Maxsudova Xolisxon Ummatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tilning onomastik qatlami genezisi va lingvokulturologik jihatlari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil3037.    
Ilmiy rahbar: Shaxabitdinova Shoxida Xashimovna filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Nabiyeva Diloro Abduxamidovna, filologiya fanlari doktori, professor; Elbek Kurbanov Elmuradovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi til onomastikasining zamonaviy talqindagi mukammal klassifikatsiyasini shakllantirish, nazariy tushunchalariga munosabat bildirish, atoqli ot(onim)larning kognitiv va lingvokulturologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
onomastik birliklarning zamonaviy talqindagi umumiy klassifikatsiyasi antroponim, zoonim, toponim, kosmonim, fitonim, ideonim, geonim, gidronim, anemonimlardan tashkil topishi asoslangan; 
zamonaviy leksik qatlamning o‘zgaruvchanligini, jumladan, presedent onimlarning miqyosi kengayishini ta’minlovchi yetakchi ekstralingvistik omillar fan va ishlab chiqarishning zamonaviy tarmoqlari kengayishi, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy-ma’rifiy sohalardagi xalqaro munosabatlarning o‘ta faollashishi ekani dalillangan;
leksik globalizm butun dunyo bo‘ylab transmilliy miqyosda tarqaladigan, turli madaniyatlarga oid til vakillarining lisoniy ongiga mustahkam o‘rnashadigan, lingvistik va ekstralingvistik bilimlar yo‘nalishi bo‘yicha assotsiativ potensialga ega bo‘lgan nomlar ekani isbotlangan;
onomastik guruhlar tipologiyasi ichki turlarining struktur-lingvistik va madaniyat kodlari nuqtai nazaridan lingvokulturologik tabiati ochib berilgan.
 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tilning onomastik qatlami genezisi va lingvokulturologik jihatlarini aniqlash yuzasidan olib borilgan tadqiqot asosida:
onomastik birliklarning zamonaviy talqindagi umumiy klassifikatsiyasi antroponim, zoonim, toponim, kosmonim, fitonim, ideonim, geonim, gidronim, anemonimlardan tashkil topishiga doir xulosalardan Andijon davlat universitetida bajarilgan “OT-F1-18 Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2022-yil 25-noyabrdagi 32-01-4170-son ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy madaniyatini ta’minlashga oid metodologiya yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
onomastik guruhlar tipologiyasi ichki turlarining struktur-lingvistik va madaniyat kodlari nuqtai nazaridan lingvokulturologik tabiatiga doir xulosalardan Andijon davlat universitetida bajarilgan 2018-2020- yillarga mo‘ljallangan “PZ-20170926286 O‘zbek sud amaliy lingvistikasi tadqiqi” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2022-yil 25-noyabrdagi 32-01-4171-son ma’lumotnomasi). Natijada sud lingvistikasiga oid amaliy va nazariy qarashlar yangi materiallar bilan boyitilgan; 
zamonaviy leksik qatlamning o‘zgaruvchanligini, jumladan, presedent onimlarning miqyosi kengayishini ta’minlovchi yetakchi ekstralingvistik omillar fan va ishlab chiqarishning zamonaviy tarmoqlari kengayishi, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy-ma’rifiy sohalardagi xalqaro munosabatlarning o‘ta faollashishi ekani bilan bog‘liq tahlillar natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Ma’naviy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” “Bedorlik” nomli eshittirishlari senariysida foydalanilgan (2022-yil oktyabr va noyabr oylari) (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2022-yil 22-noyabrdagi O`z/RV-28-22-ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan hamda ishda qo‘llangan yondashuv terminologiya, onomastika, matn lingvistikasi, onomastik birliklarning lingvokulturologik xususiyatlarini o‘rganishda foydalanish mumkinligi asoslanganligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish