Raximova Umida Djumayevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hamid Olimjon dostonlarida qofiyaning nutqiy xususiyati va badiiy – estetik vazifalari”, 10.00.01 – O‘zbek tili. (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1929.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Maxmaraimova Shoxista Tuxtashovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Bahriddinova Bashorat Madievna, filologiya fanlari doktori, professor, Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Hamid Olimjon dostonlarida qo‘llangan qofiya san’atining lisoniy va badiiy-estetik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tilshunoslikda she’r metrikasiga doir nazariy qarashlar negizida qofiyaning shakllanishi metafora, o‘xshatish, ramz kabi lingvomadaniy hodisalar doirasida amalga oshishi ochib berilgan;
Hamid Olimjon dostonlarida qofiyani shakllantiruvchi lisoniy birliklarda metafora, o‘xshatish, ramz kabi lingvomadaniy hodisalarning leksik-semantik, konseptual-formal voqelanish imkoniyatlari aniqlangan;
Hamid Olimjon dostonlarida qo‘llanilgan qofiya san’atiga o‘zbek folklor adabiy an’analarning ta’siri tekshirilib, qofiyada ifoda topuvchi zulqofiyatayn, ichki qofiya, takror san’ati, tarse’ tarzida qofiyalanish, radif she’riy san’atlarning o‘zaro badiiy sintezlashish imkoniyati aniqlangan;
Hamid Olimjon dostonlarida qofiyaning sintagmatik, formal, badiiy-estetik maqomi vatan, muhabbat, sadoqat mazmunli jumlalarni shakllantirishdagi lingvomadaniy ahamiyati belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hamid Olimjon dostonlarida qofiyaning nutqiy xususiyati va badiiy – estetik vazifalariga oid nazariy qarashlardan:
tilshunoslikda she’r metrikasiga doir nazariy qarashlarning qiyosiy-tavsifiy tahlili asosida qofiyaning adabiy voqelikdagi badiiy-estetik o‘rni haqidagi qarashlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA–F1–G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (“Funksionalnoe slovoobrazovanie v sovremennom karakalpakskom yazike”) mavzusidagi fundamental tadqiqotda foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 23-martdagi 17.01/178-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tilida so‘z yasalishining lingvistik tabiatiga oid ma’lumotlarning mazmunan boyishiga erishilgan;
Hamid Olimjon dostonlarida qofiyani shakllantiruvchi lisoniy birliklarda metafora, o‘xshatish, ramz kabi lingvomadaniy hodisalarning leksik-semantik, konseptual-formal voqelanish imkoniyatlari aniqlashga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan olib borilgan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi PZ–20170927147– “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2022-yil 4-oktyabrdagi 01/4-2739-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy dostonlar misolida qofiyaning badiiy-estetik maqomiga mansub qarashlarning mukammallashuviga erishilgan;
Hamid Olimjon dostonlarida qo‘llanilgan qofiya san’atiga o‘zbek folklor adabiy an’analarning ta’siri tekshirilib, qofiyada ifoda topuvchi zulqofiyatayn, ichki qofiya, takror san’ati, tarse’ tarzida qofiyalanish, radif she’riy san’atlarning o‘zaro badiiy sintezlashish imkoniyatiga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining “Mahalla” teleradiokanalining “Siyrat”, “So‘z aytgani keldi dunyoga” deb nomlangan ko‘rsatuvlari senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining “Mahalla” teleradiokanali davlat muassasasining 2022-yil 8-apreldagi 01/12/247-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori saviyali barkamol avlodni voyaga yetishtirish, yoshlar orasida til madaniyatini shakllantirish hamda zamonaviy axborot tizimida o‘zbek tilining imkoniyatlaridan foydalanish haqidagi targ‘ibot ishlari mazmuni mukammallashgan.