur-pride tushunchasida turli lingvojamiyatlarda diniy e’tiqod, ijtimoiy xoslik, etnik xoslik kabi sabablar tufayli o‘ziga xos lingvomadaniy bo‘yoqqa ega bo‘lgan yangi ijobiy ma’nolar paydo bo‘lishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “G‘urur” konseptining psixologik, kognitologik va lingvokulturologik jihatdan o‘rganilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turli lingvomadaniyatlarda g‘urur konseptining psixologik, kognitologik va lingvokulturologik uzvlari hamda ushbu konseptning paydo bo‘lishi, shakllanishi, yuzaga chiqishining lisoniy modeliga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-202004165 raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 10-noyabrdagi O1-3086–son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitish jarayonida gender stereotiplarning pragmatik xususiyati asosida korpusda berilish tamoyillarini tavsiflashga aloqador vazifalar takomillashtirilgan;
media diskurslar tahlili orqali film ijodkorlari, aktyorlar, ssenariy muallifi, personajlar g‘oyasi, ideallari, xatti-harakatlarining hamohanglikdagi yagona manzarasini va bu jarayondagi o‘ziga xos zanjirli bog‘lanishni o‘rganish, o‘zaro qiyoslash, tahlil qilish, natijalarni umumlashtirish imkoniyatiga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi innovatsion ilmiy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 10-noyabrdagi O1-3087–son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim jarayonida nutqiy kompetensiyaning rivojlantirilishiga doir nazariy qarashlar boyitilgan;
ingliz va o‘zbek tillari aforistikasida “g‘urur” hayotdan zavqlanish va jamiyatni avaylash, xayriya ishlari bilan shug‘ullanish imkoniyatini baholaydigan me’yor sifatida qaralishi, shu bilan birga, bir qator san’at asarlarida mag‘rurlik inson shaxsini, insoniy rishtalarni, oila rishtalarini buzuvchi sifatida gavdalanishiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limida bajarilgan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi (2016-2020) fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 20-noyabrdagi 17-01/241-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq adabiy tili leksikasidagi yasama so‘zlarning semantik xususiyatlarini tavsiflashga aloqador vazifalar takomillashtirilgan.
g‘urur-pride tushunchasida turli lingvojamiyatlarda diniy e’tiqod, ijtimoiy xoslik, etnik xoslik kabi sabablar tufayli o‘ziga xos lingvomadaniy bo‘yoqqa ega bo‘lgan yangi ijobiy ma’nolar paydo bo‘lishiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bajarilgan C-202003161 raqamli “Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multimedia mahsulotini yaratish” mavzusidagi innovatsion ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Davlat Xoreografiya Akademiyasining 2022-yil 26-dekabrdagi 01-04-08/593-son ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga doir vazifalar takomillashtirilgan.