Urinov Baxrom Jamoliddinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorijiy tajribalar asosida talabalarga iqtisodiy fanlarni o‘qitish sifatini oshirish metodikasi”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (iqtisodiyot) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.4PhD/Ped.1830.
Ilmiy rahbar: Asqarova Ugulxon Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02. 
Rasmiy opponentlar: Urinov Axmadjon Kushakovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Xo‘jayev Alijon Atabayevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xorijiy tajribalar asosida iqtisodiy fanlarni o‘qitish sifatini oshirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
iqtisodiy fanlarni o‘qitish sifatiga ta’sir etuvchi internal (ijobiy motivlar, bilishga qiziqish, maqsadni aniq belgilash, natijaga erishishga intilish, psixologik to‘siqlar) va eksternal (tashqi rag‘bat, qulay ta’lim muhiti, akademik mobillik, amaliy yo‘naltirilganlik) omillar “bilimlarning kommersiyalanishuvi” va “transnatsional ta’lim” modellarining produktogenlik darajasini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
iqtisodiy ta’lim jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etishning adaptiv-integratsion modelining tashkiliy-metodik komponenti ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini diversifikatsiyalash, KPI reyting tizimi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar o‘rtasida individual raqobatga yo‘naltirilgan kreativ muhitni loyihalash jarayonlari intensivlik darajasini vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda kengaytirib borish mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
iqtisodiy fanlarni o‘qitish sifatini xorijiy tajribalar asosida oshirishning taksonomik tavsifga ega idrok etish, anglash, tushunish kabi mezonlari daliliy va darajaviy ko‘rsatkichlarning validligini belgilab berishga yo‘naltirilgan bechmarking modeli parametrlari (ma’lumotlar to‘plash, natijalarni tahlil qilish, o‘zgartirishlar kiritish) bilan qayta aloqasi identivligini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan;
iqtisodiy fanlarni o‘qitishning kvalimetriyaga asoslangan metodikasi “o‘qituvchining nutqiga ajratilgan vaqt” (Teacher talking time) va talabaning o‘z fikr-mulohazalarini bildirishi uchun ajratilgan vaqt (Student talking time) tamoyiliga ustuvorlik berishga asoslangan kollaborativ o‘qitish texnologiyasi bo‘yicha modulli-reyting mashg‘ulotlarining texnologik xaritasini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorijiy tajribalar asosida iqtisodiy fanlarni o‘qitish sifatini oshirish metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
iqtisodiy fanlarni o‘qitish sifatiga ta’sir etuvchi internal va eksternal omillarni “bilimlarning kommersiyalanishuvi” va “transnatsional ta’lim” modellarining produktogenlik darajasini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirishga doir takliflardan Namangan davlat universitetining “O‘zbekiston oliy ta’limi jarayonini modernizatsiyalash va xalqarolashuvini rivojlantirish (561624-EPP.)” (2018-2022-yy.) xalqaro loyihasining iqtisodiy ta’lim sifatini oshirish jarayonlarini takomillashtirish qismini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 26-iyuldagi 02-07-1996/04-son dalolatnomasi). Natijada, oliy pedagogik ta’lim mazmuni moderinizatsiyalashga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
iqtisodiy ta’lim jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etishning adaptiv-integratsion modelining tashkiliy-metodik komponentini ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini diversifikatsiyalash, KPI reyting tizimi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar o‘rtasida individual raqobatga yo‘naltirilgan kreativ muhitni loyihalash jarayonlari intensivlik darajasini vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda kengaytirib borish mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Namangan davlat universitetining PZ-20170929727.“Oliy ta’lim sifati diagnostikasi va uni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish” (2018-2020-yy.) amaliy loyihaning talabalarning o‘zlashtirish sifatini qiyosiy diagnostika qilish mezonlarini ishlab chiqish qismini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 26-iyuldagi 02-07-1996/04-son dalolatnomasi). Natijada, iqtisodiy fanlarni o‘qitish sifatini baholashning shaffofligi va maqbulligini ta’minlash imkoniyati oshirilgan;
iqtisodiy fanlarni o‘qitish sifatini xorijiy tajribalar asosida oshirishning taksonomik tavsifga ega idrok etish, anglash, tushunish kabi mezonlarini daliliy va darajaviy ko‘rsatkichlarning validligini belgilab berishga yo‘naltirilgan bechmarking modeli parametrlari bilan qayta aloqasi identivligini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirishga doir amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetining PZ-2017093020. “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va prognozlashtirishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish va kompleks dasturini yaratish” (2018-2020-yy.) amaliy loyihasining iqtisodiy fanlarni o‘qitish sifati va samaradorligi kvalimetriyasi qismini bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022-yil 30-dekabrdagi 04/11-8547-son dalolatnomasi). Natijada, iqtisodiy fanlarni o‘qitishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va prognozlashtirishga doir o‘quv materiallaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan; 
iqtisodiy fanlarni o‘qitishning kvalimetriyaga asoslangan metodikasini “o‘qituvchining nutqiga ajratilgan vaqt” va talabaning o‘z fikr-mulohazalarini bildirishi uchun ajratilgan vaqt tamoyiliga ustuvorlik berishga asoslangan kollaborativ o‘qitish texnologiyasi bo‘yicha modulli-reyting mashg‘ulotlarining texnologik xaritasini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Namangan davlat universitetining PZ-20170929727 “Oliy ta’lim sifati diagnostikasi va uni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish” (2018-2020-yy.) amaliy loyihasining sifat diagnostikasini loyihalash texnologiyalarini ishlab chiqish qismini bajarishda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 26-iyuldagi 02-07-1996/04-son dalolatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida sifat diagnostikasi va korreksiyasi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish